184
tarkibini shakllantirish qonuniyatlarini, turmush tarzini takomillashtirish yo‗llarini
ochib berishdan iboratdir.
Hozirgi kunda kelajakni prognozni 2 turi hayotga tadbiq etilgan: ilmiy
baholash va noilmiy ko‗rabilish.
Noilmiy ko‗rabilishga turli taxminlar,
har xil hayoliy sezgilar, ehtimollar va
boshqa shunga o‗xshash asoslanmagan istiqbollarni bilish kiradi.
Kelajakni ilmiy baholashning turlari:
Oldindan aytib berish - bu kelgusidagi muammoni hal qilishning mumkin
bo‗lgan yoki istalgan istiqbolda holatini bayon qilishdir. Boshqacha qilib aytganda,
oldindan aytib berish - kelgusida bo‗ladigan ma‘lum jarayonlarning holati haqidagi
ishonchli fikrni bildirishdir.
Oldindan ko‗ra bilish - tizimni rivojlantirishning qonuniyatlariga asoslangan,
haqiqatni oldindan aks ettirishdir. Bu narsa tizimning
kelgusidagi holati haqida
ma‘lum xulosa chiqarish imkonini beradi.
Prognoz - bu ehtimol yo‗nalishlar, obyektlar va hodisalarning rivojlanishi
natijalari. Prognozlash - bu obyektni rivojlantirish istiqbolini belgilab beradigan
maxsus ilmiy tadqiqotlardir.
Rejalashtirish - bu aniq belgilangan maqsad, uni amalga oshirishning yo‗llari
va tadbirlari, belgilangan xom ashyolar bilan ajralib turadi.
Reja - yakka yagona, ijrosi majbur bo‗lgan direktiv hujjatdir.
Shunday qilib, rejalashtirish, prognozlash,
oldindan aytib berish, oldindan
ko‗ra bilish - kelajakni baholashning ishonchlilik darajasiga qarab biri-biridan farq
qiladi.
Oldindan aytib berish «Bo‗lsa kerak» ligini ifodalaydi. Prognozlash nima
bo‗lishi mumkinligini ko‗rsatib beradi; rejalashtirish - bo‗lishi shart degan ma‘noni
bildiradi.
Iqtisodiy prognozlash - bu iqtisodiy qonunlarga ilmiy yondashgan holda
iqtisodiy tizimlarni prognozlarini tuzish jarayonidir. Iqtisodiy tizimni boshqarish
sxemasini quyidagicha ifodalash mumkin (1-rasm).
185
Avvalo iqtisodiy tizimni rivojlanishini maqsadi aniqlanadi. Quyidagi maqsadga
kelajakda bo‗lishi mumkin holatlari o‗rganilib prognoz qilinadi.
Eng samarali
tanlangan rivojlanish variantlari, kompleks dasturlarni tuzilishiga informatsion baza
sifatida qo‗llanib, prognoz qilingan holatga tizim erishish uchun, qanday tadbirlar
amalga oshirilishi kerakligini dastur ko‗rinishida tuzib olinadi. Bunday yondashish
«Dastur» deyiladi. Maqsadni va bor imkoniyatlarni (resurslarni)
solishtirish natijasida
ilmiy asoslangan rejalar tuziladi va tizimni elementlariga yetkaziladi.
1-rasm. Ishlab chiqarish va boshqarish jarayonlarining chizmasi
Shunday qilib, reja - faqat boshqarish mumkin bo‗lgan jarayonlarda qo‗llanadi.
Masalan, ishlab chiqarishda rejani qo‗llash mumkin. Prognoz boshqarilishi mumkin
bo‗lgan va mumkin bo‗lmagan sohalarda qo‗llaniladi. Masalan: ob-havoni
rejalashtirib bo‗lmaydi, uni prognozlash mumkin, demografik, ilmiy-texnika,
tashqi
iqtisodiy va boshqa jarayonlarni qisman ularni boshqarish, qisman rejalashtirish
mumkin.
Prognozlash avvalo, rejalarning ilmiy asoslanganligini oshirish uchun
taraqqiyot maqsadlaridan biriga erishishga qaratilgan konkret reja yoki kompleks
dasturni tekshirish asosi tarzida qaraladi. Ishning bu bosqichi reja yechimlarining,
shuningdek iqtisodiy tadbirlar tizimini o‗tkazish muddatlarining
izchilligini tanlash
va asoslash imkonini beradi.
Prognozlashni rejalashtirishning alternativ tarzidagi yordamchi vositasi deb
hisoblaydigan ayrim mualliflar unga rejaning birmuncha ishonchli, direktiv
Dostları ilə paylaş: