O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


To’liq yoki matnga yaqinlashtirib



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə390/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   386   387   388   389   390   391   392   393   ...   416
To’liq yoki matnga yaqinlashtirib
qayta hikoyalash va bayon 
Qayta hikoya qilish va bayonning bu turi boshqa turlariga nisbatan 
boshlang’ich sinflarda ko’p o’tkaziladi, chunki bu o’qilgan matnni butun detallari 
va bog’lanishlari bilan bolalar yodida mustahkamlash, namunaviy matnning 
mazmuni va tilini o’zlashtirish vositasi bo’lib ham xizmat qiladi. Bolalar tez yodlab 
oladigan kichik matnni, she’riy misralarni buzmaslik uchun she’rni, ayniqsa, butun 
bir poetik obrazni tasvirlovchi lirik she’rni hikoya qilish tavsiya etilmaydi. 
To’liq hikoya qilish uchun dastlab aniq syujetli, hikoya uslubida yozilgan matn 
tanlanadi, keyin bolalar hikoyaga tasviriy (tabiat tasviri, kishilar va boshqa 


624 
predmetlarning tashqi ko’rinishi tasviri) va muhokama elementlarini kiritishni 
o’rganadilar. 
Hikoya qilishga o’rgatish vaqtida o’quvchilarni «Bu fikr yozuvchi matnida 
qanday ifodalangan?» savoliga javob berishga o’rgatish maqsadga muvofiqdir. 
Bola hikoya qilishga qiziqsa, agar hikoyani o’qituvchigina emas, sinfdagi 
barcha bolalar eshitsa, bunday hikoyalash jonli va qiziqarli bo’ladi. Hikoya qilishga 
o’quvchilarning qo’shimchasi, ma`lum qismini qayta hikoya qildirish, hikoyachini 
rag’batlantirish sinfda ijodiy muhitni vujudga keltiradi. 
Matnga yaqin hikoya qilishda savollar matn mazmunigagina qaratilmasligi, 
o’quvchilar mustaqillik darajasini pasaytiradigan matn mazmuni yuzasidan 
beriladigan savollarni asta-sekin kamaytira borish, bolalarni kengroq, umumiyroq 
savollarga javob berishga o’rgata borish zarur. 
To’liq hikoya qilishda hikoyani qanday boshlashni bilmaslik, yaoni 
boshlanishi berilgan matn mazmunini davom ettira olmaslik, to’liq bayon qila 
olmaslik yoki noto’g’ri bayon qilish, bayon tilining kambag’alligi kabi kamchiliklar 
uchraydi. Hikoya qilishdagi ikkinchi kamchilikni yo’qotish, uning oldini olish uchun 
matn butunicha puxta tahlil qilinadi, ko’pincha asosiy mazmunni ifodalaydigan 
qismi alohida tahlil qilinadi. Bunday kamchilikni yo’qotishga matnni qismlarga 
bo’lish, har bir qismga sarlavha topib, matn rejasini tuzish va reja asosida hikoya 
qilish ham yordam beradi. Bunda tanlab hikoya qilish (hikoya qilishning o’zaro 
uzviy bog’langan boshqa turlari ham) yordamchi vazifani bajaradi. Tilda 
kambag’allikka yo’l qo’ymaslik uchun lug’at, tasviriy vositalar va gap ustida izchil 
ishlab borish talab etiladi. To’liq yoki matnga yaqin bayon yozish savod o’rgatish 
davridanoq boshlanadi va barcha sinflarda o’tkaziladi. 
Bolalarni o’z fikrini mustaqil yozishga (o’qilgan matnni hikoya 
qilishgA.o’rgatishni, iloji boricha, erta boshlash maoqul. Buning uchun o’quvchilar 
og’zaki hikoya qilayotganda qo’llagan alohida so’zni yozishdan gapni yozishga, 
so’ng matn qismlarini yozishga va 2-sinfdan boshlab maxsus tanlangan kichik matn 
asosida bayon yozishga o’rgatiladi. 


625 
Ish quyidagicha uyushtiriladi: bayon uchun tanlangan matnni o’quvchilar bir-
ikki marta o’qiydilar (o’qituvchi o’qib berishi ham mumkin); bolalarning matn 
mazmunini to’g’ri tushunganliklarini aniqlash, o’qilgan matnni, uning g’oyaviy 
mazmunini, qismlari orasidagi bog’lanishni to’liq bilib olishga qaratilgan suhbat 
o’tkaziladi; matn rejasi tuziladi (reja suhbat vaqtida tuzilishi ham mumkin); lug’at 
ishi o’tkaziladi (so’zning ma`nosi va yozilishi tahlil qilinadi), muhimroq sintaktik 
tuzilmalarga va tilning tasviriy vositalariga diqqat jalb qilinadi. Ayrim gaplar, hatto 
matn qismlari tuzdiriladi; o’quvchilar bayon matnini mustaqil yozadilar, o’qituvchi 
esa ular ishini kuzatadi, sinfdagi boshqa o’quvchilarga xalaqit bermay ayrim 
bolalarga individual yordam beradi; bolalar yozgan bayonlarini o’zlari tekshiradilar, 
takomillashtiradilar va daftarni tekshirish uchun o’qituvchiga topshiradilar. 
O’quvchilar yozgan bayon muhokama qilinayotganda, ular yozgan matnni 
bayon matniga qiyoslash maqsadga muvofiq bo’lib, bu ish mazmunda va bolalar 
bayoni tilida yo’l qo’yilgan kamchiliklarni aniqlashga yordam beradi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   386   387   388   389   390   391   392   393   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin