O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti yoqilg‘i va organik birikmalar kimyoviy



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/23
tarix16.09.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#144242
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
selyoza va yog\'ochsozlik

 
 
 
 



2 - MA’RUZA.
 
MEXANIKAVIY YUK KO‘TARUVCHI VA TASHUVCHI 
TRANSPORT QURILMALARI
 
Reja: 
1.Tavsiflanishi. Ishlatilishi. 
2.Tasmali konveyerlar. 
3.Tasmali konveyerlarni hisoblash. 
4.Zanjirli konveyerlar. 
5.Elevatorlar. 
6.Osma konveyerlar. 
7.Vint (shnek) li konveyerlar. 
8.Rolikli konveyerlar. 
1.Sanoatning o‘rmon va yog‘ochsozlik, sellyuloza va qog‘oz 
soxalarida korxona va sex ichida ishlarni bajarishda har xil transport 
vositalaridan foydalaniladi. Ular yuklarni bir joydan ikkinchi joyga 
tashib beradi, ko‘tarib beradi, tushirib qo‘yadi va xokazo. 
Ko‘tarish- tashish mashinalari (PTM) o‘zlarining ikki asosiy 
belgilariga qarab quyidagicha tavsiflanadi: xarakatlanish (ta’sir qilish) 
xususiyatiga 
ko‘ra; 
tashiladigan 
yuk 
traektoriyasi 
(chizig‘i) 
ko‘rinishiga ko‘ra.
PTM lar o‘zining birinchi belgi, xususiyatiga ko‘ra uzluksiz va 
davriy ravishda ishlaydigan mashinalarga bo‘linadi. Davriy shaklda 
ishlaydigan mashinalar yukni ortish va tushirishda o‘z harakatini
ma’lum vaqt to‘xtatib turadi va keyin yana davom ettiradi.
Bularga misol qilib ko‘tarma kranlar, elektr- va avtoyuklagichlar
(elektro- i avtopogruzchiki) va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. YUk 
tutib olish (zaxvat) yoki uni bo‘shatishda o‘z harakatini to‘xtatmay 
ishlaydigan mashinalarga 
uzluksiz ishlovchi mashinalar
deyiladi. 
Bunday turdagi PTMlarga har xil konveyerlar, elevatorlar va boshqa 
shunga o‘xshash qurilmalar kiradi.
Yukni surilish, xarakat qilish traektoriyasiga ko‘ra PTMlar 
quyidagicha bo‘ladi: yukni tik (vertikal) yoki biroz qiyalik bo‘yicha 
tashuvchi qurilmalar; yukni gorizontal tekislik(yoki biroz og‘ma) 
bo‘yicha tashuvchi qurilmalar; yuklarni ham vertikal, ham gorizontal 
yo‘nalishda tashiydigan qurilmalar. 



Yukni faqat vertikal yoki unga yaqin qiyalik bo‘yicha harakatga 
keltiruvchi qurilmalar 
ko‘targichlar
deb ataladi. 
Yukni fakat gorizontal yoki unga yaqin qiyalik bo‘yicha 
harakatga keltiruvchi qurilmalar 
tashuvchi mashinalar
deb ataladi. 
Bularga konveyerlar va transporterlar kiradi. 
Konveyerlar ham, trasporterlar ham uzluksiz yoki ozgina 
to‘xtab turish orqali xilma-xil texnikaviy operatsiyalarni bajara oladi. 
YUklarni ham vertikal ham gorizontal tekisliklar bo‘yicha 
tashuvchi qurilmalar 
yuk ko‘tarish mashinalari
deb ataladi. Masalan, 
yuk ko‘taruvchi kran, avtoyuklagich yoki elektroyuklagichlar. 
Sellyuloza va yog‘ochsozlik korxonalarida yuk ko‘taruvchi 
mashinalar asosan xom ashyo omborlarida ishlatiladi, tashuvchi 
mashinalar esa sex va sexlararo maydonlarda qo‘llaniladi. Tashuvchi 
kurilmalardan, asosan xom ashyoni tashib keltirish va tayyor 
maxsulotlarni olib ketish ishlarida foydalanadi. 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin