264
– oilaning betob a’zosini parvarish qilganda;
– karantin e’lon qilinganda;
– sil kasali yoki kasb kasalligiga chalingani sababli vaqtincha boshqa ishga
o‘tkazilganda;
– reabilitatsiya muassasalariga joylagan holda mehnat qobiliyati tiklanganda
yoki protez qilinganda to‘lanadi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi mehnatda mayib bo‘lgan va
kasb kasalligiga chalinganda:
a) ish haqining to‘liq miqdorida;
b) ijtimoiy jihatdan ahamiyatli kasalliklar bo‘yicha hisobda turadigan
xodimlarga ularning davlat ijtimoiy sug‘urtasi badallarini to‘lagan
muddatiga
(umumiy ish stajiga) qarab:
– 8 yillik va undan ortiq umumiy ish stajiga ega bo‘lganlarga — ish haqining
100 %i;
– 5 yildan 8 yilgacha umumiy ish stajiga ega bo‘lganlarga — 80 %i;
– 5 yildan kam umumiy ish stajiga ega bo‘lganlarga — 60 %i miqdorida;
c) boshqa holatlarda ularning davlat ijtimoiy sug‘urtasi badallarini to‘lagan
muddatiga (umumiy ish stajiga) qarab:
– umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo‘lganlarga, shuningdek 21 yoshga
etmagan sag‘ir etimlarga – ish haqining 80 %i;
– umumiy ish staji 8 yilgacha bo‘lganlarga – 60 %i miqdorida to‘lanadi.
Misol. Xodim 1 martdan 5 martgacha vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik
bo‘yicha kasallik varaqasini taqdim etdi. Xodimning
lavozim maoshi martda
1325000 so‘mni tashkil etgan. O‘tgan 12 oyda lavozim maoshidan ortiq summasi
711 780 so‘mni tashkil etadi. Nafaqa ish haqining 80 %i miqdorida to‘lanadi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha kasallik varaqasiga asosan haq
to‘lash uchun o‘rtacha oylik ish haqi 1 384 315 so‘m miqdorida (1325000 +
711780 : 12). O‘rtacha oylik ish haqini maosh olingan davrdagi jadval bo‘yicha ish
kunlari soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadigan o‘rtacha kunlik ish haqi 65920
265
so‘mni tashkil etdi (1 384 315 : 21).
1 martdan 5 martigacha vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi 263 680
so‘m miqdorida to‘lanadi (65920 x 5 x 80%).
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha hisoblangan nafaqa xodimning
jami daromadiga kiritiladi va belgilangan tartibda unga daromad solig‘i solinadi.
Mehnat kodeksining 233-moddasida ayollarga tuqqunga qadar etmish
kalendar kun va tuqqanidan keyin ellik olti kalendar kun (tug‘ish
qiyin kechgan
yoki ikki va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda - etmish kalendar kun) muddati
bilan
Dostları ilə paylaş: