640
solish jarayonida tuziladi. Bunday reja insho yozishdan oldin ko’rib chiqilib, unga
ayrim aniqliklar kiritiladi.
Inshoni yozishga tayyorlash
Og’zaki yoki yozma inshoning turi va vazifasiga
qarab unga tayyorgarlik
ko’riladi.
Inshoga tayyorgarlikni o’qituvchi boshqaradi, bunga o’quvchilarni ishtirok
ettiradi, ularning o’ta faolligi va mustaqilligiga erishadi. Tayyorlik deganda,
birinchidan, o’quvchilarda nimanidir tasvirlashga,
hikoya qilishga talab
uyg’otadigan vaziyat yaratish; ikkinchidan, insho uchun yetarli bo’lgan zarur
material yig’ish; uchinchidan,
mavzuga oid, uni yoritishga mos bo’lgan til
vositalarini tanlash tushuniladi.
Inshoga tayyorlik inshoni yozishdan bir necha kun ilgari boshlanadi, darsdan
tashqari vaqtlarda va boshqa darslar jarayonida ham olib boriladi.
Og’zaki yoki yozma insho ustida ishlash quyidagi uch bosqichga bo’linadi:
1) material yig’ish, yaoni kuzatish, ekskursiya, mehnat jarayoni, rasmni ko’rib
chiqish, kinofilьm, spektaklni ko’rish, badiiy va boshqa adabiyotlarni o’qish;
2) mavzuga va uni yoritishga mos material tanlash, uni tartibga solish,
joylashtirish, yaoni suhbat, muhokama qilish, zarur materialni ajratish, reja tuzish,
lug’at ustida ishlash, imlo va leksik tomondan tayyorlash va hokazo;
3) inshoni nutqiy shakllantirish, yaoni insho matnini tuzish,
uni yozish,
takomillashtirish, xatolarni to’g’rilash va uni tekshirish.
Birinchi va ikkinchi bosqichdagi ishlar, odatda, darsdan tashqari vaqtda
bajariladi. Masalan, ekskursiya asosidagi insho uchun material yig’ish uni yozishdan
ancha ilgari boshlanadi; tabiat hodisalarini kuzatish bir hafta, hatto undan ko’proq
davom etadi; rasmlar esa insho yozishdan oldin ko’riladi.
SHunday qilib, insho yozish yoki og’zaki hikoya qilish darsi ilgari bajarilgan
ishlarning yakunidir. Insho darsining umumlashtiruvchilik roli bog’lanishli nutq
sohasidagi ko’nikmalarni egallash meoyoriga qarab ortib boradi.
Insho darsining qurilishi tayyorlov bosqichining xarakteriga bog’liq.
Tayyorlov bosqichida qancha ko’p ishlansa, insho darsida matn ustida shuncha
641
chuqur ishlash imkoniyati yaratiladi. Insho yozishdan oldin yoki og’zaki
hikoyalashda yig’ilgan materiallarni o’quvchilar
yodiga tushirish, ularda qiziqish
uyg’otish, yozishga yoki hikoya qilishga xohish uyg’otish zarur.
Insho yozish uchun 2-sinfda odatda bir dars, zarur bo’lib qolsa, ikkinchi
darsdan 15-20 minut, 3-4-sinflarda bir yoki bir yarim dars,
ayrim vaqtlarda ikki
darsgacha ajratiladi. Bulardan tashqari, insho tahlili va xatolar ustida ishlash uchun
20-25 minut vaqt ajratiladi. Bunda eng yaxshi yozilgan insholar tahlil qilinadi,
imloviy, punktuatsion, nutqiy, mantiqiy xatolar va mazmundagi yetishmovchiliklar
ustida ishlanadi.
Insho yozish darsida quyidagi bosqichlarga rioya qilinadi:
1. Mavzuni, inshoning vazifasini eolon qilish (yoki yodga tushirish), uni
o’quvchilar bilan muhokama qilish.
2. Kuzatish davrida to’plangan materialni tartibga solish yoki material yig’ish
(masalan, rasmga qarab insho yozish uchun rasmni ko’rish) maqsadida suhbat
o’tkazish.
3. Reja tuzish yoki avval tuzilgan rejaga aniqlik kiritish.
4. Matnni nutqiy tayyorlash, yaoni zarur so’zlarni yozish, so’z birikmasi, gap
yoki bog’lanishli matnning ayrim qismini tuzish, imlosi qiyin so’zlarning yozilishini
tushuntirish va boshqalar.
5. Darsning asosiy qismi bo’lgan inshoni yozish. Bu jarayonda o’quvchilar
inshoni yozayotganlarida, o’qituvchi ular ishini kuzatadi, ayrim o’quvchilarga
(boshqalarga xalaqit bermay, ular eotiborini chalg’itmay) individual yordam beradi.
6. O’quvchilar yozgan
insholarini tekshiradilar, kamchiliklarini to’ldirib,
xatolarini to’g’rilaydilar. Boshlang’ich sinflarda bolalar inshoni oqqa
ko’chirmaydilar, kerakli tuzatishlarni ehtiyotlik bilan kiritadilar, bunday tuzatishlar
uchun insho bahosi pasaytirilmaydi, aksincha, matnni yaxshi to’g’rilagan o’quvchi
rag’batlantiriladi.
7. O’quvchilar inshoni o’qituvchiga tekshirish uchun topshiradilar, o’qituvchi
ikki kun ichida tekshiradi.
642
Keyingi ona tili darsining ikkinchi qismidan 15-25 minut vaqt ajratib,
tekshirilgan insholar yuzasidan yakuniy mashg’ulot o’tkaziladi (insho tahlil qilinib,
xatolar ustida ishlanadi).
O’qituvchi har bir insho turi uchun o’quv vazifasini belgilab oladi. Masalan,
rasmlar seriyasi asosida birinchi marta yozdiriladigan insho uchun quyidagi
vazifalar belgilab olinadi:
1. O’quvchilarni inshoning yangi turi bo’lgan rasmlar seriyasi asosidagi insho
bilan tanishtirish.
2. Rasmli reja asosida matn rejasini tuzish.
3. Reja qismlariga mos ravishda matnni xatboshilarga bo’lish va har birini
xatboshidan yozish.
4. Insho matnini mustaqil tekshirish va takomillashtirish.
O’quvchilarning mustaqillik darajasi o’sib borgani sayin, inshoga talab ham
orta boradi.
Dostları ilə paylaş: