172
natijasidir. Faqat insongina mavjud tabiiy resurslarni o‗z talablarini qondirishga
moslab o‗zgartira olishi mumkin. Iqtisodiy o‗sish insonlar mehnati natijasidir.
Demak, iqtisodiy o‗sishning bir yoki ko‗p o‗lchamligini uning sifat belgisi bo‗lsa,
iqtisodiy ko‗rsatkichlar ularning miqdor ko‗rsatkichlaridir.
Iqtisodiy holat yoki iqtisodiy faoliyatni xarakterlashda to‗plangan mehnatning
ham sifat va ham miqdor ko‗rsatkichlaridan foydalanish
uchun katta hajmdagi
iqtisodiy ko‗rsatkichlarni to‗plash va ularni amalda qo‗llash zarur.
Ko‗p ko‗rsatkichli iqtisodiy o‗sish va u bilan bog‗liq bo‗lgan iqtisodiy
faoliyatlar shakllari umuman olganda bir o‗lchamli bo‗lib, ularni tushunish uchun
katta miqdordagi ko‗rsatkichlardan foydalanishni talab qiladi.
Iqtisodiy o‗sishning asosiy omillaridan biri - tabiiy resurslar hisoblanadi.
Albatta mavjud tabiiy resurslarning miqdori va sifati insonning iqtisodiy faoliyatiga
ta‘sir ko‗rsatadi. Ammo, tabiiy resurslar insonning iqtisodiy faoliyatida passiv o‗rin
tutadi.
Iqtisodiy o‗sish inson talablarini qondirish darajasini ikki taraflama izohlaydi.
Birinchidan, yaratilgan moddiy va ma‘naviy boyliklar qanday talablar yuzaga
kelishlarini belgilaydi va ulardan ozgina ilgarida bo‗lishlari lozim.
Ikkinchidan,
yaratilgan moddiy va ma‘naviy boyliklar va ularning taqsimlanish usullari,
jamiyatning va uning har bir a‘zosining talablarining qondirilish darajalarini
aniqlaydi. Ko‗p o‗lchamli iqtisodiy o‗sishni amalda keng qo‗llaniladigan bitta
ko‗rsatkich - milliy boylik bilan xarakterlash mumkin. Chunki, milliy boylik
tarkibiga tabiiy resurslar, ishchi kuchlari, ishlab chiqarish fondlari, ilm-fan va boshqa
iqtisodiy ko‗rsatkichlar kiradi.
Iqtisodiy o‗sishning faqat ikkitagina turini ko‗rib chiqdik. Iqtisodiy o‗sishning
bu tushunchalarni taqqoslab iqtisodiy o‗sishning bir ko‗rsatkichlisining
qanday
kamchiliklari mavjud va ularni iqtisodiy o‗sishning ko‗p ko‗rsatkichlisi yordamida
qanday tuzatish mumkinligini aniqlaymiz.
Bir va ko‗p ko‗rsatkichli iqtisodiy o‗sishning qiyosiy tahlilida ularning har
birining o‗ziga xos jihatlari ajratib olinadi, keyin ularning miqdoriy baholanish
muammosi ko‗rib
chiqiladi, oxirida kerakli statistik axborotlarni to‗plash va qayta
173
ishlash hal qilinadi. Bir ko‗rsatkichli iqtisodiy o‗sishda moddiy boylik kancha ko‗p
ishlab chiqilsa, iqtisodiyot shuncha rivojlangandir degan tushuncha mavjuddir. Ko‗p
ko‗rsatkichli iqtisodiy o‗sishda esa iqtisodiy boylik va xizmatlar hajmi shu jumladan,
har xil shakldagi ishlab chiqarish va iste‘moldagi jamlangan mehnat miqdori ham
belgilaydi. Umuman olganda bir ko‗rsatkichli iqtisodiy o‗sish vaqtning ma‘lum bir
intervalidagi iqtisodiy holatni ko‗rsatsa, ko‗p ko‗rsatkichli iqtisodiy o‗sish
iqtisodiyotning ma‘lum bir paytdagi holatni belgilaydi. Bir ko‗rsatkichli iqtisodiy
o‗sish iqtisodiy faoliyatning faqat ko‗rib chiqilayotgan vaqt intervalini oxirida
erishilgan natijalarni e‘tiborga olib, ungacha erishilgan natijalarni e‘tiborga olmaydi.
Ko‗p ko‗rsatkichli iqtisodiy o‗sish, aksincha avvali erishilgan iqtisodiy natijalarning
barchasini e‘tiborga oladi va amalda qo‗llaydi. iqtisodiy o‗sishning
bu ikkala turlari
bir-biridan miqdoriy ifodalanishlari va statistik bazislari bilan ham farq qiladi.
Yaratilgan moddiy boyliklarni bir o‗lchamga keltirish ham nazariy, ham amaliy
jihatdan mumkin. Faqat xo‗jalik faoliyatini ayrim sohalarini yoki ayrim
mahsulotlarning natural miqdoriy o‗zgarishini sifat jihatidan baholash murakkab
jarayondir. Chunki, mahsulotlarning sifat o‗zgarishi uning barcha o‗ziga xos
xususiyatlarining ham o‗zgarishiga olib keladi. Sifat o‗zgarishlarning barchasini
(kompleksini) bir qancha sifat o‗zgarishlarni, bir yo‗la e‘tiborga oluvchi
o‗zgaruvchilar to‗plami yordamida ko‗rsatishimiz mumkin. Ko‗p ko‗rsatkichli
iqtisodiy o‗sishning tahlilida iqtisodiy faoliyatning ayrim yo‗nalishlarini va
mahsulotlarining ayrim xususiyatlarini miqdoriy aniqlash qo‗shimcha murakkabliklar
bilan bog‗liq.
Iqtisodiy o‗sishning asosiy elementlari
bir-biridan ham shaklan, ham
mazmunan farq qiladi. Bu elementlarning natural ko‗rinishlari ham, ko‗rinishlari ham
bir xil bo‗lmaydi. Har xil sifat xususiyatlarni agregirlashni ham turli sifatlarini bir
vaqt o‗lchaydigan va baholaydigan yagona, umumiy shart mavjud bo‗lgandagina
amalga oshirilishi mumkin.
Bir ko‗rsatkichli iqtisodiy o‗sish uchun bunday umumlashgan mezon baho,
narx hisoblanadi. Ko‗p ko‗rsatkichli iqtisodiy o‗sish uchun baho kabi umumlashgan
mezon mavjud emas. Shuning uchun ko‗p ko‗rsatkichli iqtisodiy o‗sishda
har xil
174
xususiyatlar agregirlanmaydi. Statistik axborotlar bilan ta‘minlanishda bir
ko‗rsatkichli iqtisodiy o‗sishda imkoniyatlar ko‗proq. Chunki, aksariyat davlatlarda
yaratilgan moddiy boyliklar va xizmatlar bo‗yicha ayrim hollarda bir necha natural
birliklarda har xil ko‗rsatkichlarni hisobga olish, foydalarni taqsimlash va qayta
taqsimlashlar bo‗yicha oddiy va agregirlashgan statistik ma‘lumotlar mavjud.
Ko‗p ko‗rsatkichli iqtisodiy o‗sishda statistik ma‘lumotlar bilan ta‘minlash
muammolari yuzaga keladi. Ayrim hollarda iqtisodiy o‗sishning
elementlarini va
qoidalarini kisman baholashgagina imkon beradigan statistik ma‘lumotlar mavjud.
Dostları ilə paylaş: