O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Netbuk  – bu Internetga murojaat qilish va oddiy ofis dasturlar bilan ishlash  uchun kichik noutbuk; Afzalliklari



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/118
tarix20.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145625
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   118
Informatika fanini uqitish metodikasi

Netbuk 
– bu Internetga murojaat qilish va oddiy ofis dasturlar bilan ishlash 
uchun kichik noutbuk;
Afzalliklari
:
- kichik o‗lchami va og‗irligi;
- akkumulyatordan ishlash (5-12 soatgacha) yoki tarmoqdan; 
- kichik narx; 
Cho‘nchak kompyuteri (palmtop)
 
- Mobil navigator; 
- Smartfon; 
1.5. Informatikaning ta‟lim taraqqiyotida tutgan o„rni 
Umumiy o‗rta ta‘lim maktablarida informatikani o‗qitish o‗z oldiga hozirgi 
jamiyatimiz talablariga javob beradigan va har bir maktab bitiruvchisiga mustaqil 
ravishda informatika fani bo‗yicha keyingi hayotining unumli faoliyatida amalga 
oshirish imkoniyatlarini ochib beradigan kafolatli tayyorgarligini va bu sohada 
iqtidorini rivojlantirishni ta‘minlashni maqsad qilib qo‗ygan.
Informatikani o‗rganish o‗quvchilarni amaliy faoliyatda qo‗llash o‗zaro bog‗liq 
fanlarni o‗rganish, ta‘limni davom ettirish uchun zarur bo‗lgan informatikaga oid 
aniq bilimlar bilan qurollantiradi. U o‗quvchilarning intellektual rivojlanishiga 
muhim hissa qo‗shadi. 
O‗quvchilarning informatika bo‗yicha tayyorgarligiga qo‗yiladigan talablar: 
umumiy o‗rta ta‘lim maktablarida informatika kursining asosiy vazifasi – 


25 
o‗quvchilarni kelajak amaliy faoliyatida kompyuterlardan foydalana olishga 
tayyorlash va salohiyatini oshirishdan iborat.
Ushbu predmetni maktabdanoq o‗rganishdan asosiy maqsad kompyuter 
texnikasi imkoniyatlarini va uni hayotga qo‗llashni biladigan, dasturlashning asosiy 
prinsiplarini o‗zlashtirgan, kompyuter bilan muloqotda bo‗la olish ko‗nikmasiga ega 
bo‗lgan va yangi axborot texnologiyasini tasavvur qila oladigan foydalanuvchini 
tayyorlashdan iborat.
Informatikani o‗rganish, informatika haqida haqiqatni bilishni tavsiflash shakli 
va bilish metodi sifatida tasavvur qilib insonning madaniyati va iqtidorining 
shakllanishiga zamin yaratadi. Ta‘lim tarbiyaning umumiy maqsadlaridan 
informatikaning fan sifatida o‗ziga xosligi uning zamonaviy fanlar tizimida tutgan 
o‗rni va rolidan hozirgi axborotlashtirilgan jamiyat hayotidagi ahamiyatidan kelib 
chiqqan holda informatikani o‗qitish va o‗quvchilarda iqtidorni shakllantirishning 
maqsadlarini quyidagicha belgilash mumkin:

o‗quvchilarda kompyuter savodxonligini shakllantirish;

o‗quvchilarda axborotga ishlov berish, uzatish va undan foydalanish 
jarayonlari haqidagi bilimlar asoslarini mustahkam va ongli ravishda o‗zlashtirib 
olishlarini ta‘minlash;

o‗quvchilarga dunyoning zamonaviy ilmiy ko‗rinishini shakllantirishda 
axborot 
jarayonlarining 
ahamiyatini, 
jamiyatning 
rivojida 
axborot 
va 
kommunikatsion texnologiyalarning rolini ochib berish;

texnika asrida kompyuterlardan ongli va ratsional foydalanish ko‗nikmalarini 
shakllantirish.
Informatika predmetining pedagogik funksiyalari insonning umumiy ta‘lim 
olishidagi asosiy vazifalarini hal etishda qo‗shadigan o‗ziga xos hissasi bilan 
aniqlanadi:
1. O‗quvchilar tomonidan informatika asoslarini egallash va ularning tafakkuri, 
iqtidorini rivojlantirish. Bu vazifa informatika o‗qituvchisi oldida turgan birinchi 
vazifadir.
2. Ilmiy dunyo qarash asoslarini shakllantirish. Bu muhim vazifani hal etishda 
butun pedagogik jamoa barcha o‗quv predmetlarini o‗qitish jarayonida ishtirok etadi.
3. O‗quvchini iqtidorini mashg‗ulot davomida ilg‗ash va uni to‗g‗ri 
yo‗naltirish. Bu vazifa informatika o‗qituvchisining asosiy maqsadi bo‗lib 
hisoblanadi. 


26 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin