4
1 – MA’RUZA.
KIRISH
Aziz talabalarga o‘quv davrining 5 semestrida o‘qitiladigan va
o‘rgatiladigan
ushbu
fanning
asosiy
maqsadi,
ularni
soxa
korxonalarining asosiy va yordamchi sexlari ichkarisida, hamda
sexlararo
yo‘llarda ishlatiladigan
transport vositalari bilan
tanishtirishdir. Bu fanni o‘qib, uqib o‘zlashtirgan talaba quyidagi
BKM (bilim, ko‘nikma va malaka) larga ega bo‘ladi:
-
yuk ortish, tashish va tushirishda zavod va sex ichida
ishlatiladigan transport vositalari – ko‘targich (pod’emnik)
kran,
konveyerlar, avtoyuklagich, elektro-shtabeler va
gidravlik mexanizmlar xaqida umumiy bilimga ega bo‘ladi.
-
ularning asosiy texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarini
aytib bera
oladi.
-
transport vositalarining ayrim detal va uzellarini konstruktiv
xisob-kitob ishlarini bajara oladi.
Ushbu fanni yaxshi tushunish uchun talabalar « Amaliy
mexanika», «
Elektrotexnika, elektr yuritmalar» kabi fanlardan
ma’lumotga ega bo‘lishlari lozim.
Fanni o‘qib egallangan BKMlar malakaviy bitiruv ishini
yozishda talabalar uchun asosiy poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Fan
dasturiga ko‘ra 14 soatlik amaliy mashg‘ulot (seminar) xam
rejalashtirilgan. Ularning xomaki ro‘yxati,
taxminan quyidagicha
bo‘lishi mumkin.
1.
Yog‘och payraxa (qipiq)larni ma’lum balandlikka ko‘tarib
beruvchi cho‘michli elevatorlarni hisoblash;
2.
Yog‘och payraxa (qipiq)larni ma’lum joyga ko‘chiruvchi
tasmali konveyrlarni hisoblash;
3.
Pnevmotransport kurilmalarini hisoblash;
4.
Sex uchun kerakli aravacha (telejka,avtokran), rolikli
yuritmasiz konveyrlar sonini hisoblash;
5.
Avtoyuklagich
(avtopogruzchik)
sxemasini
chizib
o‘rganish va ishlashi xamda konstruksiyasini tushuntirib
berish;
6.
Pnevmotransport qurilmasi sxemasini chizib o‘rganish va
ishlash prinsipini tushuntirib berish;
7.
Elektryuklagich
(elektropogruzchik)
sxemasini
chizib
o‘rganish va ishlash prinsipini izoxlab berish;
5
8.
Pnevmotransport qurilmalari tarkibiga
kiruvchi siklon va
fil’trga tavsif berish, hamda sxemasini chizib ko‘rsatish
kabi ishlar kiradi.
Mashg‘ulotni bajarishda kerak bo‘ladigan dastlabki ma’lumotlar
amaliyot davrida joyida olinadi yoki o‘qituvchi tomonidan variantlar
qilib (tuzib) beriladi. Xisoblab topishga mo‘ljallangan
misol va
masalalar ma’ruza vaqtida aytiladigan adabiyotlarda ko‘rsatiladi.
Masalan, A.B.Silaev. Gruzopod’emn ыe i transportnыe ustroystva v
derevoobrabatыvayuщiy promыshlennosti; V.A.Xrabrov va boshkalar.
Vnutritsexovoy transport v derevoobrabatыvayuщey promыshlennosti;
Gruzopod’emnыe
i
transportnыe
ustroystva.
Programma,
metodicheskie ukazaniya i zadaniya dlya kontrolnыx rabot. VZLT
(Vsesoyuznыy zaochnыy lesotexnicheskiy texnikum).
Tekshirish uchun savollar:
1. Fani oldiga qo‘ygan maqsadi va vazifalari nimadan iborat?
2. Fanning avval o‘rganilgan fanlar bilan o‘zaro
aloqasi nimalarda
qo‘rinadi?
Tayanch so‘z va iboralar:
yukni ortish vositalari, yukni tushirish vositalari,
davriy va
uzluksiz ishlovchi transport vositalari, yuk qo‘tarish mexanizmlari.
Dostları ilə paylaş: