O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-bob. INFORMATIKA YO„NALISHIDAGI FANLARNING



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

2-bob. INFORMATIKA YO„NALISHIDAGI FANLARNING
UMUMIY VA XUSUSIY TUSHUNCHALARI 
 
2.1. Informatika yo„nalishidagi fanlarning umumiy tushunchalari 
Informatika fanining eng asosiy tushunchalaridan biri axborot tushunchasidir. 
Axborot tushunchasi informatika fanida juda ko‗p qo‗llaniladigan tushuncha bo‗lib, 
informatika fani ayni shu axborot ustida bo‗ladigan turli xil jarayonlarni tashkil qilish 
va boshqarishning qonun-qoidalarini o‗rganib boradi.
Axborot deganda atrof-muhit obyektlari va hodisalari, ularning o‗lchamlari, 
xususiyatlari va holatlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar tushuniladi. Axborot so‗zi 
lotincha «informatsiya» so‗ziga mos kelib, tushuntirish, tavsiflash degan ma‘nolarni 
bildiradi. Axborot bu-biz barcha sezgi a‘zolarimiz orqali qabul qila oladigan 
ma‘lumotlar to‗plamidir. Axborot atrofimizdagi har xil voqea hodisalar haqidagi 
ma‘lumotlar yig‗indisidir.
Axborot to‗liqlik, ma‘lum darajada qimmatli bo‗lishi, ishonchli bo‗lishi kabi 
sifatlarga ega bo‗lishi kerak.
Informatika fanida bundan tashqari algoritm, dastur, kompyuter, texnologiya, 
axborotlashgan jamiyat va boshqa tushunchalar ham mavjud. 
«Kompyuter» so‗zi inglizcha so‗z bo‗lib, «hisoblovchi» ma‘nosini anglatadi. 
Hozirgi kunga qadar elektron hisoblash mashinasi (EHM), shaxsiy elektron hisoblash 
mashinasi (ShEHM), personal kompyuter tushunchalari hayotimizga kirib kelgan. U 
hozirda faqat hisoblash ishlarini bajaribgina qolmasdan, balki matnlar, tovush, video 
va boshqa ma‘lumotlar ustida ham amallar bajaradi.
«
Texnologiya
» grekcha so‗z bo‗lib (techne) mohirlik, ustalik, biror ishni 
uddalay olishni anglatadi. Bu ma‘lum bir jarayonga nisbatan qo‗llanilgan. Jarayon – 
maqsadga erishishga yo‗naltirilgan xatti-harakatlar majmuyi. Ushbu jarayon kishi 
tomonidan tanlangan strategiya bilan belgilanadi va turli xildagi vositalar, usullar 
yordamida amalga oshiriladi. 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin