O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Koronavirus pandemiyasigacha bo‘lgan davrdagi iqtisodiy rivojlanish



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə3/8
tarix07.10.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#152980
1   2   3   4   5   6   7   8
Pandemiyaning jahon iqtisodiyotiga ta\'siri1

2. Koronavirus pandemiyasigacha bo‘lgan davrdagi iqtisodiy rivojlanish
Tadqiqotlar natijasi shundan dalolat beradiki koronavirus pandemiyasi boshlangunga qadar jahon iqtisodiyoti va milliy iqtisodiyotlarda ijobiy siljishlar, barqaror rivojlanish alomatlari kuzatilgan. Oxirgi yillarda jahon iqtisodiyotida iqtisodiy o‘sishning sur’ati o‘rtacha 3 foiz atrofida bo‘lsa, uning yuqori sur’atlari:
•Xitoy;
•Tojikiston;
•Armaniston;
•O‘zbekistonda.
past sur’atlari:
•AQSh;
•Buyuk Britaniya;
•Rossiya Federatsiyasida kuzatilgan.
Jahon iqtisodiyotining yalpi daromadi 2019 yilda 84,5 trillion AQSh dollarni, shu jumladan:
•AQSh 20,6 trillion dollar (ulushi 24,4 foiz);
•Xitoy Xalq Respublikasi 13,1 trillion dollar (ulushi 15,6%);
•Germaniya 3,9 trillion dollar (4,6%);
•Buyuk Britaniya 2,8 trillion dollar (3,3%);
•Rossiya va Janubiy Koreya 1,5 trillion dollari (1,9%)ni tashkil etilishini 1-rasmda ko‘rishimiz mumkin.
Iqtisodiy o‘sish sur’atlari dinamikasi
1-Rasm. Jahon iqtisodiyoti va O‘zbekiston bilan hamkor mamlakatlardagi iqtisodiy o‘sish sur’atlari dinamikasi
Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) joriy yil birinchi yarmida koronavirus pandemiyasi kengayishining to‘xtatilishi va ikkinchi yarim yildan boshlab iqtisodiy faollikning bosqichma-bosqich tiklanishi bo‘yicha taxminlariga asoslangan bazaviy prognozlariga ko‘ra, 2020 yilda jahon iqtisodiyoti 3 foizga qisqarishi kutilmoqda.
Bu sharoitda, iqtisodiy pasayish rivojlangan davlatlarda 6,1 foizni (shu jumladan, AQSh – 5,9 foiz, Yevrozona mamlakatlari – 7,5 foiz) va rivojlanayotgan mamlakatlarda – 1 foizni, shuningdek, Rossiyada – 5,5 foizni va Qozog‘istonda – 2,5 foizni tashkil etishi, O‘zbekistonda esa 1,8 foizlik iqtisodiy o‘sish prognoz qilinmoqda.
Jahon iqtisodiyotida kuzatilayotgan inqirozli holatning o‘ziga xos xususiyatlari shundan iborat:
birinchidan, yuzaga kelgan murakkab iqtisodiy vaziyat bank va moliya sektoridagi qandaydir inqirozli holat natijasi emas hamda fiskal yoki monetar siyosat orqali uning to‘liq yechimini ta’minlash imkoniyati cheklangan. Mavjud vaziyat, eng birinchi navbatda “insoniy” yoki “inson sog‘ligi inqirozi” bilan bog‘liqdir;
ikkinchidan, odatda inqirozlar talab (bank tizimidagi inqiroz va kreditlarning sekinlashuvi, yoki davlat qarzining oshib ketishi natijasida xarajatlarning qisqarishi, daromadlarning kamayib ketishi) yoki taklifning ya’ni, ishlab chiqarish hajmlarining keskin qisqarishi (urush va tabiiy ofatlar, qarz inqirozlari va h.k.) bilan bog‘liq omillarning biri ta’sirida yuzaga keladi. Amaldagi iqtisodiy vaziyatning murakkabligi, bir paytning o‘zida talab va taklifning qisqarishi bilan izohlanadi;
uchinchidan, koronavirus pandemiyasining to‘xtatilishi va undan keyingi bosqichda cheklovlarning olib tashlanishi hamda ushbu kasallik tarqalishining ikkinchi to‘lqini bilan bog‘liq yuqori darajadagi noaniqliklarning mavjudligi:
•biznes sub’yektlari uchun ishlab chiqarish va investitsion loyihalar bo‘yicha;
•aholining iste’mol faolligiga;
•hukumatlar tomonidan fiskal va monetar qo‘llab quvatlash;
•tashqi va ichki qarzlarni jalb qilish;
•ijtimoiy himoya hajmi va dasturlarini belgilash borasida aniq qarorlarni qabul qilishda qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.
Shu nuqtai nazardan koronavirus pandemiyasining mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ta’sirini yumshatish vazifasi, birinchi navbatda, ushbu kasallikning aholi sog‘ligiga ta’sirini minimallashtirish, ushbu borada kiritilgan cheklovlarni ehtiyotkorlik bilan bosqichma-bosqich olib tashlash va kelgusidagi vaziyatni imkon qadar aniqroq baholay olish orqali inqirozdan keyingi iqtisodiy tiklanish siyosatini to‘g‘ri shakllantirish va amalga oshirishdan iborat bo‘ladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Parlamentiga Murojaatnomasi hamda mamlakatimizni 2017 – 2021 yillarda yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarishga qaratilgan joriy yilni “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb atalgani va Davlat dasturining qabul qilinishi, barqaror iqtisodiy rivojlanish, xalq farovonligini oshirishda muhim dasturamal bo‘lib xizmat qiladi.
Koronavirus pandemiyasining global iqtisodiyotga va O‘zbekistonning iqtisodiy hamkor mamlakatlariga salbiy ta’siri
Global inqirozning respublikamiz ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta’sirlarini yumshatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz xolatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora - tadbirlar to‘g‘risida” va “Kornovirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab – quvvatlashga doir qo‘shimcha chora - tadbirlar to‘g‘risida” gi farmonlari qabul qilindi va amaliyotda joriy etilmoqda.
Farmonda ko‘rsatib o‘tilgandek jahon miqyosida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda respublikamizda insonlarning harakatlanishiga cheklovlar kiritish va korxonalar faoliyatini to‘xtatish orqali misli ko‘rilmagan choralar ko‘rilmoqda. Global iqtisodiyot tizimining bir qismi bo‘lgan O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham mazkur omillar ta’sir qilmoqda, bu esa o‘z navbatida ushbu holatning salbiy ta’sirlarini yumshatish bo‘yicha samarali oldini oluvchi choralar ko‘rishni talab qiladi.
Bunda turizm, transport, farmatsevtika va to‘qimachilik sanoati kabi respublika iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlarini qo‘llab -quvvatlash va ularning barqarorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish zarur.
Globallashuv va integratsiyadan, ikki va undan ko‘p tomonlama iqtisodiy aloqalardan inqirozgacha ko‘p naf ko‘rgan mamlakatlar koronavirus pandemiyasidan juda ko‘p zarar ko‘rmoqda. Ular koronavirusga chalinganlarning soni jihatidan dunyoda peshqadam bo‘lmoqda.
Jumladan:
•AQSh da 2020 yil 20 aprel sanasiga 1 475 milliandan ortiq;
•Ispaniya 245 ming;
•Italiya 209 ming;
•Buyuk Britaniya 182 ming;
•Fransiya 168 ming;
•Germaniya 164 ming;
•Rossiyada 134 ming;
•Turkiyada 124 ming holatda koronavirus yuqtirganlar qayd etilgan.
Iqtisodiyotning salohiyati, savdo-sotiq munosabatlar, mamlakatlarning ochiqlik darajasi, tovarlar, investitsiya va turistlar oqimi o‘zaro kontaktlarining oshishiga va pandemiyaning keng tarqalishiga sabab bo‘lgan.
Tahlillar shuni taqozo qilmoqdaki, mamlakatlarning jahon iqtisodiyotidagi ulushi bilan koronavirusga chalinganlarning ulushi o‘rtasida o‘zaro korrelyasion aloqadorlik ( R = 0,75) bor ekan. Shuningdek, mamlakatlarning koronavirus pandemiyasidan iqtisodiy yo‘qotishlari ham epidemiyadan zararlanish ulushlariga bog‘liq.
Aholi daromadlaridagi yo‘qotishlarni qoplash uchun ba’zi mamlakatlar pul tarqatmoqda. Ammo O‘zbekiston Respublikasi hukumati muqobil qaror qilib “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati orqali korxona va jamoat tashkilotlari kam ta’minlangan oilalarga xayriya tadbirlarini o‘tkazmoqda. Korxonalarning "Saxovat va ko‘mak" umumxalq harakatida qatnashishi davlat tomonidan inqiroz yo‘qotishlarini tadbirkorlar zimmasiga tashlagani emas, balki bu harakat ayni yalpi talab tushib borayotgandagi holatni o‘nglashga qaratilgan harakatdir. Chunki yalpi taklif pasaygan davrda yalpi taklifni aholiga pul tarqatish orqali oshirish inflyasiyani oshiradi va aholi undan naf ko‘rmasligi mumkin.Korxonalarning umumxalq xarakatida qatnashishi ularga naf keltiradi:
•birinchidan,korxona tovar yoki xizmatlarini (oldindan to‘plangan zaxiralarini talab tushib ketgan davrda sotish uchun reklama xarajatlarini qilishi kerak bo‘lardi;
•ikkinchidan,korxonaning “Saxovat va ko‘mak” umumxalq xarakatidagi ishtiroki xaridorlar, uning aholi o‘rtasidagi obro‘si va imidjini oshiradi;
•uchinchidan,umumxalq harakatida qatnashish korxonalar o‘rtasidagi oldingi shakllangan zanjirband iqtisodiy aloqalarni jonlantiradi. Biznes yuritish faollashadi va to‘rtinchidan marketiing xarajatlari tejaladi, chunki ular kelgusida jozibador (consumer loyalty) iste’molchilar guruhini shakllantiradi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin