O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   416
3. Kk harflari bilan tanishtirish. 
Bunda quyidagi chizmadan foydalanish 
mumkin: 
 
Topshiriq: 
Tanish harflarni o’qing. Harflar ichidan o’zingizga notanish harfni 
toping. 
So’ngra Kk harflari kesma harflar ichidan toptiriladi: 
− Bosh K harfini ko’rsating. U bilan qanday so’zlar yoziladi? 
− Kichik k harfini ko’rsating. Bu shakl qachon ishlatiladi? 
Kk harflari “harf kassasi”ga qo’shib qo’yiladi. 
4. Bo’g’in o’qish.
Bunda k harfini o’rganilgan unli harflarga qo’shib bo’g’inlar 
tuzdiriladi va o’qitiladi. 









76 
5. Rasm asosida suhbat.
Bunda o’qituvchi ko’rgazmani harakatlanadigan 
qilib tayyorlasa, o’quvchilarda qiziqish uyg’onadi, yangi mavzu oson o’zlashtiriladi.
Xattaxtaga bosma harflar bilan quyidagi matn yoziladi: 
Kamol Komilaga kitob olib keldi. Komila kitobni oldi. U kitobni toza saqlashga 
so’z berdi. 
Bu gaplar bolalarga bo’g’inlab o’qitiladi. O’quvchilar nutqini o’stirish 
maqsadida quyidagi savollar beriladi: 
1. Kamol kitobni qaerdan olgan? 
2. U kitobni kimga sovg’a qildi? 
3. Komila nega xursand bo’ldi? 
4. Komila akasiga qanday va’da berdi? 
Kartochkalarga yozilgan bo’g’inli so’zlar o’qitiladi.
6. Darslik bilan ishlash. 
Bunda o’qituvchi darslikda berilgan bo’g’inlar, 
so’zlar va matnni o’quvchilarga o’qib beradi, bolalar birgalikda ovoz chiqarib 
takrorlaydilar.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. 
Buning uchun o’quvchilar bilan 
quyidagicha savol-javob o’tkaziladi: 
1. Bugun biz qaysi tovush bilan tanishdik? 
2. Rasmda nimalar tasvirlanibdi? 
3. Bolalarning ismlari nima ekan? 
4. Kitobdan qanday foydalanish kerak? 
Kichik yoshdagi maktab o’quvchilarining nutqini o’stirishda didaktik o’yinlar, 
turli xil musobaqalar muhim ahamiyat kasb etadi. SHu jihatdan mavzuni 
mustahkamlashga oid quyidagicha qatorlararo musobaqa uyushtirish mumkin:
1-qator: “K” harfi bilan boshlanadigan so’zlardan ayting. 
2-qator: O’rtasida “k” harfi qatnashgan so’zlardan ayting. 
3-qator: Oxirida “k” harfi ishtirok etgan so’zlardan ayting. 
Bunda qaysi qatorda takroriy so’zlar bo’lmasa, o’sha qator g’olib hisoblanadi. 
So’ngra o’quvchilarning har biriga bittadan turli xil predmetlarning rasmlari bor 
kartochkalar tarqatiladi. Rasmdagi predmetning belgilarini bildiruvchi so’zlar 


77 
toptiriladi va ular ishtirokida ikkitadan gap tuzdiriladi. Birgina rasm asosida bir 
necha gap tuzishni mashq qildirish o’quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirishga 
ham yordam beradi va nutqini o’stiradi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin