O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


 Mehnatga haq to‘lashni tashkil etish tizimlari va shakllari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/194
tarix21.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#158432
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   194
Бухгалтерия ҳисоби 1 қисм (1)

 
12.3. Mehnatga haq to‘lashni tashkil etish tizimlari va shakllari 
O‘zbekiston Respublikasida mehnatga oid munosabatlar mehnat 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, jamoa kelishuvlari, shuningdek jamoa shartnomalari 
va boshqa lokal normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi. Ishga qabul qilishga 
o‘n 
olti yoshdan
yo‘l qo‘yiladi.
Respublikamiz korxonalarida mehnatga haq to‘lash tizimi 
tarifli
va
tarifsiz
mehnatga haq to‘lash tizimlari asosida shakllanadi.
Tarif tizimi
– bu mehnatning murakkabligi va sharoitlaridan, ishlarni 
bajarishning tabiiy-iqlim sharoitlaridan, mehnatning tezkorlikligi hamda tavsifidan 
kelib chiqqan holda, mehnatga haq to‘lashni tabaqalashtirishga yordam beradigan 
me’yorlar jamalamasidir.
Mehnatga haq to‘lashning tarif tizimini tashkil qiluvchi asosiy omil bo‘lib 
quyidagilar hisoblanadi:
- tarif stavkasi va setkasi
- tarif-malakay ma’lumotnomalari; 
Tarif stavkasi
– bu bir birlik ish vaqti uchun to‘lanadigan mehnat haqi 
miqdorini pul shaklida ifodalanganidir. Odatda, tarif stavkasi birinchi razryad 
uchun belgilanib, qolgan razryadlar uchun esa birinchi razryad tarif stavkasini 


253 
qolgan razryadlar tarif koeffitsientlariga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Tarif stavkasi
– ish vaqti uchun to‘lanadigan mehnat haqi miqdorini pul 
ko‘rinishida ifodalanishidir.
33
Tarif setkasi 
- bu razryadlar va ularga tegishli bo‘lgan tarif koeffitsientlari 
ko‘rsatiladigan xujjatdir.
34
Lavozim maoshi
– bu xodim tomonidan to‘liq ishlab berilgan oy uchun ish 
haqi miqdoridir. Odatda, lavozim maoshlari mehnati vaqtbay usulda to‘lanadigan 
ishchilarga o‘rnatiladi. 
Xususiy tadbirkorlik byudjet sohasidan farqli o‘laroq mustaqil ravishda 
mehnat haqining shakli va tizimini, mukofotlarni, ustamalarni, qo‘shimcha 
to‘lovlarni va rag‘batlantirish to‘lovlarini mustaqil belgilashi mumkin. Davlat tarif 
stavkalari va okladlarini hodimlarning lavozimi, malakasi va ular bajaradigan 
ishning murakkabligidan kelib chiqib mehnatga haq to‘lashni tabaqalashtirishda 
baza sifatida foydalanish mumkin. 
Korxonalar mehnatga haq to‘lash shakllari va tizimni mustaqil belgilaydilar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin