O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


BOG’LANISHLI NUTQ, OG’ZAKI HIKOYA VA YOZMA INSHO



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə396/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   392   393   394   395   396   397   398   399   ...   416
BOG’LANISHLI NUTQ, OG’ZAKI HIKOYA VA YOZMA INSHO 
Insho turlari 
Insho ijodiy ishning eng yuqori shakli bo’lib, maktabda alohida o’rin tutadi; 
barcha nutqqa oid mashqlar ma`lum mazmunda inshoga bo’ysunadi. 
Insho 1-sinfda kichik og’zaki axborot va ehtirosli hikoyadan boshlanib, o’z 
fikrini ifodalashga, o’quvchi shaxsining tashkil topishiga xizmat qiladigan, ta`lim-
tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan jiddiy rejali aqliy ishga aylanadi. 
Insho shaxsni shakllantirishda foydali vosita bo’lib, his-hayajon uyg’otadi, 
aqliy mustaqillikka, fikrlashga, ko’rgan-kechirganlari va o’zlashtirganlarini 
baholashga, 
kuzatuvchanlikka, 
voqea-hodisalar 
o’rtasidagi 
sabab-natija 
bog’lanishni topishga, ularni qiyoslashga, xulosa chiqarishga o’rgatadi. Insho fikrni 
tartibga soladi, o’quvchilarda o’ziga, o’z kuchi va imkoniyatiga ishonch tug’diradi. 
“Insho”
asli arabcha so’z bo’lib, ma`nosi 
“yaratish”, “bino qilish”, 
“boshlash”
demakdir. Bu co’zning ma`nosi hozirda ancha torayib, asosan, o’quvchi 
va talabalar tomonidan yoziladigan ijodiy yozma ish ma`nosida qo’llanadi. 
Insho − ijodiy ish bo’lib, u o’quvchidan faollik, qiziqish, fikr bildirishni talab 
qiladi. Material tayyorlash, uni tartibga solish, insho kompozitsiyasi va rejasi haqida 
o’ylash, mantiqiy bog’lanishni belgilash, so’z, so’z birikmasini tanlash, gap tuzish 
va uni o’zaro bog’lash, imloni tekshirish kabi barcha murakkab ishlar o’quvchidan 
aqliy kuchini to’la ishga solish bilan birga, o’z maonaviy faoliyatini boshqarish 
ko’nikmasini ham talab etadi. 
Inshoda til nazariyasi nutq tajribasi bilan qo’shiladi. O’quvchi inshoni 
mustaqil, ijodiy xarakterda bo’lgani uchun, «o’ziniki»ni yozgani uchun ham sevadi. 


633 
Maktab rivojining barcha bosqichlarida bolalarning mustaqil tuzgan hikoyasi 
− inshoga alohida ahamiyat berilgan. Maktablar yangi, o’quvchilar nutqini o’stirish, 
aqliy, ijodiy o’sishiga mo’ljallangan dasturga o’tishi munosabati bilan uning 
ahamiyati yanada o’sdi. 
Og’zaki va yozma inshoga o’rgatish jarayonida o’quvchilarda mavzuni 
tushunish va yoritish, o’z inshosini aniq fikrga bo’ysundirish, material to’plash, uni 
tartibga solish va joylashtirish, reja tuzish va reja asosida yozish, mazmunga va nutq 
vaziyatiga mos ravishda til vositalaridan foydalanish, yozgan inshosini 
takomillashtirish ko’nikmalari hosil qilinadi. Bulardan tashqari, «texnik» vazifalar 
ham amalga oshiriladi, yaoni matnni yozishda imlo qoidalari va husnixatga eotibor 
berish, matnni xatboshidan yozish, hoshiyaga rioya qilish kabi talablarga ham amal 
qilinadi. 
Og’zaki va yozma insho material manbaiga, mustaqillik darajasiga, tayyorlash 
usuli, janri va til xususiyatiga qarab tasnif qilinadi. 
Insho 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   392   393   394   395   396   397   398   399   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin