O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti yoqilg‘i va organik birikmalar kimyoviy



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/23
tarix16.09.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#144242
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
selyoza va yog\'ochsozlik

2.TASMALI (lentochne)KONVEYERLAR 
Tasmali konveyerlar ko‘chma va ko‘chmas 
(statsionar), 
tasmalari esa rezinalashtirilgan material va po‘lat tasmadan iborat 
bo‘ladi. 
1- rasmda ko‘chma tasmali konveyer aks ettirilgan; 
1– rasm. Ko‘chma tasmali konveyer: 
1 – rama; 2 – taranglik beruvchi baraban; 3 – yuritma barabani; 4 – 
rezinalashgan tasma; 5 – ko‘tarib turuvchi roliklar; 6 – yuklash 
bunkeri. 



2–rasmda esa ko‘chmas (ko‘zg‘almas) tasmali konveyer aks 
ettirilgan. 
2– rasm. Ko‘chmas tasmali konveyerlar: 
a – umumiy ko‘rinishi; b – roliklar tayanchi; 
1 – taranglatuvchi yuk; 2 – taranglik beruvchi baraban; 3 – yuklash voronkasi; 4 – 
tasma; 5 – roliklar uchun tayanchlar; 6 – yuritma barabani; 7 – yuk tushadigan 
qurilma; 8 – yuritma; 9 – tasmani tozalavchi moslama; 10 – rama; 11 – deflektorli 
rolik (?); 12 – tasmaning salt (orkaga bo‘sh qaytuvchi) bo‘g‘imi (vetv), 13 – 
lentaning salt bo‘g‘ini uchun rolik. 
 
GOST 10624-63 talabiga ko‘ra tasmali konveyerlar tasma eni 
(kengligi) 400÷2000 mm qilib chiqariladi. 
Tasmaning tezligi 0,8 dan 2m/sek, konveyerning ish unumi esa 
40dan 2360 m
3
/soat oralig‘ida bo‘ladi. 
Tasmali konveyerlarning asosiy uzel va detallari 
Konveyer tasmalari
bir vaqtning o‘zida yuk tutib turuvchi va uni 
tashuvchi element bo‘lib hisoblanadi. SHuning uchun ular o‘ta pishiq, 
elastik, ishqalanishga chidamli hamda tarang turuvchi va yuritma
barabaniga nisbatan yuqori yopishish (sseplenie) ega bo‘lishi lozim. 
Bu shart va talablarga GOST 20-62 bo‘yicha chiqariladigan 
to‘qimachilik sanoatining rezinalashtirilgan tasmalari javob beradi. 
Ular o‘z nomidan ko‘rinib turibdiki, bir necha qavat ip-gazlamali 
matoni OZOKERIT moddasi bilan shimdirilgan va o‘zaro rezina bilan 
vulkanlangan bo‘ladi. Bundan tashqari ular gazmolni nam ta’siridan 
ximoya etish uchun ostki va ustki tomonidan yana rezina qatlami bilan 
qoplanadi. YUqori uzunlik va ish unumiga ega bo‘lgan konveyerlar 
uchun po‘lat simlar, neylon, kapron, anid tolalari (yo‘g‘on ip shaklida) 
bilan 
ta’mirlangan tasmalar chiqarilgan. Bunday tasmalarning
pishiqligi oddiy rezinali tasmalarga qaraganda 20-40 marta yuqoridir. 



Nam, xo‘l yuklarni tashish uchun tasmalar to‘r sim ko‘rinishida 
qilinadi; buning uchun qog‘oz va karton oladigan mashinalarni eslash 
kifoya. Bunday tasmalarda faqat yukni tashish uchun emas, balki 
ulardan nam (suyuqlik) ni yo‘qotish uchun ham foydalaniladi. 
Tasmalar 
uchun 
tayanch 
qurilmalar. 
YUklarni 
tashuvchi 
tasmalarning ishchi bo‘g‘inlarni ko‘tarib turish uchun ularning 
tayanch nuqtalari rolikli bo‘ladi. Roliklar, odatda yog‘ochdan yoki 
po‘latdan ishlanadi. Ular yassi yoki tarnov (jelob) shaklida o‘rnatiladi. 
YOn roliklarni gorizontga nisbatan qiyaligi 20-30ºni tashkil etadi. 
Tarnovsimon rolikni tayanchlar tasmaga tog‘ora (korыto) 
shaklini berib, harakatdagi sochiluvchan yukning ko‘ndalang kesim 
yuzasini oshiradi, konveyerning ish unumi ortadi. Tasmaning salt 
yuradigan (orqaga qaytish) bo‘g‘inlari uchun tayanch roliklari xar 
doim yassi shaklda bo‘ladi. Rolikli tayanchlarda roliklar devori 
qalinligi 3-4 mm bo‘lgan po‘lat trubalardan yasaladi va podshipniklar 
orqali montaj qilinadi. 
 Tasmali konveyerlarning yuritma qismi.
U quyidagi 3 - rasmda 
ko‘rsatilgan. 
3 – rasm. Qattik to‘shamali tasmali konveyer: 
 
1 – yuritma barabani; 2 – podshipniklar; 3 – konveyer uchun rama, 4 – zanjirli 
uzatma; 5 – reduktor ; 6 – kamerli uzatma ; 7 – elektrodvigatel. 
 
Yuritmali barabanning diametri rezinalashtirilgan tasmadagi 
prokladkalar soni i ga bog‘liq bo‘lib, u quyidagi formula orqali 
aniqlanadi: 
D = (120÷150) · 
i
, mm
Po‘lat tasmali konveyerlarda esa yuritma barabanining diametri 
qo‘yidagicha topiladi: 


10 
D= (1200÷1250) ·δ, mm 
Bu erda δ - po‘lat tasmaning qalinligi, mm 
GOST 10624-63ga ko‘ra baraban diametrlari 250,320,400, 
500,630,800,1000 va 1250 mm bo‘ladi. Barabanlar cho‘yandan yoki 
po‘latdan tayyorlanadi. 
Taranglatuvchi qurilmalar
vintli yoki yukli bo‘ladi. Odatda 
vintli taranglash qurilmalari konveyer uzunligi 50 m gacha bo‘lganda, 
yukli taranglash qurilmalari esa 50 m dan uzun bo‘lgan turg‘un 
(statsionar) konveyerlarda qo‘llaniladi. 
4 – rasmda tasmali konveyerlar uchun taranglatish qurilmasi aks 
ettirilgan. 
4 - rasm. Tasmali konveyerlar uchun taranglatish kurilmalari: 
a – vintli; b – aravachadagi yukli; v – aravachasiz yukli

Tozalash qurilmalari.
Tasmaning ishchi qismini unga yopishib 
qolgan material zarrachalaridan tozalash uchun yuklar quruq 
bo‘lganda qirg‘ichlardan, xo‘l va yopishuvchan bo‘lganda aylanib 
turadigan cho‘tka yoki shneklardan foydalaniladi. Ular baraban ostiga 
o‘rnatilgan bo‘ladi. 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin