O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Informatika va axborot texnologiyalari o„quv fanini o„qitishning asosiy



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

Informatika va axborot texnologiyalari o„quv fanini o„qitishning asosiy 
maqsadi: 
o‗sib kelayotgan avlodni zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan 
ishlash malakalari, mustaqil, mantiqiy va algoritmik fikrlash qobiliyatini 
rivojlantirishdan va olgan bilimlarini hayotda tatbiq etishga o‗rgatishdan iborat. 
Umumiy 
o„rta ta‟lim muassasalarida informatika va axborot 
texnologiyalari ta‟limining asosiy vazifalari
:
inson 
kamoloti 
va 
jamiyat 
taraqqiyotida 
informatika 
va 
axborot 
texnologiyalarining ahamiyatini anglash; 
o‗quvchilarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ularni amaliyotda 
qo‗llash haqida bilimlar berish
kompyuterda masalalar yechish texnologiyalari va asosiy bosqichlarini ketma-
ketlikda to‗g‗ri bajarishga o‗rgatish; 
algoritmik tuzilmalar, algoritmlash va dasturlash asoslari haqida bilim berish;
kompyuterning dasturiy ta‘minoti va ularning imkoniyatlarini ajrata bilish 
hamda amaliyotda qo‗llay olishga o‗rgatish; 
o‗quvchilarni aqliy rivojlantirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini, mustaqil ta‘lim 
olish ko‗nikmalarini shakllantirish; 
fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda o‗quvchilarda milliy va 
umuminsoniy qadriyatlarni, kreativlikni shakllantirish; 
ta‘lim-tarbiya olishning keyingi bosqichlarida davom ettirishlari, ongli 
ravishda kasb tanlashga zarur bo‗lgan tayanch kompetensiyalarni shakllantirishdan 
iborat. 
8-9-sinflardagi amaliy mashg‗ulotlarda ―Iqtisod va soliq saboqlari‖, 
―Tejamkorlik saboqlari‖ o‗quv kurslariga bog‗liq bo‗lgan masalalar yechilishi lozim. 
O‗qituvchi amaliy mashq darsida nazorat ishi natijalariga ko‗ra o‗quvchilarda 
aniqlangan bo‗shliqlarni bartaraf etish maqsadida xatolarni tushuntiradi, o‗quvchilar 
esa nazorat ishida berilgan topshiriqlarga o‗xshash topshiriqlarni yechadi va xulosalar 
chiqaradi. Bunda o‗qituvchiga tabaqalashtirilgan ta‘lim prinsipiga tayanishi tavsiya 
etiladi.
Zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarining 
kundan-kunga 
rivojlanib borishi ulardan milliy iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarida samarali 
foydalanish uchun zamin yaratib bermoqda. Innovatsion iqtisodiyotni zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) samarali qo‗llashsiz tasavvur etib 
bo‗lmaydi. 
Axborot iqtisodiyotida aynan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan 
foydalanish darajasi biznesni iqtisodiy o‗sishini, unumdorligini, shug‗ullanishliligini 
va samaradorligini aniqlaydi. Axborot globalizatsiyasi sharoitlarida yagona axborot 
kengligini 
shakllantirayotgan 
AKT 
ta‘siri ostida industrial iqtisodiyotni 
raqobatbardoshligi omillari transformatsiyalanadi va yangisi bilan to‗ldiriladi. 


22 
Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari eng tarqalgan, 
asosiy, haqiqiy tom ma‘nodagi global texnologiyalar bo‗lib oldi, u jahon 
iqtisodiyotini rivojlanish dinamikasini va unga bog‗liq bo‗lgan alohida olingan 
yo‗nalishlarni rivojlanish dinamikasini aniqlaydi. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi ―2017-2021-
yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi 
bo‗yicha Harakatlar strategiyasini ―Faol tadbirkorlik, innovatsion g‗oyalar va 
texnologiyalarni qo‗llab-quvvatlash yili‖da amalga oshirishga oid Davlat dasturi 
to‗g‗risida‖gi farmonida
14
―Aholini telekommunikatsiya xizmatlari bilan to‗liq 
qamrab olish uchun chekka hududlarda 2000 kilometr optik tolali aloqa liniyalari 
tortish, internet tezligini 2,5 barobar oshirish va 4 mingdan ziyod mobil aloqa tayanch 
stansiyalarini ishga tushirish belgilangan‖. 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin