O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Koronavirusning paydo bo’lishi, tarqalishi tasri



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə2/8
tarix07.10.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#152980
1   2   3   4   5   6   7   8
Pandemiyaning jahon iqtisodiyotiga ta\'siri1

1. Koronavirusning paydo bo’lishi, tarqalishi tasri
2019 yilning dekabr oyida Xitoyning Uxan shahrida COVID-2019 koronavirusi epidemiyasi yuzaga keldi. Bu holat dunyo mamlakatlarining oʼz ijtimoiy-iqtisodiy siyosatiga boʼlgan munosabatini oʼzgartirishga majbur qildi.
Xalqaro Valyuta Jamgʼarmasi (XVJ) ijrochi direktori Kristalina Georgievaning fikricha, voqealar rivojining salbiy tus olishiga tayyorgarlik koʼrish kerak va koronavirusning dunyo iqtisodiyotiga noxush taʼsirini tezda bartaraf qilinishini kutmaslik lozim. Bu haqda u G20 mamlakatlari markaziy banklari rahbarlarining Saudiya Аrabistonida oʼtkazilgan uchrashuvida aytdi.«Аgar virus tezda jilovlangan taqdirda ham, uning salbiy oqibatlari dunyo va Xitoy iqtisodiyotidagi oʼsishga taʼsir qiladi. Tabiiyki, biz vaziyatning tezda oʼnglanib olishidan umidvormiz. Аmmo hozirgi vaqtdagi noaniqlikni hisobga oladigan boʼlsak, voqealar rivojining juda noxush tus olishiga tayyor turishimiz shart»,
Hozirgi kunda dunyo moliyaviy bozorlarida bitimlar kamaymoqda. Chegaralarning yopilishi, aholi qatnovining toʼxtashi natijasida, isteʼmol ham, ishlab chiqarish ham pasaymoqda. Bu birinchi navbatda jahon savdosi surʼatlarining pasayishini anglatadi.
Koronavirus bilan bogʼliq soʼnggi voqealar zamirida Oʼzbekiston 1 fevraldan Xitoy bilan, 1 martdan esa Аfgʼoniston va Eron bilan aviaqatnovlarni toʼxtatdi. Koronavirus aniqlangan boshqa mamlakatlar bilan ham shunday choralar koʼrilishi mumkin. Xitoydagi iqtisodiy vaziyat va uning Markaziy Osiyo davlatlariga taʼsiri
Xitoy juda katta sakrash evaziga, atigi 40 yil ichida jahon sanoat tizimining ajralmas qismiga aylanib oldi. Dunyo ishlab chiqarishining taxminan 1/6 qismi shu mamlakat hissasiga toʼgʼri keladi. Bu esa Xitoyni jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchisiga aylantirdi.
Xitoyning iqtisodiy salohiyoti mamlakat doirasi bilan chegaralanib qolmagan. Xitoylik isteʼmolchilar avtomobilь va smartfonlarni boshqa davlatlarga qaraganda koʼp sotib olishadi. Jahon turizm tashkiloti maʼlumotiga koʼra, xitoyliklar har yili xorijda 258 milliard dollar sarflashadi. Bu amerikalik turistlarning xarajatlaridan 2 barobar koʼpdir.
Uxanь shahrida yirik avtomobilsozlik quvvatlari va asosiy ishbilarmonlik aloqalari mujassamlashgan. U yerda Yevropa, Osiyo mamlakatlari, jumladan Oʼzbekiston bilan ham muzokaralar oʼtkaziladi.
2019 yil yakunlariga koʼra, Markaziy Osiyo va Oʼzbekistonning tashqi savdo aylanmasidagi Xitoy ulushi eksportda 14,1 foizni, importda 21 foizni tashkil qilgan. Xitoy sanoat sohasiga butlovchi qismlarni, mashinalarni, texnologik va energetik uskunalarni, kimyo mahsulotlarini va isteʼmol tovarlarini yetkazib beruvchi eng yirik hamkordir.
Oʼz navbatida, xitoylik isteʼmolchilar tomonidan neftь va gazga boʼlgan talabning tushib ketishi natijasida, bu xomashyoning narxi pasayadi. Natijada, bu holat juda katta hududning iqtisodiyotiga zarar yetkazishi mumkin. Hozirgi vaqtda Oʼzbekistondan Xitoyga eksport hajmining pasaygani kuzatilmoqda.
Аgar transport aloqasi ham cheklanadigan boʼlsa, nafaqat yoʼlovchilar qatnovi, balki yuk tashish hajmi ham pasayadi. Bu esa mamlakatlar oʼrtasidagi tovar almashinuviga salbiy taʼsir qiladi.
Xitoy – isteʼmol tovarlari va butlovchi qismlarni yetkazib beruvchi eng yirik hamkorlardan biri boʼlib, transport aloqalarining cheklanishi mahalliy ishlab chiqaruvchilar xarajatlarini koʼpaytiradi. Bu esa mahalliy bozorda tovarlar narxini oshiradi (elektronika va kiyim-kechak).
Koronavirus tarqalishi oqibatida, chegaralardan oʼtishga oʼrnatilgan cheklovlar natijasida, turizm sohasi ham jiddiy talofat koʼrishi mumkin. Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotiga koʼra, 2019 yilda Xitoydan Oʼzbekistonga 61,9 ming turist kelgan. Bu Turkiyadan keyingi ikkinchi koʼrsatkichdir.
Ekspertlar fikriga koʼra, virusning Markaziy Osiyo hududiga kirib kelishiga toʼsiq qoʼyish mushkul. Shu tufayli, hudud mamlakatlarining hukumatlari epidemiyani jilovlashni uddalashiga, kasallarni davolashni eplashiga faqat umid qilsa boʼladi. Аmmo koronavirusning Markaziy Osiyo iqtisodiyotiga taʼsiri yanada uzoqroq davom etishi mumkin.
Koronavirus tufayli Oʼzbekiston xitoylik turistlarning bir qismidan ayrilishi mumkin. Epidemiya natijasida Xitoy hukumati mahalliy turoperatorlar va turagentlarga xorijga yoʼllanma sotishni taqiqladi. Shuningdek, Oʼzbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qoʼmitasi ham mahalliy turoperatorlarga Xitoyga yoʼllanma sotishni toʼxtatishni tavsiya qilgan. Xitoylik turistlarning kamayishi mehmonxonalar, restoranlar, kafelar, gidlar, aviakompaniyalar, ichki yoʼnalishlardagi transport kompaniyalari, hunarmandlarning daromadlariga salbiy taʼsir qilishi mumkin.
Xitoydagi koronavirus bilan bogʼliq taʼtilning choʼzilib ketishi natijasida Oʼzbekistonning import-eksport hajmi pasayishi mumkin. Chunki bir necha yillardan beri Xitoy mamlakatimizning asosiy savdo hamkori boʼlib kelmoqda.
2019 yil yakunlariga koʼra, Oʼzbekistonning Xitoy bilan umumiy savdo hajmi $7,6 milliardni tashkil qildi. Shundan $2,9 milliard eksportga, $5,1 milliard importga toʼgʼri keldi. Oʼzbekistonning umumiy tashqi savdo hajmida Xitoyning ulushi 18,1 foizga yetdi. Qayd qilish joizki, Xitoy bilan savdo hajmining miqdori ikkinchi oʼrindagi Rossiyadan 1 milliard dollarga koʼproqdir.
Oʼzbekiston Xitoyga energotashuvchilar va neftь mahsulotlarini ($917 mln), tekstilь mahsulotlarini ($437,6 mln), xizmatlarni ($694 mln) va boshqa mahsulotlarni eksport qilmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi nisbatan kamroq – $76,9 mln. Meva-sabzovotlarning asosiy bozorlari Qirgʼiziston, Qozogʼiston va Rossiyaga toʼgʼri keladi. Xitoy bu roʼyxatda atigi 7-oʼrinda ($46,2 mln).
Koronavirus karantini tufayli Oʼzbekistondan Xitoyga gaz yetkazib berish 20 foizga qisqardi. Аgar bu holat qisqa vaqt davom etsa, qoʼrqinchli emas. Аmmo uzoq vaqt davom etsa, halokatli natijalarga olib kelishi mumkin. Аvvalo bu gazning asosiy eksportchilari hisoblanmish Qozogʼiston va Turkmaniston iqtisodiyotiga bevosita taʼsir qiladi. Qirgʼiziston, Tojikiston va Oʼzbekistonga esa neftь narxining pasayishidan zarar koʼrayotgan Rossiya orqali bilvosita taʼsir qiladi.
Oʼzbekiston Xitoydan asosan mashina va uskunalarni (2019 yilda $3,2 milliard) sotib oladi. Bu mamlakat importining yarmidan koʼprogʼidir. Ikkinchi oʼrinda kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan tovarlar turadi ($768,2 mln dollar).
2019 yilda Xitoy Oʼzbekistonda tashkil qilingan yangi kompaniyalar soni boʼyicha 1-oʼrinni egalladi. Oʼtgan yili Xitoy kapitaliga ega 531ta korxona tashkil qilindi. Umumiy hisobda ularning soni 1652taga yetdi.
Oʼzbekiston uchun xatarni pasaytirish va imkoniyatni oshirish boʼyicha tavsiyalar
Xitoydagi inqirozli vaziyat yaqin istiqbolda dunyo iqtisodiyoti rivojiga, jumladan Markaziy Osiyo davlatlariga, Oʼzbekistonga ham salbiy taʼsirini koʼrsatadi. Bu mahalliy korxonalarning epidemiya tarqalgan Xitoy va boshqa mamlakatlar bilan xoʼjalik aloqalari uzilishi va ishlab chiqarish toʼxtab qolishi bilan bogʼliq.
Shu tufayli, Markaziy Osiyo davlatlari global rivojlanishning muqobil variantlarini izlash va hudud ichidagi imkoniyatlarga koʼproq eʼtibor qaratib, Xitoyga bir tomonlama bogʼliqlikni pasaytirish, shuningdek, tashqi iqtisodiy aloqalarni diversifikatsiya qilish yoʼllarini izlash bilan shugʼullansa maqsadga muvofiq boʼlardi.
Boshqa tomondan olganda, dengizga chiquvchi yoʼlga ega boʼlmagan Oʼzbekiston uchun muqobil imkoniyatlar koʼp emas. Bunday sharoitda hududiy va Yevroosiyo savdo imkoniyatlarini qayta koʼrib chiqish kerak. Аgar Xitoydagi vaziyat yil oxiriga qadar barqarorlashmasa, Markaziy Osiyo davlatlari savdo va investitsiya yoʼnalishida MDHga yoki dunyoning boshqa hududlariga eʼtibor qaratishi lozim.
2020 yildagi salbiy omillar taʼsirida davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʼarmalarining daromad qismini shakllantirishda jiddiy xatarlar boʼlishi kutilmoqda.
QQS, importdan olinadigan aktsiz soligʼi, Xitoydan keltirilayotgan import tovarlaridan (uskunalar, butlovchi qismlar, tayyor isteʼmol tovarlaridan) olinadigan bojlarning kamayishi natijasida, byudjet tushumlari qisqaradi.
Bundan tashqari, Xitoydan xomashyo va butlovchi qismlarni oladigan korxonalarda ishlab chiqarish hajmining pasayishi va mahalliy yirik korxonalar faoliyatining toʼxtab qolishi natijasida soliqlar va tushumlardan ham yoʼqotishlar boʼlishi mumkin.
Shu tufayli, yirik soliq toʼlovchi hisoblanadigan korxonalardagi vaziyatni va istiqbolni yaqin orada tahlil qilib chiqish lozim boʼladi. (Navoiy togʼ-metallurgiya kombinati – davlat byudjetidagi ulushi 10 foizdan ortiq, «Oʼztransgaz» АJ – 5 foiz, OKMK – 4 foiz, «Lukoyl oversis saplay treding» 3 foiz, «Muborakneftegaz» MChJ – 1 foiz, «Oʼz Kor gaz kemikal» – 1 foiz, «Shoʼrtan gaz-kimyo majmuasi» MChJ 1 foiz va boshqalar).
Barcha yirik soliq toʼlovchilar Moliya vazirligi, DSQ, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga soliqlar boʼyicha 2020 yilgi yangi prognozlarni joʼnatishi va buni taʼminlash uchun davlatdan qanday yordam kerakligini koʼrsatishi maqsadga muvofiq boʼlardi.
Oʼz navbatida, qisqa muddat ichida ichki va tashqi tovar bozorlarida paydo boʼlgan boʼshliqlarni aniqlash va ularni mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilar egallashini taʼminlash zarur. Mutasaddi tashkilotlar esa barcha xoʼjalik subʼektlari uchun adolatli raqobatni shakllantirishga va ularga zarur yordamni berishga kuch sarflashi maqsadga muvofiqdir.
Bundan tashqari, koronavirus tarqalishidan oldin qabul qilingan (ayniqsa, Xitoy va koronavirus tarqalgan boshqa mamlakatlardan keltiriladigan materiallarga bogʼliq boʼlgan) juda katta loyihalarni amalga oshirish bilan bogʼliq boʼlgan byudjet xarajatlarini qayta koʼrib chiqish tavsiya qilinadi. Ularning baʼzilarini konservatsiya qilish yoki oʼzgartirishga toʼgʼri keladi.
Shuningdek, 2020-2025 yillar davomida xususiylashtirish rejalashtirilgan davlat ulushiga ega korxonlar roʼyxatini qayta koʼrib chiqish kerak. Dunyo iqtisodiyotidagi murakkablashib borayotgan vaziyat sharoitida mamlakat aholisi (milliy xavfsizlikni, farovonlik darajasini oshirishni, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilashni, taʼlim va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega xizmatlarni taʼminlaydigan) ijtimoiy rentadan mahrum boʼlmasligi lozim.
Shu tufayli, «Davlatning iqtisodiyotdagi ulushini qisqartirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar haqida»gi prezident qarori loyihasini muhokama qilish va taklif berish muddatini 12 martdan 1 iyulga koʼchirish maqsadga muvofiqdir. Shu sanaga qadar koronavirusga qarshi koʼrilgan choralar va ularning natijalari boʼyicha vaziyat oydinlashadi.
Koronavirus va boshqa xavfli infektsiyalar, kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan samarali chora-tadbirlarni oʼz vaqtida ishlab chiqish va amalga oshirish zarur.
Shuningdek, mavjud resurslar va imkoniyatdan kelib chiqib, doʼstona Xitoyning iqtisodiyoti va aholisini (ayniqsa koronavirusdan zarar koʼrganlarni) qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish ham maqsadga muvofiq.
Bu va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish koronavirusning tarqalishi bilan bogʼliq xatarlarni sezilarli darajada pasaytirish, iqtisodiy oʼsishning yuqori suratlarini taʼminlash va shuning asosida byudjet tushumlarini oshirish imkonini beradi.
Davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi samaradorligini oshirish va integratsiya jarayonlariga oqilona yondashish bilan bu natijalarga erishish mumkin.
http://kun-uz.com/cr/koronavirusning-dunjo-i-tisodijotiga-tasiri-zbekiston-uchun-hulosa-va-tavsiyalar/
Koronavirus pandemiyasining global iqtisodiyotga va O‘zbekistonning iqtisodiy hamkor mamlakatlariga ta’siri
Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) joriy yil birinchi yarmida koronavirus pandemiyasi kengayishining to‘xtatilishi va ikkinchi yarim yildan boshlab iqtisodiy faollikning bosqichma-bosqich tiklanishi bo‘yicha taxminlariga asoslangan bazaviy prognozlariga ko‘ra, 2020 yilda jahon iqtisodiyoti 3 foizga qisqarishi kutilmoqda.
2019 yilning noyabr-dekabr oylarida Xitoy Xalq Respublikasining Uxan shahrida paydo bo‘lgan koronavirus pandemiyasining jahon miqyosida keng tarqalishi global inqirozni vujudga keltirdi. Bu jahon inqirozlaridan turli jihatlari bilan farq qilib, iqtisodiyotga salbiy ta’siri juda kuchliligini ko‘rsatmoqda. Iqtisodiy tilda aytadigan bo‘lsak, bu pandemiya yalpi talab va yalpi taklifga, makroiqtisodiy barqarorlikka tashqi “zarba” bo‘lib, oldingi iqtisodiy inqirozlardan ko‘lami va zarari jihatidan katta farq qiladi. Qisqa vaqt ichida COVID-19’ning global miqyosda keng tarqalishi deyarli barcha davlatlardagi iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, virusning ta’sir ko‘lami kengayishda davom etmoqda.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin