O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


Buxgalteriya hisobi schyotlarining turkumlanishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/194
tarix21.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#158432
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   194
Бухгалтерия ҳисоби 1 қисм (1)

Buxgalteriya hisobi schyotlarining turkumlanishi 
№ 
Schyotlar turkumlanishi 
xususiyatlari 
Xususiyatlardan kelib chiqqan holda 
schyotlar tarkibi 

Schyotlarning tuzilishiga 
ko‘ra 
Doimiy schyotlar 
Aktiv (A)
 
Passiv (P)
 
Vaqtinchalik 
schyotlar 
Tranzit schyotlar (T)
 
Balansdan tashqari schyotlar (BT) 

Ko‘rsatkichlarni aks 
ettirilishiga ko‘ra
 
Sintetik schyotlar
 
Analitik schyotlar
 

Balansda aks ettirilishiga 
ko‘ra
 
Balans schyotlari
 
Balansdan tashqari schyotlar (BT)
 

Tayinlanish– mo‘ljaliga 
ko‘ra
 
Asosiy schyotlar
 
Aktiv schyot (A)
 
Passiv schyot (P)
 
Tartibga soluvchi 
schyotlar
 
Kontr-aktiv (KA)
 
Kontr-passiv (KP)
 
To‘ldiruvchi schyotlar
 
Taqsimlovchi 
schyotlar
 
Yig‘ib taqsimlovchi
 
Hisobot davrlari 
bo‘yicha taqsimlovchi
 
Kalkulyatsiya schyotlari
 
Taqqoslovchi schyotlar
 
 


56 
Doimiy schyotlar - bu hisobot davri oxiriga saldoga ega bo‘lib, buxgalteriya 
balansida aks ettiriladigan aktivlar, majburiyatlar, sarmoyalar schyotlaridir.
Aktiv schyot (A) - bu aktivlarni aks ettirishga mo‘ljallangan schyot bo‘lib, 
unda iqtisodiy resurslarning qoldig‘i va ko‘payishi schyotning debetida, kamayish 
esa kredit bo‘yicha aks ettiriladi. 
Passiv schyot (P) - bu majburiyat va sarmoyani aks ettirishga mo‘ljallangan 
schyot bo‘lib, unda majburiyat va sarmoyaning qoldig‘i va ko‘payish schyotining 
krediti bo‘yicha, kamayish esa debet bo‘yicha aks ettiriladi. 
Kontr-aktiv schyot (KA) - bu u bilan bog‘lik bo‘lgan aktiv schyotning 
saldosidan chegiriladigan moliyaviy hisobotda aktivning sof qiymatini aks 
ettiruvchi schyotdir. 
Kontr-passiv schyot (KP) - bu u bilan bog‘lik bo‘lgan passiv schyotning 
saldosidan chegiraladigan moliyaviy hisobotda majburiyat yoki sarmoyaning sof 
qiymatini aks ettiruvchi schyotdir. 
Tranzit schyotlar (T) - bu hisobot davrida foydalaniladigan, lekin 
yopiladigan Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladigan hisobot 
davri oxiriga qoldiqqa ega bo‘lmaydigan daromadlar va xarajatlarning vaqtinchalik 
schyotlaridir. 
Balans schyotlari deb, balansda qatnashadigan schyotlarga aytilib, ular 
bo‘yicha ikki yoqlama yozuv amalga oshiriladi. 
Balansdan tashqari schyotlar (BT) - bu korxonaga qarashli bo‘lmagan, lekin 
vaqtinchalik tasarrufida bo‘lgan, aktivlarning mavjudligi va harakati, shartli 
huquqlar va majburiyatlar haqidagi axborotni umumlashtirishga mo‘ljallangan 
schyotlardir. Bu schyotlar boshqa schyotlar bilan o‘zaro bog‘lanmaydi va 
korxonaning hisobotida aks ettirilmaydi. 
Sintetik schyotlar xo‘jalik mablag‘lari va ular manbalari haqida umumiy va 
qiymat ko‘rinishidagi ma’lumotlarni olish maqsadida hisob yuritishga 
mo‘ljallangan. 
Analitik schyotlar ma’lumotlari xo‘jalik mablag‘lari va ularni manbalarini 


57 
nafaqat qiymat, balki natura hamda mehnat o‘lchovi birliklarida yuritishga 
mo‘ljallangandir. Analitik schyotlar bo‘yicha buxgalteriya provodkalari amalga 
oshirilmaydi. 
Korxona ba’zi xo‘jalik mablag‘lari hisobini yuritishda bir necha bahodan 
foydalanish zaruriyati tug‘iladi. Shunday mablag‘lar va ular tashkil topish 
manbalari hisobini yurituvchi schyotlar tartibga soluvchi schyotlar deb ataladi. 
To‘ldiruvchi schyotlar tegishli mablag‘ va ular tashkil topish manbalari 
hisobini yuritishga mo‘ljallangan schyot ma’lumotlarini to‘ldirish uchun 
mo‘ljallangan. 
Taqsimlovchi schyotlar. Bu schyotlar korxonaning ba’zi bir xarajatlarini 
hisobga olish va ularni kalkulyatsiya obyektlari yoki hisobot davrlari o‘rtasida 
to‘g‘ri taqsimlash maqsadida qo‘llaniladi
Yig‘ib taqsimlovchi schyotlar. Bu schyotlar ma’lum xo‘jalik jarayonidagi 
xarajatlarni bir oy davomida hisobga olish, bu xarajatlarni iqtsiodiy mazmuniga 
qarab, guruxlashtirish va ularni kalkulyatsiya obyektlari o‘rtasida oldindan qabul 
qilingan biror bazisga nisbatan mutanosib ravishda taqsimlash uchun xizmat qiladi. 
Kalkulyatsiya schyotlari korxona faoliyatida mahsulotlar, sotilgan tovarlar, 
bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxini aniqlash uchun xarajatlar 
hisobini yuritishga mo‘ljallangan. 
Taqqoslovchi schyotlar ayni bir muomalalar yoki korxonaning butun bir 
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining natijasini aniqlash uchun ishlatiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin