52
♦
balansning izchilligi;
♦
balansning tushunarliligi.
Balansning to‘g‘riligi
balansni tuzishda asoslanilgan hujjatlarning to‘laligi
va sifati bilan ta’minlanadi. Agar hisobot davrida xo‘jalik
faoliyatining barcha
muomalalari
o‘z vaqtida hujjatli rasmiylashtirilmagan yoki noto‘g‘ri
rasmiylashtirilgan bo‘lsa, unda balans korxona ishining haqiqiy yakunini aks
ettirmaydi. Buxgalteriya balansining
har bir moddasi hujjatlar, buxgalteriya
hisobvaraqlaridagi
yozuvlar, buxgalteriya hisob-kitoblari va inventarlash bilan
tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Buxgalteriya balansi ma’lumotlarini
qasddan buzish
niqoblash deyiladi. Balansni niqoblash qoida buzilishlarini yashirish maqsadida
atayin va balansni tuzish bo‘yicha ayrim qoidalardan
bexabarlik oqibatida
bilmasdan qilingan bo‘lishi mumkin.
Balansning realligi
moddalar bahosining
obyektiv voqelikka muvofiq
kelishini anglatadi. Balansning “to‘g‘riligi” va “realligi” tushunchalarini bir-biriga
aralashtirmaslik kerak. Balans to‘g‘ri, ammo noreal bo‘lishi mumkin, ya’ni balans
ma’lumotlari hujjatlar asosida tuzilgan bo‘ladi va haqiqiy mavjud mablag‘larni
ko‘rsatadi, ammo uning ayrim moddalari real sharoitni, masalan,
asosiy vositalar
ma’naviy eskirganligi, debitorlik qarzini talab qilib olib bo‘lmasligi
va shu
kabilarni ko‘rsatmaydi.
Dostları ilə paylaş: