O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Informatika fanining predmeti va vazifalari



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

 
1.3. Informatika fanining predmeti va vazifalari 
―Informatika o‗qitish metodikasi‖ fani ―Informatika va axborot 
texnologiyalari‖ va ―Zamonaviy dasturlash tillari‖ kabi fanlar bilan uzviy bog‗liq 
bo‗lib, ushbu fanlarning ko‗p bo‗limlari ―Informatika o‗qitish metodikasi‖ o‗quv 
kursini to‗ldiradi va shu bilan birga bakalavrlarning fan bo‗yicha olgan bilimlarini 
kengaytiradi.
―Informatika o‗qitish metodikasi‖ fanini o‗qitishda ilg‗or pedagogik va axborot 
texnologiyalaridan foydalaniladi. Amaliy mashg‗ulot darslari bevosita kompyuter 
bilan jihozlangan xonalarda olib boriladi. 
Informatika va axborot texnologiyalari (Informatika va AT)
 
– o‗sib kelayotgan 
avlodga axborotlar bilan ishlash texnologiyalari va ulardan foydalanish jarayonlarini 
puxta o‗zlashtirishni ta‘minlashdan iborat. O‗quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, 
mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o‗z-o‗zini anglash 
salohiyatini shakllanishi va o‗sishi ko‗p jihatdan axborot texnologiyalariga bog‗liqdir.
Inson o‗z hayotida shaxsiy, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga 
kirishishi, jamiyatda o‗z o‗rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini 
hal etishi, eng muhimi o‗z sohasi, kasbi bo‗yicha raqobatbardosh bo‗lishi uchun zarur 
bo‗lgan tayanch kompetensiyalarga ega bo‗lishi lozim.
Bundan tashqari ta‘limda har bir o‗quv fanini o‗zlashtirish jarayonida 
o‗quvchilarda, shu fanning o‗ziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda, sohaga 
tegishli fanga oid kompetensiyalar ham shakllantiriladi. 
Fanning maqsadi o‗quvchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida 
axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish kompetensiyalarini 
shakllantirish orqali ularnimamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‗shadigan 
shaxs etib tarbiyalashdan iborat.
Informatika va axborot texnologiyalari o‗quv fani o‗rta umum ta‘lim 
maktablarining 5-sinfidan boshlanadi va o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi 
muassasalarida umumta‘lim o‗quv fani sifatida uzviy davom etadi. 
Umumiy o‗rta ta‘lim maktablari Informatika va axborot texnologiyalari 
ta‘limida o‗rganilgan o‗quv materiallarining akademik litsey va kasb-hunar kollejlari 
Informatika va axborot texnologiyalari ta‘limida aynan takrorlanmasligi, 
o‗quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlari, umumiy o‗rta ta‘lim 
tayyorgarligiga mos kelishi hamda informatikaga oid tushunchalarni asta-sekin 
oddiydan murakkabga shakllantirilishi e‘tiborga olingan.
Ilg‗or milliy va xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda fanni o‗qitishda 
rivojlangan davlatlarda keng qo‗llanilayotgan 
STEM
(science, technology
engeenering and mathematics – fan, texnologiya, muhandislik va matematika) 


21 
o‗qitish konsepsiyasiga hamda dasturlashning tayanch tushunchalarini (mantiqiy 
amallar, algoritmlar, blok-sxemalar va h.k.) shakllantirish metodologiyasiga tayanish 
maqsadga muvofiq.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin