637
Insho jamiyat hayotini tushunishga o’rgatadi. Tabiatga, kishilarga, ularning
yaxshilikka intilishlari va harakatlariga, mehnatga va mehnat mahsuliga muhabbatni
tarbiyalaydi, kishilar xatti-harakatidagi chiroyli jihatlarni egallashga, hozirgi zamon
axloqiy talablarini anglashda o’quvchilarga yordam beradi.
Inshoning tarbiyaviy ahamiyatini oshirish uchun quyidagilarga rioya qilish
talab etiladi:
1. Osondan qiyinga tamoyiliga rioya qilgan holda og’zaki va yozma inshoni
muntazam o’tkazib borish bilan o’quvchilarda mustaqillikni tarbiyalash.
Mustaqil
insho o’quvchilar faolligini o’stiradi.
2. Inshoni hayot bilan bog’lash.
Bunda kuzatishlar asosidagi insho, kundalik
yuritish, qilingan ishlar yuzasidan «hisobot» tarzidagi insho, xat, maqola, o’qilgan
kitob haqida taqriz kabilarning tarbiyaviy ahamiyati juda katta.
Dostları ilə paylaş: