8
2–rasmda esa ko‘chmas (ko‘zg‘almas) tasmali konveyer aks
ettirilgan.
2– rasm. Ko‘chmas tasmali konveyerlar:
a – umumiy ko‘rinishi; b – roliklar tayanchi;
1 – taranglatuvchi yuk; 2 – taranglik beruvchi baraban; 3 – yuklash voronkasi; 4 –
tasma; 5 – roliklar uchun tayanchlar; 6 – yuritma barabani; 7 – yuk tushadigan
qurilma; 8 – yuritma; 9 – tasmani tozalavchi moslama; 10 – rama; 11 – deflektorli
rolik (?); 12 – tasmaning salt (orkaga bo‘sh qaytuvchi) bo‘g‘imi (vetv), 13 –
lentaning salt bo‘g‘ini uchun rolik.
GOST 10624-63 talabiga ko‘ra tasmali
konveyerlar tasma eni
(kengligi) 400÷2000 mm qilib chiqariladi.
Tasmaning tezligi 0,8 dan 2m/sek, konveyerning ish unumi esa
40dan 2360 m
3
/soat oralig‘ida bo‘ladi.
Tasmali konveyerlarning asosiy uzel va detallari
Konveyer tasmalari
bir vaqtning o‘zida yuk tutib turuvchi va uni
tashuvchi element bo‘lib hisoblanadi. SHuning uchun ular o‘ta pishiq,
elastik, ishqalanishga chidamli hamda tarang turuvchi va yuritma
barabaniga nisbatan yuqori yopishish (sseplenie) ega bo‘lishi lozim.
Bu shart va talablarga GOST 20-62 bo‘yicha
chiqariladigan
to‘qimachilik sanoatining rezinalashtirilgan tasmalari javob beradi.
Ular o‘z nomidan ko‘rinib turibdiki, bir necha qavat ip-gazlamali
matoni OZOKERIT moddasi bilan shimdirilgan va o‘zaro rezina bilan
vulkanlangan bo‘ladi. Bundan tashqari ular gazmolni nam ta’siridan
ximoya etish uchun ostki va ustki tomonidan yana rezina qatlami bilan
qoplanadi. YUqori uzunlik va ish unumiga ega bo‘lgan
konveyerlar
uchun po‘lat simlar, neylon, kapron, anid tolalari (yo‘g‘on ip shaklida)
bilan
ta’mirlangan tasmalar chiqarilgan. Bunday tasmalarning
pishiqligi oddiy rezinali tasmalarga qaraganda 20-40 marta yuqoridir.
9
Nam, xo‘l yuklarni tashish uchun tasmalar to‘r sim ko‘rinishida
qilinadi; buning uchun qog‘oz va karton oladigan mashinalarni eslash
kifoya. Bunday tasmalarda faqat yukni tashish uchun emas, balki
ulardan nam (suyuqlik) ni yo‘qotish uchun ham foydalaniladi.
Tasmalar
uchun
tayanch
qurilmalar.
YUklarni
tashuvchi
tasmalarning ishchi bo‘g‘inlarni ko‘tarib
turish uchun ularning
tayanch nuqtalari rolikli bo‘ladi. Roliklar, odatda yog‘ochdan yoki
po‘latdan ishlanadi. Ular yassi yoki tarnov (jelob) shaklida o‘rnatiladi.
YOn roliklarni gorizontga nisbatan qiyaligi 20-30ºni tashkil etadi.
Tarnovsimon rolikni tayanchlar tasmaga tog‘ora (korыto)
shaklini berib, harakatdagi sochiluvchan yukning ko‘ndalang kesim
yuzasini oshiradi, konveyerning ish unumi ortadi. Tasmaning salt
yuradigan (orqaga qaytish) bo‘g‘inlari
uchun tayanch roliklari xar
doim yassi shaklda bo‘ladi. Rolikli tayanchlarda roliklar devori
qalinligi 3-4 mm bo‘lgan po‘lat trubalardan yasaladi va podshipniklar
orqali montaj qilinadi.
Tasmali konveyerlarning yuritma qismi.
U quyidagi 3 - rasmda
ko‘rsatilgan.
3 – rasm. Qattik to‘shamali tasmali konveyer:
1 – yuritma barabani; 2 – podshipniklar; 3 – konveyer uchun rama, 4 – zanjirli
uzatma; 5 – reduktor ; 6 – kamerli uzatma ; 7 – elektrodvigatel.
Yuritmali barabanning diametri rezinalashtirilgan tasmadagi
prokladkalar soni i ga bog‘liq bo‘lib, u quyidagi formula orqali
aniqlanadi:
D = (120÷150) ·
i
, mm
Po‘lat tasmali konveyerlarda esa yuritma
barabanining diametri
qo‘yidagicha topiladi:
10
D= (1200÷1250) ·δ, mm
Bu erda δ - po‘lat tasmaning qalinligi, mm
GOST 10624-63ga ko‘ra baraban diametrlari 250,320,400,
500,630,800,1000 va 1250 mm bo‘ladi. Barabanlar cho‘yandan yoki
po‘latdan tayyorlanadi.
Taranglatuvchi qurilmalar
vintli yoki yukli bo‘ladi. Odatda
vintli taranglash qurilmalari konveyer uzunligi 50 m gacha bo‘lganda,
yukli taranglash qurilmalari esa 50 m dan uzun bo‘lgan turg‘un
(statsionar) konveyerlarda qo‘llaniladi.
4 – rasmda tasmali konveyerlar uchun taranglatish qurilmasi aks
ettirilgan.
4 - rasm. Tasmali konveyerlar uchun taranglatish kurilmalari:
a – vintli; b – aravachadagi yukli; v – aravachasiz yukli
.
Tozalash qurilmalari.
Tasmaning ishchi qismini unga yopishib
qolgan material zarrachalaridan
tozalash uchun yuklar quruq
bo‘lganda qirg‘ichlardan, xo‘l va yopishuvchan bo‘lganda aylanib
turadigan cho‘tka yoki shneklardan foydalaniladi. Ular baraban ostiga
o‘rnatilgan bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: