175
bajaruvchilarning bilim darajalari, amaliy tajribalari, murakkab operatsiyalarni
bajarish qobiliyatlari, chaqqonligi kabi ko‗rsatkichlar bilan baholanadi.
Empirik modellarga omil sifatida kiruvchi mehnat
inson faoliyatning faqat
miqdoriy ko‗rsatkichini ifodalovchi tor ma‘nodagi tushunchadir. Bunday modellarda
mehnat hajmi ko‗p hollarda bajarilgan ish saotlari yoki ishlab chiqarishda band
bo‗lgan odamlar soni bilan belgilanadi. Ayrim hollarda mehnat sifatini aniqlashga
harakatlar bo‗lgan edi. Bunda mehnat sifatini aholining bilim darajasi,
mehnatkashlarning yoshi va jinsi kabi ko‗rsatkichlar bian izohlangan.
Iqtisodiy o‗sish modelining ikkinchi omili kapital (asosiy vositalar) nazariy va
amaliy jihatdan bir xil ma‘noga ega emas. Ayrim iqtisodchilar
kapital natural
o‗lchamlarda aniqlangan moddiy boyliklar miqdoridir deyishsa, ayrim iqtisodchilar
kapital bu qiymatlar yig‗indisidir va u sarf qilingan mehnat miqdorini ifodalaydi
deyishadi.
Umuman, iqtisodiy o‗sishning ikkinchi omili kapital (asosiy fond)
nafaqat
miqdor qiymatga balki, sifat qiymatga ham egadir. Chunki, bir qarashdayoq asosiy
fondlarning elementlarining bir-biridan farqi yaqqol ko‗zga tashlanadi. Shuning
uchun ham asosiy fondlarning hajmlarini aniqlashda
umumiy baholash usullarini
topishga harakat qilingan. Natijada asosiy fondlarning nafaqat miqdor balki, ularning
sifati va uning o‗zgarishlari ham hisobga olingan. Asosiy fondlarni baholashda ko‗p
hollarda ularning qayta yaratish sarflari va ularning ekspluatatsiyasidan olinishi
mumkin bo‗lgan foyda miqdoridan foydalanadi.
Amaliy maqsadlarda birinchi ko‗rsatkich ya‘ni asosiy vositalarni yaratish yoki
sotib olish ko‗rsatkichidan foydalaniladi. Bunda boshlang‗ich sarf xarajatlar yoki
narxlar o‗zgarishini hisob olingan holda hisoblangan xarajatlar hisobiga olinadi.
Demak, asosiy fondlar, ya‘ni kapital ularni takroriy ishlab chiqarish xarajatlari bilan
belgilanadi. Baholash tizimining mavjudligi asosiy fondlarni faqat miqdor jihatidan
emas, balki sifat jihatidan ham baholash imkoniyatini beradi.
Dostları ilə paylaş: