O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Xatolarni to’g’rilash va ularning oldini olish



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə404/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   400   401   402   403   404   405   406   407   ...   416
Xatolarni to’g’rilash va ularning oldini olish 
O’quvchilar yo’l qo’ygan xatolarni guruhlash, ularning turlarini aniqlash va 
har bir xatoning kelib chiqish sabablarini o’rganish asosida nutqqa oid xatolarni 
to’g’rilash va ularning oldini olish tizimi ishlab chiqiladi: 
1) nutqqa oid xatolarni o’quvchilar daftarida to’g’rilash; 
2) sinf o’quvchilari uchun umumiy bo’lgan nutqqa oid xatolar ustida sinfda 
ishlash (buning uchun darsning 15-20 minutlik qismi ajratiladi va tekshirilgan insho 
va bayon tahlil qilinadi, o’quvchilarning yo’l qo’yilgan xatoni mustaqil ravishda 
topishga va uni to’g’rilashga imkon beriladi); 
3) ayrim individual xatolar ustida darsdan tashqari vaqtda ishlash, xatoni 
topish, tushuntirish va to’g’rilash; 
4) yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan nutqiy xatolarning oldini olishga qaratilgan 
uslubiy mashqlar tizimi (o’qish va grammatika darslarida matnni til tomonidan tahlil 
qilish o’quvchilar yo’l qo’ygan xato ustida ishlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi); 
5) o’quvchilarni tuziladigan matn leksikasidan, ayrim sintaktik qurilmalardan 
foydalanishga tayyorlash maqsadida har bir hikoya, insho, bayondan oldin uni til 
jihatidan mashq qilish; 
6) imkoni bo’lsa, grammatik mavzu o’rganilayotganda, shu mavzu xatoning 
oldini olish uchun asos bo’lib xizmat qilishini ko’rsatish − tushuntirish; 
7) o’quvchilarni yozgan insho va bayonlarini o’zlari tekshirishiga va mustaqil 
takomillashtirishi («tahrir qilish»)ga maxsus o’rgatish. 


646 
Ko’rsatilgan yo’nalishlarning hammasi har bir sinf o’quvchilari uchun, 
ayniqsa, III va IV sinf o’quvchilari uchun muvofiq keladi. 
Nutqiy xatolarni to’g’rilash va oldini olish til ustida ishlash bilan bog’lab, 
maqsadga muvofiq holda uyushtiriladi. 
Nutqiy xatolarni to’g’rilash. 
O’quvchilar og’zaki va yozma nutqida yo’l 
qo’ygan nutqiy xatolarni o’z vaqtida to’g’rilab borish zarur. O’quvchi yo’l qo’ygan 
xatosining to’g’ri variantini o’zlashtirsin, imkoni bo’lsa, xatoning kelib chiqish 
sababini tushunsin. Xatoni to’g’rilashning eng foydali usuli yo’l qo’ygan xatosini 
o’quvchining o’zi to’g’rilashi hisoblanadi, agar o’quvchi xatosini to’g’rilay olmasa, 
uni o’qituvchi to’g’rilaydi. Xato turiga qarab to’g’rilanadi: gap yoki so’z birikmasi 
qayta tuziladi, so’z boshqasi bilan almashtiriladi, zarur so’z qo’shiladi, ortiqchasi 
ustidan chiziladi. 
Insho yoki bayonni tahlil qilish darsida xatolar ustida ishlash maqsadi uchun 
darsning ikkinchi qismi – 20-25 minuti ajratiladi. O’qituvchi o’quvchilar insho yoki 
bayonni qanday yozganlari haqida qisqa tushuncha berib, eng yaxshi yozilgan 
matnni o’qib beradi, mazmundagi, mavzuni yoritishdagi kamchiliklar, imloviy va 
nutqiy xatolar aniqlanadi. Yo’l qo’yilgan xatoni to’g’rilash yo’li tushuntiriladi. 
SHundan so’ng xato ustida birgalikda ishlanadi: o’qituvchi yo’l qo’yilgan xatoning 
bir turini to’g’rilash yuzasidan topshiriq beradi: «Noo’rin ishlatilgan so’zni boshqasi 
bilan almashtiring». Xatosi bor matnni o’qib yoki yozib beradi, o’quvchilar yo’l 
qo’yilgan xatoni topadilar, maqsadga muvofiq so’z bilan almashtirib, uni 
to’g’rilaydilar va tushuntiradilar. 
Ayrim o’quvchilar yo’l qo’ygan individual xatolar darsdan tashqari vaqtda, 
qo’shimcha mashg’ulot jarayonida to’g’rilanadi. O’quvchi bilan individual suhbatda 
ham, sinfda jamoa bo’lib ishlash jarayonidagi kabi bolalarning aqliy faolligiga, 
yaoni u xatosi nimadaligini tushunibgina qolmay, balki uni to’g’rilashi va 
tushuntirishiga erishish muhimdir. 
Grammatikaga oid mavzuni o’rganishda o’quvchilar yo’l qo’yishi mumkin 
bo’lgan xatoning oldini olish uchun mazkur mavzu ularga qanday imkoniyatlar 
yaratishi tushuntiriladi. Masalan, «Olmosh» mavzusini o’rganganda, kishilik 


647 
olmoshlarining takrorlangan so’zlar o’rnida qanday ishlatilishi o’quvchilarga 
misollar bilan tushuntirilsa, ular ham insho yoki bayon yozishda shunga rioya 
qiladilar. 
O’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirishdagi muvaffaqiyat quyidagi 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   400   401   402   403   404   405   406   407   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin