Avtomobillar motorining ot kuchi soniga miqdorlar
Ot kuchi soni
Bir oy uchun kompensatsiyaning cheklangan
miqdori
100 ot kuchidan yuqori
Eng kam oylik ish haqining 4,5 baravari
268
70 ot kuchidan 100 ot kuchigacha
Eng kam oylik ish haqining 3,5 baravari
70 ot kuchigacha
Eng kam oylik ish haqining 2 baravari
11) oziq-ovqat va yo‘l chiptalarining qiymati yoki oziq-ovqat va yo‘l
chiptalarining qiymatini qoplash.
Ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash:
1) qonun hujjatlariga muvofiq:
a) yillik asosiy (uzaytirilgan asosiy) ta’tilga haq to‘lash, shuningdek ushbu
ta’tildan foydalanilmaganda, shu jumladan xodim bilan mehnat shartnomasi bekor
qilinganda pullik kompensatsiya to‘lash;
b) noqulay va o‘ziga xos mehnat sharoitlarida, shuningdek og‘ir va noqulay
tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganligi uchun ayrim tarmoqlarning xodimlariga
beriladigan qo‘shimcha ta’tilga haq to‘lash;
c) o‘qish bilan bog‘liq ta’tilga va ijodiy ta’tillarga haq to‘lash;
d) o‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki o‘n olti yoshga
to‘lmagan nogiron bolasi bor ayollarga berilgan qo‘shimcha ta’tilga haq to‘lash;
2) asosiy ish haqi qisman saqlanib qolgan holda majburiy ta’tilda bo‘lgan
xodimlarga beriladigan to‘lovlar;
3) donor xodimlarga ko‘rikdan o‘tish, qon topshirish va qon topshirilgan har
bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq to‘lash;
4) O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq davlat yoki jamoat
vazifalarini bajarganlik uchun mehnatga haq to‘lash;
5) qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlarga jalb qilinadigan xodimlarning asosiy
ish joyi bo‘yicha saqlab qolinadigan ish haqi;
6) boshqa yuridik shaxslardan avvalgi ish joyida lavozim bo‘yicha maoshi
miqdorlari ma’lum bir muddat davomida saqlab qolingan holda ishga olingan,
shuningdek vaqtinchalik vazifani bajarib turganda xodimlarga maoshdagi farqni
to‘lash;
7) yuridik shaxslarning xodimlariga kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini
269
oshirish tizimida ishdan ajralgan holda o‘qishlari vaqtida asosiy ish joyi bo‘yicha
ularga to‘lanadigan ish haqi;
8) xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqt uchun haq to‘lash;
9) mehnat layoqatini vaqtincha yo‘qotgan xodimlarga qo‘shimcha haq
to‘lash;
10) qonun hujjatlariga muvofiq yoki yuridik shaxsning qarori bilan majburiy
progul vaqti yoki kam haq to‘lanadigan ishni bajarganlik uchun haq to‘lash;
11) o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning imtiyozli soatlariga, onalarga
bolani ovqatlantirishi uchun ishda beriladigan tanaffuslarga, shuningdek tibbiy
ko‘rikdan o‘tish bilan bog‘liq vaqt uchun haq to‘lash;
12) yuridik shaxslarning asosiy ishidan ozod qilingan va ozod qilinmagan
holda xodimlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
uchun hamda o‘quvchilar va talabalarning ishlab chiqarish amaliyotiga rahbarlik
qilish uchun jalb qilinadigan yuqori malakali xodimlari mehnatiga haq to‘lash;
13) yuridik shaxsning mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan pensiyalar va
nafaqalarga qo‘shimchalar, stipendiyalar;
14) oliy o‘quv yurtini tamomlaganidan keyin yosh mutaxassislarga ta’til
vaqti uchun yuridik shaxs hisobidan to‘lanadigan nafaqalar;
Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
1) foizlar;
2) dividendlar;
3) mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
4) jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-
mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar. Mol-mulkni realizatsiya
qilishdan olingan daromadlar mazkur mol-mulkni realizatsiya qilish summasining
hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanadi.
Mol-mulkni olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda,
mol-mulkni realizatsiya qilish qiymati, ko‘chmas mulk bo‘yicha esa,
inventarizatsiya qiymati hamda realizatsiya qilish narxi o‘rtasidagi farq daromad
270
deb e’tirof etiladi;
5) sanoat mulki obyektlariga, selektsiya yutug‘iga berilgan patent
(litsenziya) egasi bo‘lgan jismoniy shaxsning patentdan boshqa shaxs foydasiga
voz kechganda yoki litsenziya shartnomasi tuzganda olgan daromadi;
6) royalti;
7) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘laganidan keyin xususiy korxona
mulkdori, oilaviy korxona ishtirokchisi hamda fermer xo‘jaligi boshlig‘i ixtiyorida
qoladigan foyda summasi.
Soliq to‘lovchi tomonidan yuridik shaxsdan moddiy naf tarzida olingan
daromadlar quyidagilardir:
1) yuridik shaxs tomonidan jismoniy shaxs manfaatlarini ko‘zlab, tovarlar
(ishlar, xizmatlar) haqini, mulkiy huquqlarni to‘lash, shu jumladan:
jismoniy shaxslarning bolalarini maktabgacha ta’lim muassasalarida
o‘qitish, tarbiyalash;
kommunal xizmatlar, xodimlarga berilgan uy-joy haqini, uy-joydan
foydalanish xarajatlari haqini, yotoqxonadagi joylar haqini yoki ularning o‘rnini
qoplash qiymatini to‘lash;
sanatoriy-kurortlarda davolanish yo‘llanmalari qiymatini, dam olish,
statsionar va ambulatoriyaga qatnab davolanish haqini yoki ularning o‘rnini
qoplash qiymatini to‘lash;
yuridik shaxsning jismoniy shaxs daromadi bo‘lgan boshqa xarajatlari;
2) soliq to‘lovchining manfaatlarini ko‘zlab tekinga, shu jumladan hadya
shartnomasi asosida berilgan mol-mulk, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar
qiymati;
3) tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xodimlarga realizatsiya
qilinadigan narxi va shu tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati
o‘rtasidagi salbiy tafovut;
4) qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarga temir yo‘l, aviatsiya, daryo,
avtomobil transporti va shahar elektr transportida yurish bo‘yicha beriladigan
271
imtiyozlar summasi;
5) jismoniy shaxsning yuridik shaxs oldidagi qarzining yuridik shaxs qarori
bilan hisobdan chiqarilgan summalari;
6) ish beruvchi tomonidan to‘lovlar hisobiga to‘lanib, xodimdan ushlab
qolinishi lozim bo‘lgan, lekin ushlab qolinmagan summalar.
Soliq to‘lovchi yuridik shaxsdan tovarlar (ishlar, xizmatlar) olgan taqdirda,
ushbu tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati ularni olish narxidan yoki
tannarxidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Jismoniy shaxs yuridik shaxsdan aktsiz to‘lanadigan tovarlar yoki qo‘shilgan
qiymat solig‘i solinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) olsa, bunday tovarlar (ishlar,
xizmatlar) qiymatida aktsiz solig‘ining va qo‘shilgan qiymat solig‘ining tegishli
summasi hisobga olinadi.
Jismoniy shaxslarning boshqa daromadlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) pensiyalar va qonun hujjatlarida belgilangan nafaqalar;
2) stipendiyalar;
3) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, xayriya va ekologiya
jamg‘armalari tomonidan jismoniy shaxslarga beriladigan nafaqalar hamda boshqa
turlardagi yordam;
4) donorlik uchun pul mukofotlari;
5) alimentlar;
6) hayvonlarni (qoramol, parranda, mo‘ynali va boshqa hayvonlarni, baliq
va boshqalarni) tirik holda hamda ularni so‘yib, mahsulotlarini xom yoki qayta
ishlangan holda, ipak qurti, chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik
mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan olingan daromadlar;
7) jismoniy shaxslardan tekin (shu jumladan hadya shartnomalari bo‘yicha)
olingan mol-mulk yoki mulkiy huquqlar qiymati;
8) musobaqalarda, ko‘riklarda, tanlovlarda sovrinli o‘rinlar uchun
beriladigan sovrinlar, pul mukofotlari;
9) yutuqlar;
272
10) grant beruvchidan olingan grantlar, shu jumladan chet davlatlar grantlari
bo‘yicha olingan summalar;
11) jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallari, ular bo‘yicha olingan
foiz tarzidagi va boshqa daromadlar, jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari;
12) yaratilgan fan, adabiyot va san’at asarlari (predmetlari) uchun jismoniy
shaxslar tomonidan olingan daromadlar;
13) O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari va davlat pul
mukofotlariga sazovor bo‘lgan jismoniy shaxslar olgan bir yo‘la beriladigan davlat
pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik sovg‘alarining qiymati,
shuningdek
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida bir yo‘la beriladigan pul
mukofoti va sovg‘alar;
14) xalqaro sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni egallaganligi uchun
sportchilar olgan bir yo‘la beriladigan pul mukofoti;
15) xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda mehnat
to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq beriladigan ishdan bo‘shatish nafaqasi va
boshqa to‘lovlar;
16) moddiy yordam tariqasida:
vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi
munosabati bilan xodimga beriladigan to‘lovlar;
xodimga mehnatda mayib bo‘lganligi, kasb kasalligi yoxud sog‘lig‘iga
boshqacha shikast etganligi bilan bog‘liq to‘lovlar;
favqulodda holatlar munosabati bilan beriladigan to‘lovlar;
bola tug‘ilishi, xodim yoki uning farzandlari nikohdan o‘tishi munosabati
bilan beriladigan to‘lovlar;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun
mablag‘lar berish tarzidagi to‘lovlar.
17) qonun hujjatlariga muvofiq uy-joy-kommunal xizmatlari haqini to‘lash
bo‘yicha har oylik kompensatsiya pul to‘lovlari;
273
18) ishlamaydigan pensionerlarga yuridik shaxs tomonidan to‘lanadigan
to‘lovlar;
19) sug‘urta tovoni summalari;
20) ma’naviy zararni kompensatsiya qilish bo‘yicha pul to‘lovlari.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq mulkchilikning har kanday shaklidagi
korxona xodimlari ish haqidan quyidagi pul ushlanmalari va ajratmalarni amalga
oshiriladi:
•
daromad solig‘i;
•
shaxsiy jamag‘arib boriluvchi pensiya schyotiga ajratma;
•
kasaba uyushmasiga ajratma (ixtiyoriy);
•
xodim tomonidan korxonaga etkazilgan moddiy zararni qoplash
bo‘yicha to‘lovlar;
•
alimentlar;
•
kreditga sotilgan tovarlar uchun to‘lovlar va boshqalar.
Jismoniy shaxslarning — O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan
olingan daromadlariga Soliq Kodeksida nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga
olingan holda va stavkalar bo‘yicha soliq solinadi.
Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlariga soliq solinmaydi:
1) moddiy yordam summalari:
favqulodda holatlar munosabati bilan beriladigan moddiy yordam summalari
— to‘laligicha;
vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi
munosabati bilan xodimga beriladigan moddiy yordam summalari — eng kam ish
haqining o‘n ikki baravarigacha miqdorda;
boshqa hollarda — soliq davri uchun eng kam ish haqining o‘n ikki
baravarigacha miqdorda;
2) yo‘llanmalar qiymatini yuridik shaxslar tomonidan to‘liq yoki qisman
qoplash summalari, turistik yo‘llanmalar bundan mustasno;
3) o‘z xodimlariga va ularning bolalariga ambulatoriya va (yoki) statsionar
274
tibbiy xizmat ko‘rsatilganligi uchun ish beruvchi tomonidan to‘langan summalar,
shuningdek yuridik shaxsning davolash va tibbiy xizmat ko‘rsatganlik, nogironlik
profilaktikasi va nogironlarning salomatligini tiklashga doir texnik vositalarni olish
uchun qilingan xarajatlari;
4) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasidan
tashqariga ishlash uchun yuborilishi munosabati bilan byudjet tashkilotlaridan chet
el valyutasida olingan ish haqi summalari va boshqa summalar, qonun hujjatlarida
belgilangan summalar doirasida;
5) vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishdan olingan daromadlar, agar
bunday ishlarga yollash vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazlari
ko‘magida amalga oshirilayotgan bo‘lsa;
6) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘laganidan keyin xususiy
korxona mulkdori, oilaviy korxona ishtirokchisi hamda fermer xo‘jaligi boshlig‘i
ixtiyorida qoladigan foyda summasi;
7) O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari va davlat pul
mukofotlariga sazovor bo‘lgan jismoniy shaxslar olgan bir yo‘la beriladigan davlat
pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik sovg‘alarining qiymati,
shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida bir yo‘la beriladigan pul
mukofoti;
8) xalqaro sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni egallaganligi uchun
sportchilar olgan bir yo‘la beriladigan pul mukofoti;
10) donorlik uchun pul mukofotlari, shuningdek qon yiqqanlik uchun
tibbiyot muassasalari xodimlari oladigan summalar;
11) jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-
mulkni sotishdan olinadigan daromadlar, bundan qimmatli qog‘ozlarni, yuridik
shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini (paylarini); yashash
uchun mo‘ljallanmagan joylarni; ketma-ket keladigan o‘n ikki oylik davr ichida bir
martadan ortiq bitim tuzilgan taqdirda, uy-joylarni realizatsiya qilishdan olinadigan
275
daromadlar mustasno.
12) uy xo‘jaligida, shu jumladan dehqon xo‘jaligida etishtirilgan
hayvonlarni (qoramol, parranda, mo‘ynali va boshqa hayvonlar, baliq va
boshqalarni) tirik holda hamda ularni so‘yib, mahsulotlarini xom yoki qayta
ishlangan holda, sanoatda qayta ishlashdan tashqari, tabiiy va qayta ishlangan
chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini sotishdan olinadigan
daromadlar, bundan manzarali bog‘dorchilik (gulchilik) mahsulotlari mustasno;
13) xalqaro hamda respublika tanlovlari va musobaqalarida olingan buyum
tarzidagi sovrinlarning qiymati;
14) yuridik shaxsdan soliq davri mobaynida eng kam ish haqining olti
baravari miqdorigacha bo‘lgan qiymatdagi: xodimlar natura shaklida olgan
sovg‘alar; ilgari mazkur yuridik shaxsning xodimlari bo‘lgan ishlamayotgan
pensionerlar va mehnat qobiliyatini yo‘qotgan shaxslar, vafot etgan xodimning oila
a’zolari tomonidan olingan sovg‘alar va boshqa turlardagi yordam.
15) jismoniy shaxslardan meros yoki hadya tartibida, shuningdek tekin
olingan pul va natura shaklidagi daromadlar, bundan fan, adabiyot va san’at
asarlarining, adabiyot va san’at asarlari ijrochilarining, shuningdek kashfiyotlar,
ixtirolar va sanoat namunalari mualliflarining merosxo‘rlariga (huquqiy
vorislariga) to‘lanadigan pul mukofotlari mustasno;
16) davlat zayomining obligatsiyalari bo‘yicha yutuqlar, shuningdek
O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha foizlar, lotereya
bo‘yicha yutuqlar;
17) jamg‘arma sertifikatlari, davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha
daromadlar, shuningdek banklardagi omonatlar bo‘yicha foizlar hamda yutuqlar;
18) xalqaro hamda chet el tashkilotlari va fondlaridan, shuningdek ilmiy-
texnika hamkorligi sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari
doirasida bevosita jismoniy shaxs grant beruvchidan yoki O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi
tomonidan
vakil
qilingan
fan
va
texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha organning xulosasi
276
bo‘lgan taqdirda, yuridik shaxsdan — grant oluvchidan olgan grant summasi;
19) dividendlar tarzida olingan va dividend to‘lagan yuridik shaxsning ustav
fondiga (ustav kapitaliga) yo‘naltirilgan daromadlar. Ushbu bandda nazarda
tutilgan imtiyoz qo‘llanilganidan so‘ng bir yil ichida muassislar (ishtirokchilar)
tarkibidan chiqilganda (chiqib ketilganda) yoxud tugatilayotgan yuridik shaxsning
mol-mulki uning muassislari (ishtirokchilari) o‘rtasida taqsimlanganda ilgari soliq
solishdan ozod qilingan daromadlarga umumiy asoslarda soliq solinishi kerak;
20) mehnat shartnomasi bekor qilinganida eng kam ish haqining o‘n ikki
baravari miqdori doirasida to‘lanadigan ishdan bo‘shatish nafaqasi, qonun
hujjatlarida belgilangan boshqa nafaqalar, bundan vaqtincha mehnatga
qobiliyatsizlik nafaqalari (shu jumladan oilaning bemor a’zosini parvarishlash
nafaqasi) mustasno, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari,
xayriya va ekologiya jamg‘armalaridan jismoniy shaxslarga beriladigan yordam
tusidagi to‘lovlar;
21) olingan alimentlar;
22) fuqarolarning sug‘urta tovoni sifatida oladigan summalari;
23) qonun hujjatlarida davlat stipendiyalari uchun belgilangan miqdorlarda
ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan to‘lanadigan stipendiyalar;
24) uy-joy-kommunal xizmatlariga haq to‘lash bo‘yicha qonun hujjatlariga
muvofiq har oylik kompensatsiya pul to‘lovlari;
25) davlat pensiyalari;
26) jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallari, ular bo‘yicha foiz
daromadlari, shuningdek jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari;
27) fuqarolarning soliq solinadigan va O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta
faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslarga
hayotni uzoq muddatli sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta mukofotlari to‘lovi uchun
yo‘naltiriladigan ish haqi va boshqa daromadlarining summalari;
28) yuridik shaxslar muassislarining (ishtirokchilarining) ixtiyoriy
tugatilayotgan tadbirkorlik subyektiga — yuridik shaxsga uning majburiyatlarini
277
bajarish uchun yo‘naltiriladigan daromadlari summalari. Ixtiyoriy tugatish qonun
hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili
to‘xtatilgan va faoliyat qayta tiklangan taqdirda, ushbu imtiyoz qo‘llanilmaydi va
soliq summasi imtiyoz qo‘llanilgan butun davr uchun to‘liq miqdorda undiriladi;
29) quyidagi jismoniy shaxslarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa
daromadlari summalari: yosh oila a’zolari tomonidan yakka tartibda uy-joyni
qurish, rekonstruktsiya qilish va sotib olish uchun yoki ko‘p kvartirali uydagi
kvartirani rekonstruktsiya qilish va sotib olish uchun olingan ipoteka kreditlarini
hamda ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yo‘naltirilganda;
qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda uy-joy
qurishni ushbu maqsadlar uchun kreditlar berish qonun hujjatlariga muvofiq
zimmasiga yuklatilgan banklarning kreditlari hisobidan amalga oshirayotgan
quruvchi shaxslar shuningdek ularning mazkur kreditlar bo‘yicha birgalikdagi qarz
oluvchi bo‘lgan oila a’zolari tomonidan olingan ipoteka kreditlarini hamda ular
bo‘yicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yo‘naltirilganda.
Ushbu mol-mulk olingan (mol-mulkka bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilgan) sanadan e’tiboran besh yil ichida sotilsa, mazkur bandda nazarda
tutilgan daromadlarga belgilangan tartibda soliq solinadi.
30) fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining:
O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun (o‘zining o‘qishi
yoki yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarining o‘qishi uchun)
yo‘naltiriladigan summalari; O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankidagi
fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy
ravishda yo‘naltiriladigan summalari.
31) jismoniy shaxslardan tekin (shu jumladan hadya shartnomasi bo‘yicha)
olingan ulushlar, paylar va aktsiyalar tarzidagi daromadlar, agar mazkur ulushlar,
paylar va aktsiyalarni berish yaqin qarindoshlar o‘rtasida amalga oshirilsa.
32) paxta yig‘im-terimi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilinadigan
jismoniy shaxslarning bu ishlarni bajarganlik uchun olgan daromadlari.
278
Quyidagi jismoniy shaxslar soliq solishdan qisman (daromad olingan har bir
oy uchun eng kam ish haqining to‘rt baravari miqdoridagi daromadlar bo‘yicha)
ozod qilinadi:
1) “O‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni
unvonlariga sazovor bo‘lgan shaxslar, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan
taqdirlangan shaxslar. Mazkur imtiyoz tegishincha “O‘zbekiston Qahramoni”
unvoni berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat
Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari bo‘yicha
bo‘limning ma’lumotnomasi asosida beriladi;
2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari
bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslar;
3) bolalikdan nogiron bo‘lib qolganlar, shuningdek I va II guruh nogironlari.
Imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining
ma’lumotnomasi asosida beriladi;
4) sobiq SSSRni, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini
himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning
boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralanganligi, kontuziya bo‘lganligi
yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli
halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari xodimlarining
ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari).
5) ikki va undan ortiq o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalari bor yolg‘iz onalar.
Imtiyoz har bir bola uchun Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish (FHDYo)
organlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotnoma asosida beriladi;
6) ikki va undan ortiq o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalari bor va boquvchisini
yo‘qotganlik uchun pensiya olmaydigan beva ayol va beva erkaklar.
7) bolaligidan nogiron bo‘lgan, doimiy parvarishni talab qiladigan farzandi
bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota-onadan biri. Imtiyoz pensiya
guvohnomasi yoki sog‘liqni saqlash muassasasining doimiy parvarish zarurligini
tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnomasi, birgalikda yashashga taalluqli qismida —
279
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining ma’lumotnomasi asosida beriladi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish uchun
soliq stavkasini qo‘llash maqsadida eng kam ish haqi miqdori yil boshidan ortib
boruvchi yakun bo‘yicha (yil boshidan tegishli davrning har bir oyi uchun eng kam
ish haqlarining summasi) hisobga olinadi. Bunda jismoniy shaxslardan olinadigan
daromad solig‘i summasini, shuningdek eng kam ish haqining karrali miqdorlarida
nazarda tutilgan imtiyozlarni hisoblab chiqarish uchun eng kam ish haqi
miqdorining joriy yilning 1 yanvaridagi holati inobatga olinadi.
Deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlarga O‘zbekiston
Respublikasi rezidentlarining quyidagi daromadlari kiradi:
mulkiy daromadlar, agar bu daromadlarga to‘lov manbaida soliq
solinmagan bo‘lsa;
fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan
foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar;
asosiy bo‘lmagan ish joyidan olingan moddiy naf tarzidagi daromadlar;
ikki yoki undan ko‘p manbadan olingan soliq solinadigan daromadlar;
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan
daromadlar;
soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan daromadlar.
Agar soliq to‘lovchining asosiy bo‘lmagan ish joyidan olgan daromadlaridan
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i uning arizasiga ko‘ra belgilangan
eng yuqori stavka qo‘llanilgan holda ushlab qolingan bo‘lsa, daromadlar
to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |