O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


 Loyiha yechimlari iqtisodiy samaradorligini baholash



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/125
tarix17.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#156422
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   125
Qurilish iqtisodiyoti

6.3. Loyiha yechimlari iqtisodiy samaradorligini baholash 
 
Loyihalash va muhandis
-
texnik jihatdan qurish jarayonida, tashkiliy-
texnologik yoki xo’jalik ishlarini bajarishda qabul qilinadigan yechimlar ko’p 
variantlilik shart
-
sharoitlari asosida qabul qilinadi. Masalan, aynan bitta bino yoki 
inshootni qurishda turli konstruktiv
-
komponovkali yoki hajmiy
-
rejaviy yechimlar, 
boshqa materiallar, mexanizatsiyaning har xil vositalarini qo’llash orqali turli 
usullardan foydalanish mumkin. SHunga bog’liq ravishda quyidagi vazifa yuzaga 
chiqadi: ko’p variantlar ichidan eng maqbuli(optimal)ni tanlash lozim bo’ladi. 
Maqbul variant odatda ko’rilayotgan variantlarning texnik
-
iqtisodiy 
ko’rsatkichlarini taqqoslash, yangi loyiha ko’rsatkichlarini etalon yoki qurilgan 
inshoot ko’rsatkilariga solishtirish yo’li orqali tanlanadi. Shunday yechim yoki 
variant qabul qilinadiki, bunda bir xil ishonchlilik va bir xil xavfsizlikni 


93 
ta’minlaydigan variantalar ichidan ularni amalga oshirishda eng kam sarf-xarajatlar 
talab qiladigani tanlab olinadi. 
Har xil yechimlarga ega bo’lgan variantlarni taqqoslashda iqtisodiy 
samaradorlik mezoni sifatida shunday ko’rsatkichlar tizimidan foydalaniladiki, ular 
bir tomondan ekspluatatsiya va qurilish jarayonidagi ko’rsatkichlar, ikkinchi 
tomondan esa - asosiy va qo’shimcha ko’rsatkichlarni hisobga oladigan tizimlarga 
bo’linadi. 
Kapital mablag’lar hajmi (yoki solishtirma kapital mablag’lar), korxona 
tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxi, qurilish-montaj ishlari 
tannarxi (yoki mahsulot birligiga sarflanadigan xarajat) asosiy ko’rsatkichlar 
sifatida ko’rib chiqiladi. Shuningdek, oxirgisiga, ya’ni qurilish-montaj ishlariga 
qurilish muddati ham tegishlidir. 
Qo’shimcha yoki xususiy ko’rsatkichlarga quyidagilar: solishtirma mehnat 
sig’imi, kapital mablag’lar umumiy hajmida qurilish-montaj ishlarining solishtirma 
salmog’i, hamjihatlanganlikni belgilovchi koeffitsient, qurilish montaj ishlarining 1 
mln. so’mlik smeta mablag’iga sarflanadigan asosiy qurilish materiallari miqdori 
(tsement, metall va h.k.); qurilish koeffitsienti; injenerlik kommunikatsiyalari va 
yo’llar uzunliklari, vertikal rejalash bo’yicha yer ishlari, injenerlik 
kommunikatsiyalarini o’rnatish va yo’l qurilishi ishlari hajmi, uchastkani 
o’zlashtirish (keraksiz har xil qurilishlarni bo’zish, qurib qolgan va noqulay 
joylashgan daraxtlarni kesish, drenajlar kovlash va shu kabi ishlar)ga sarflanadigan 
xarajatlar, tiklanayotgan binoning massasi, bino maydoni va hajmidan oqilona 
foydalanilganlik darajasi, qurilayotgan korxonada mahsulotlar tayyorlashdagi 
mehnat sig’imi, zavod ichida haraktalanadigan transport vositalariga sarflanadigan 
xarajatlar, 
injenerlik 
kommunikatsiyalari 
va 
transport 
inshootlarining 
eksplutatsiyasi bo’yicha sarflanadigan xarajatlar, xom ashyo, yoqilg’i va 
energiyalarning solishtirma sarfi, tiklanayotgan bino va inshootning xizmat qilish 
muddati hamda qator qurilish va ekspluatatsion ko’rsatkichlar kiradi. 


94 
Solishtirma mehnat sig’imi, ya’ni qurilish - montaj ishlarining 1 ming 
so’mlik smeta sarfi (
k
T
) yoki ob’ektning birlik hajmiga sarflanadigan mablag’
(K
1
t
). 
Solishtirma mehnat sig’imi 
k
T
va k

t
quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi 
(6.1) va (6.2) 
bu yerda: 
S
qmi
– 
ob’ektni qurishda bajariladigan qurilish – montaj ishlarining smetaviy 
narxi, ming so’mda; 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin