622
shaxsini o’zgartirib bayon yozishga o’tiladi. SHunday qilib, bayon asta-sekin ijodiy
tus ola boradi.
Boshlang’ich sinflar ona tili dasturiga ko’ra, 2-sinfda katta bo’lmagan (30-40
so’zli) matn yuzasidan o’qituvchi yordamida so’roqlar asosida bayon yozish, 3-
sinfda 40 - 60 so’zdan iborat matnning mazmunini jamoa bo’lib tuzilgan 3-5 ta reja
asosida bayon yozish, 4 - sinfda esa mustaqil tuzilgan reja asosida (70-90 so’zli)
bayon yozish ko’zda tutiladi.
Mashq sifatida bayonning ahamiyati katta: bayon
bolalarda adabiy nutqni
to’g’ri shakllantirishga yordam beradi, nutq madaniyatini yaxshilaydi, badiiy
uslubni singdiradi, tilga sezgirlikni oshiradi.
Bayon uchun kishilarning
fidokorona mehnati, hayotini, ona tabiat tasvirini,
fan, texnika, madaniyat borasidagi yutuqlarni aks ettiradigan yuksak g’oyali matn
tanlanishi, bayon mavzusi o’quvchilarning bilish tajribasini kengaytirishi, ularning
dunyoqarashini shakllantirishi zarur.
Qayta hikoyalash va bayonda bolaning tabiiy nutqi eshitilishi, yaoni berilgan
namunani tushunmasdan yodlamasligi,
namuna leksikasidan, nutq oborotlaridan,
sintaktik qurilishidan foydalana olishi zarur.
Til vositalari matnni o’qish, suhbat, matn tahlili davomida o’zlashtiriladi;
matndagi so’zlar va nutq oborotlari bolalarning «o’ziniki» bo’lib qoladi. Qayta
hikoyalashda namunadagi u yoki bu gapni bola esga tushirishga harakat qiladi,
o’zlashtirgan mazmunni to’liqroq, aniqroq berish uchun gaplar tuzadi.
Bu bilan
o’quvchining mustaqillik darajasi va bilish faolligi o’sadi, ijodiy elementlar qo’shila
boradi.
Qayta hikoyalashda namunadagi izchillik, bog’liqlik saqlanishi, asosiy faktlar
berilishi, ayniqsa, ilmiy matnni qayta hikoyalashda barcha muhim o’rinlar to’liq
bayon qilinishi zarur.
Vaqti-vaqti bilan ilgari eshitilgan, o’qituvchi o’qib bergan yoki radio,
televizordan yozib olingan matnni qayta hikoyalatish, o’quvchi bir marta ovoz bilan
yoki ichda o’qigandan so’ng qayta hikoyalatishdan foydalanishni tajribada qo’llab
623
turish ham mumkin. Bu ishni turli xil uslublarda olib borish imkoniyatini yaratadi
va uni jonlantiradi.
Ko’pincha qayta hikoyalashga maxsus tayyorgarlik ko’riladi, bunda
quyidagilarga rioya qilinadi:
1. Qayta hikoyalash va uning turi haqida o’quvchilar ogohlantiriladi: to’liq,
detallari bilan, tilning tasviriy vositalaridan foydalanib
matnga yaqin qayta
hikoyalash; tanlab (masalan, bir qatnashuvchi shaxsga tegishli o’rinlariniginA.qayta
hikoyalash, qisqartib qayta hikoyalash.
2. Suhbat, matn mazmunini tahlil qilish, matn tili ustidagi xilma-xil ishlar,
qayta hikoyalashda zarur bo’lgan so’z, nutq oborotlari va gaplarni ajratish va
aniqlash.
3. Qayta hikoyalashda ifodalilikni berish uchun ifodali o’qishni puxtalash.
4. Hikoyani mantiqiy va kompozitsion qismlarga bo’lish,
har bir qismga
sarlavha topish, matnni qayta hikoyalashga mo’ljallangan rejani tuzish.
5. Matn qismlarini qayta hikoyalash, uning kamchiliklarini tahlil qilish.
6. O’quvchilarning hayotiga bog’lash (o’rni bilan), yaoni o’qilgan matn
mazmuniga bog’liq holda o’quvchilarning shaxsiy tajribasida uchraydigan va
uchragan analogik holatga eotibor berish. Boshqacha qilib aytganda, har bir darsda
ma`lum ta`lim maqsadi asosida qayta hikoyalashga muntazam o’rgatib borish zarur.
Dostları ilə paylaş: