50
bo‘linish vaqtiga yoki shu korxonaning bir yoxud bir necha tarkibiy bo‘linmasini
boshqa korxonaga berish vaqtiga tuziladi. Ba’zi hollarda bu balans berish balansi
ham deb yuritiladi.
Birlashtirish balansi bir necha korxonalar bitta balansga birlashganida
tuziladi.
Axborot hajmi bo‘iicha balanslar bir martalik va yig‘ma balanslarga
bo‘linadi.
Bir martalik balans faqat bitta korxona bo‘yicha joriy hisob asosida tuziladi.
Yig‘ma balans bir martalik balanslar asosida
tuziladi va birlashmalar
(vazirliklar, firmalar, aksiyadorlik jamiyatlari va shu kabilar)ning xo‘jalik
mablag‘larini aks ettiradi.
Mulkchilik shakliga ko‘ra davlat, kooperativ, o‘z, aralash va qo‘shma
korxonalar, shuningdek, jamoat tashkilotlari balanslari farq qiladi,
Aks ettirish obyektiga ko‘ra balanslar mustaqil
va alohida balansga
ajratiladi.
Mustakil balansni yuridik shaxs bo‘lgan korxonalar tuzadi.
Alohida balansni korxonaning tarkibiy bo‘linmalari (filiallar, tsexlar,
korxonaning avtotransport va turar-joy hamda kommunal xo‘jaliklari) tuzadi.
Tozalash usuliga ko‘ra balanslar brutto-balans va netto-balanslarga
bo‘linadi.
Brutto-balans — tartibga soluvchi moddalarni o‘z ichiga oluvchi balansdir.
“Asosiy vositalarning eskirishi”, “Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi”, “Sotib
olingan xususiy aksiyalar” singari tartibga soluvchi moddalarni o‘z ichiga oladi.
Brutto (brutto) – italyancha so‘z bo‘lib, aynan tarjimasi “qo‘pol”,
“tozalanmagan” degan ma’nolarni bildiradi. Brutto balans shakli faqatgina har xil
ilmiy tadqiqotlar, balans shaklida umumlashtirishning tarixiy jihatlarini o‘rganish
va shunga o‘xshash maqsadlarda tuziladi.
Brutto balansi-balans tarkibida tartibga soluvchi moddalarni o‘z
ichiga
51
oluvchi balans.
14
Netto-balans
— bu tartibga soluvchi moddalar (kontr-aktiv va kontr-passiv
schyotlar) qoldiqlari mos ravishda tegishli moddalardan ayirib tashlangan, ya’ni
tozalangan balansdir.
Netto-balans - balans tarkibida tartibga soluvchi mooddalar tegishli
moddalardan ayrib tashlangan balansdir.
15
Netto (netto) so‘zi ham italyancha bo‘lib, “sof”, “toza” degan ma’nolarni
bildiradi. Hozirgi vaqtda balansning buxgalteriya hisobi
xalqaro standartlariga
muvofiq aniqlangan, netto-balansiga mos keladigan shakli qo‘llaniladi. Masalan,
“asosiy vositalarning eskirishi”, “nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi”, “savdo
ustamasi” va hokazolar aktivdagi tegishli moddalardan mos ravishda chegirib
tashlanib, ularning sof qoldig‘i ko‘rsatiladi. Passivda
esa kontr-passiv schyotlar
qoldig‘i, masalan, “sotib olingan xususiy aktsiyalar” moddasining qoldig‘i u bilan
bog‘liq tegishli modda, ya’ni “Ustav kapitali” moddasi qoldig‘idan chegirib
tashlanadi.
O‘zbekistondagi barcha korxonalar netto-balans tuzadi (1993
yildan
boshlab).
Korxona moliyaviy ahvolining yomonlashishiga qarab tugatish balanslari
quyidagi ko‘rinishlarda tuziladi:
Dostları ilə paylaş: