186
rejalashtirish vazifalariga mos keladigan balans usulini qarama-qarshi qo‗yadilar.
Darhaqiqat, balans - bu iqtisodiy hisob-kitoblar usuli bo‗lib,
iqtisodiy-statistik,
analitik va rejali ishlarning turli bosqichlarida qo‗llanilishi mumkin. Prognoz - bu
metodologiyada butun mantiqi va spetsifikasi bilan maqsadli tematik tadqiqot bo‗lib,
ham sifat, ham miqdor tahlillarini o‗z
ichiga oladi hamda unda, rejali ishlab
chiqarishning pirovard natijalaridan qat‘iy nazar, mustaqil ilmiy ahamiyat kasb etadi.
Uning ko‗rsatkichlar doirasi kelgusidagi rejaning ko‗rsatkichlari
doirasidan jiddiy
farq qilishi mumkin.
Prognozli tadqiqot yechimlarni asosli ravishda tanlash uchun juda foydali
bo‗ladi va bunday jarayon tashqi sharoitlari muddatini bayon qilib beradi.
Prognozlash turlari.
1. Prognozlash masshtabiga ko‗ra makroiqtisodiy
va mikroiqtisodiy
prognozlarga ajratiladi.
2. Tuzilish intervali bo‗yicha operativ, qisqa
muddatli va uzoq muddatli
bo‗lishi mumkin. Qisqa muddatli prognozda faqat miqdoriy o‗zgarishlar e‘tiborga
olinadi. Uzoq muddatli prognoz ham miqdoriy, ham sifat o‗zgarishlarga
asoslangan
bo‗lib, o‗z o‗rnida o‗rta muddatli va uzoq muddatli bo‗lishi mumkin.
3. Prognozlash yo‗nalishlariga ko‗ra izlanishli va normativ bo‗lishi mumkin.
Izlanishli prognoz – agar hozirgi tendensiyalar saqlanib qolsa, iqtisodiy tizim qanday
rivojlanadi, degan savolga javob beradi. Boshqa so‗z bilan aytganda, tizimga ta‘sir
etuvchi omillar o‗zgarmasa, u qanday holatga kelishi mumkin?
Normativ prognoz bo‗lajak maqsadlarga erishish
uchun tizimni rivojlanish
yo‗nalishlarini va muddatlarini aniqlaydi (belgilaydi). Maqsad qilingan holatga tizim
erishish uchun, ta‘sir etuvchi omillarga qanday o‗zgarishlar kiritish zarur? Boshqa
so‗z bilan aytganda qanday qilib maqsadga erishish mumkin?
Dostları ilə paylaş: