To‘rtinchi tur o‘zgarish. Balansning aktiv va passiv qismlarida sodir bo‘lib,
xo‘jalik operatsiyasi natijasida balansning aktiv qismidagi bir modda va passiv
qismida boshqa bir modda shu summaga kamayadi, balansning umumiy summasi
ham shu summaga kamayadi.
11
Financial and managerial accounting. 12e. Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac. 2014. 24 p.
47
Xo‘jalik operasiya natijasida balansning aktiv va passiv moddalari bir hil
summaga kamayadi.
12
Misol: hisob-kitob schyotidan mol yetkazib beruvchilarga olingan xom-
ashyo materiallar uchun 600 000 ming so‘m to‘landi.
Balansning aktiv qismidagi hisob-kitob schyoti 600 000 ming so‘mga
kamaydi, passiv qismidagi to‘lanadigan schyotlar ham 600 000 ming so‘mga
kamaydi.
To‘rtinchi operatsiyadan keyin balans quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.
7-jadval 4-tur o‘zgarishdan keying buxgalteriya balansi ko‘rinishi (ming so‘m)
Aktiv O‘zgarish Summa Passiv O‘zgarish Summa Asosiy
vositalar
1 200 000 Ustav kapitali
1 275 000
Tovar-
moddiy
zaxiralar
635 000 Taqsimlanmagan
foyda
425 000
Hisob-kitob
schyoti
-600000
100 000 To‘lanadigan
schyotlar
635 000
Kassa
50 010 Byudjetga qarzlar -600000
100 000
Balans 1 985 010 Balans 1 985 010 Yuqoridagilardan quyidagi xulosalarni qilish mumkin:
I va II tipdagi o‘zgarishlar oldingi balans summasini hech qachon
o‘zgartirmaydi.
III va IV tipdagi o‘zgarishlar albatta oldingi balans summasini o‘zgarishiga
olib keladi, jumladan uchinchi tip o‘zgarishlar balans summasini oshishiga,
to‘rtinchi tip o‘zgarishlar balans summasini kamayishiga sabab bo‘ladi.
Hech qachon balansdagi o‘zgarish tiplari bir vaqtning o‘zida aktivni bir
summaga oshirib, passivni esa o‘sha summaga kamaytirishi mumkin emas.
Hech qachon balansdagi o‘zgarish tiplari aktivni bir summaga
12
Financial and managerial accounting. 12e. Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac. 2014. 24 p.
48
ko‘paytirishga (kamaytirishga), passivni esa boshqa bir summaga ko‘paytirishga
(kamaytirishga) olib kelishi mumkin emas.