O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/194
tarix21.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#158432
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   194
Бухгалтерия ҳисоби 1 қисм (1)

mehnatga haq to‘lash tarzidagi 
daromadlar
deb e’tirof etiladi. 
Rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar;
1) yillik ish yakunlari bo‘yicha mukofot;
2) yuridik shaxsning mukofotlash to‘g‘risidagi qoidasida nazarda tutilgan 
rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar; 
3) kasb mahorati, murabbiylik uchun tarif stavkalariga va maoshlarga 
ustamalar; 
4) ta’tilga qo‘shimcha haqlar hamda Kodeks 178-moddasining 16-bandida 
nazarda tutilmagan moddiy yordam; 
5) ko‘p yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va to‘lovlar; 
6) ratsionalizatorlik taklifi uchun to‘lov. 
7) mehnat natijalari bilan bog‘liq bo‘lmagan bir yo‘la beriladigan 
mukofotlar. 
Kompensatsiya to‘lovlari:
1) tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay bo‘lgan joylardagi ishlar bilan bog‘liq 
qo‘shimcha to‘lovlar (ish staji uchun ustamalar, baland tog‘li, cho‘l va suvsiz 
hududlarda ishlaganlik uchun belgilangan koeffitsientlar bo‘yicha to‘lovlar);
2) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan 
kasblar va ishlar ro‘yxati bo‘yicha og‘ir, zararli, o‘ta zararli mehnat sharoitlarida 
ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan shunday sharoitlardagi uzluksiz ish staji 
uchun ish haqiga ustamalar;


267 
3) texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ish vaqtidan 
tashqari, dam olish kunlarida va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishlaganlik 
uchun tarif stavkalariga hamda maoshlarga ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar; 
4) ko‘p smenali rejimda ishlaganlik, shuningdek bir necha kasbda, 
lavozimda ishlaganlik, xizmat ko‘rsatish doirasi kengayganligi, bajariladigan ishlar 
hajmi ortganligi, o‘zining asosiy ishi bilan bir qatorda ishda vaqtincha bo‘lmagan 
xodimlarning vazifalarini bajarganlik uchun ustamalar;
5) doimiy ishi yo‘lda kechadigan, harakatlanish va (yoki) qatnov tusiga ega 
bo‘lgan xodimlarning, shuningdek doimiy ishi ishlarni vaxta usulida bajarilishini 
nazarda tutadigan xodimlarning ish haqiga qonun hujjatlarida belgilangan 
normalardan ortiqcha to‘lanadigan ustamalar;
6) yuridik shaxs joylashgan yerdan (yig‘ilish punktidan) ishlash joyigacha 
va orqaga qaytish uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan ishlar vaxta 
usulida bajarilgan taqdirda yo‘lga ketadigan kunlar uchun tarif stavkasi, maosh 
miqdorida to‘lanadigan summalar; 
7) yer osti ishlarida doimiy band bo‘lgan xodimlarga ularning stvoldan 
ishlash joyiga borish va u yerdan qaytish uchun shaxtada (konda) 
harakatlanishining me’yoriy vaqti uchun to‘lanadigan qo‘shimcha haqlar; 
8) qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha dala ta’minoti; 
9) xizmat safarlari vaqtidagi qonun hujjatlarida belgilangan normalardan 
ortiqcha kundalik xarajatlar uchun haq (sutkalik pullar); 
10) xizmat ishlari uchun xodimning shaxsiy avtomobilidan yoki xizmat 
maqsadlari uchun uning boshqa mol-mulkidan qonun hujjatlarida belgilangan 
normalardan ortiqcha foydalanganlik uchun to‘lovlar; 
24-jadval 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin