O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti yoqilg‘i va organik birikmalar kimyoviy



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/23
tarix16.09.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#144242
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
selyoza va yog\'ochsozlik

3 - MA’RUZA.
PNEVMATIK VA GIDRAVLIK TRANSPORT VOSITALARI 
REJA: 
1.
So‘ruvchi pnevmatik qurilmalar. 
2.
Dam berib xaydovchi pnevmatik qurilmalar. 
3.
Pnevmatik qurilmalarning asosiy uzellari. 
4.
Pnevmatik qurilmalarning asosiy xisoblari. 
To‘kiluvchan yuklar pnevmotransport quvurlari orqali siqilgan xavo oqimi 
ta’sirida bir erdan boshqa erga tashiladi. Pnevmatik transport orqali payraxa, qipik 
va gugurt cho‘plari ko‘rinishidagi yog‘och materiallari (xuddi shuningdek sement, 
un, don, ko‘mir va boshqalar) 250 m va undan ortiq masofaga uzatish (jo‘natish) 
mumkin. 
Pnevmotransport qurilmalarining ish unumi soatiga bir necha un tonnani 
tashkil etadi. Ayrim xollarda u soatiga 100 t dan ham oshib ketadi. 
Pnevmotransport kurilmalarining afzallik tomonlari quyidagilardir: 
1.
sistemaning germetik zich bo‘lishi; 
2.
tashiladigan yukni yo‘lda yo‘qolmasligi; 
3.
tashqi muxit ta’siridan saqlash mumkinligi; 
4.
yuklarni murakkab trassalarda (gorizontal, vertikal va og‘ma uchastkalar) 
xam oson tashib o‘tish mumkinligi; 
5.
har xil joylardagi yuklarni bir erga, bir joydagi yuklarni xar xil joyga olib 
borib tushirish mumkinligi; 
6.
tashishda ishchi kuchining ishtirok etmasligi. 
Pnevmotransport qurilmalarning eng asosiy kamchilik tomonlari quyidagilardir: 
1.
elektr energiyani ko‘p sarf bo‘lishi (ventilyatorlarda foydali ish koeffitsienti 
(FIK)ning nisbatan kam bo‘lishi va xona ichidan issiklikni havo orqali so‘rib 
ketilishi va xonani ko‘shimcha ravishda isitishda energiyaning ko‘p sarf 
bo‘lishi. 
2.
truboprovodlarning ayniqsa egiladigan joylarida, tez edirilib ishdan chiqishi; 
3.
o‘lchami 80mm dan ko‘p bo‘lgan yuklarni tashish mumkin emasligi 
4.
nam, xo‘l va yopishqoq yuklarni tashib bo‘masligi. 
Quyidagi 10 - rasmda pnevmotransport qurilmalarining asosiy turlari 
ko‘rsatilgan. 


20 
10 – rasm. Pnevmotransport qurilmalari: 
a- so‘ruvchi, b – dam berib hxaydovchi, v – aralash usuli 

a– sxema uchun: 
1 - maxsus qurilma(soplo), 2 – elastik shlang, 3 – truboprovod, 4 –yuk 
bo‘shatiladigan siklon, 5 – shlyuzli zatvor 6 – chang yutgich, 7 – vakuum nasos,
8 – patrubka . 
 b – sxema uchun: 
3 – truboprovod, 4 – yuk bo‘shaladigan siklon, 5 – shlyuzli zatvor, 6 6 – filtr ,
8 va 8’ - patrubkalar, 9 – ta’minlagich, 10 – havo yig‘gich (resiver), 11 – 
kompressor. 
v – sxema uchun: 
 1 – soplo, 3 – truboprovod, 4 va 4’ – yuk bo‘shaladigan siklon, 5 – shlyuzli 
zatvor, 6 va 6' – filtr, 7 – pnevmonasos, 10 – resiver, 12 – magistral. 
So‘ruvchi pnevmatik qurilmalar.
10 - rasm, 
a
da so‘rib, tortib oluvchi 
pnevmatik qurilmaning sxemasi aks ettrilgan. Vakuum-nasos 
7
elektr dvigatel 
yordamida butun sistema ichidan havoni so‘rib oladi va unda vakkum hosil qiladi. 
Natijada maxsus saplo 
1
orqali tevarak-atrofdagi havo sistema ichiga oqib kira 


21 
boshlaydi va yuk zarrachalari elastik shlang 

orqali truboprovod 
3
ga kelib 
tushadi. 
Havo aralashgan yuk, yuk bo‘shatiladigan siklon 
4
(cho‘kma kamera) ga 
kelib tushadi va aralashma tezligi truboprovod va bo‘shatgich kesimlarining har 
xilligi tufayli keskin ravishda pasayadi. Aralashma oqimi yo‘nalishi ham o‘zgaradi. 
Buning natijasida yuk zarrachalari o‘zining kinetik energiyasini yo‘qotadi va 
kamera
4
tubiga cho‘kadi. Yuk zarrachalaridan xolis bo‘lgan havo truboprovod 
orqali chang tutgich 
6
ga kelib tushadi, filtrlanadi va toza xavo xolida vakkum 
nasos 
7
va patrubok 
8′
orqali atmosferaga chiqib ketadi. Kamera 
4
tubiga cho‘kkan 
yuk shlyuzli zatvor 

orqali tashqariga olinadi va biror bunker yoki transport 
vositasiga bo‘shatiladi. 
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, so‘rib oluvchi pnevmatik qurilma bir vaqtni 
o‘zida bir necha nuqta(joy)lardan yukni so‘rib olib, bitta yuk tushirish punkitiga 
yo‘naltirishi mumkin. So‘rib oluvchi pnevmatik qurilma asosan oson to‘kiladigan, 
changsimon va mayda zarrachali yuklarni uncha uzoq bo‘lmagan masofaga 
tashishda ko‘p qo‘llaniladi. 
Dam berib haydovchi pnevmatik qurilmalarda 
(10- rasm, 
b
), kompressor 
11 
sistema ichida 0,5-0,6 MPa gacha bosim hosil qiladi. 
Siqilgan havo, xavo yig‘gich (vozduxozabornik) resiver 
10
orqali 
truboprovod 
3
ga o‘tadi, bu vaqtda unga vintli ta’minlagich 
9
dan yuk kelib 
tushadi. Bundan hosil bo‘lgan yuk-havo aralashmasi truboprovod orqali yuk 
tushadigan siklon 
4
kelib tushadi va bu erda yuk zarrachalari cho‘ka boshlaydi. 
YUkni asosiy qismdan ozod bo‘lgan havo filtr 
6
ga o‘tadi va patrubkalar 

va 
8′
orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi. Filtr 
6
va yuk kelib tushadigan siklon 
4
dan 
yukni chiqarib olish shlyuzli zatvor 
5
orqali amalga oshiriladi.
Dam beruvchi qurilmalar yukni bir joyni o‘zidan ergashtirib uni 
truboprovodning 
bir 
necha 
tarmoqlari 
bo‘yicha 
tashlab 
o‘tadi. 
Pnevmotransportning bu turi yirik bo‘lakli(kuskovoy) yuklarni uzoq masofalarga 
uzatishda keng qo‘llaniladi. 
Pnevmotransport qurilmalarining uchinchi turi yuqoridagilarni qo‘shilmasi ( 
suruvchi va dam berib xaydovchi) bo‘lib, uning sxemasi 10-rasm 

da ko‘rsatilgan.
Diqqat bilan qarab uni tushunib olish o‘quvchiga qiyinlik tug‘dirmagani 
uchun, biz u xakda to‘xtab o‘tirishni lozim topmadik. 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin