O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   110
makroiqtisodiyot

 
4.4. Aksilinflyatsiya siyosati 
Aksilinflyatsiya siyosat - narxlar umumiy darajasini barqarorlashtirish, 
inflyatsion keskinlikni yumshatishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy siyosat. 
Aksilinflyatsiya siyosati inflyatsiyani yuzaga keltirgan sabablarni tugatishga 
qaratilgan faol va inflyatsiya sharoitlariga moslashishga qaratilgan passiv
ko’rinishda bo’lishi mumkin.
Aksilinflyatsiya siyosati o’z ichiga quyidagilarni oladi: 
-yalpi talabni tartibga solish; 
-yalpi taklifni tartibga solish. 
Keynschi iqtisodchilar birinchi yo’nalish tarafdorlari bo’lib, ular davlat 
buyurtmasi va arzon kredit hisobiga samarali talabni shakllantirish asosida yalpi 
taklif darajasini ko’tarish mumkin deb hisoblashadi. Hukumatning bu tadbirlari 
iqtisodiy pasayishni qisqartiradi va ishsizlikni kamaytiradi. 
Ammo bunday aksilinflyatsiya siyosati davlat byudjeti taqchilligini yuzaga 
keltiradi va qo’shimcha pul emissiyasiga ehtiyoj tug’diradi. Keyns davlat byudjeti 
taqchilligini davlat tomonidan olinadigan uzoq muddatli qarzlar hisobiga qoplashni 
taklif etgan. 
Aksilinflyatsiya siyosatining monetarstik yo’nalishi tarafdorlari keyinchalik, 
keynschilarning inflyatsiyaga qarshi kurash bo’yicha takliflari doimo samara 
beravermagach va kamchiliklari yuzaga chiqib qolgach yuzaga keldi. Jumladan,
bir qator mamlakatlarda davlat qarzi haddan oshib ketdi. Bunday sharoitda 
monetaristlar radikal asilinflyatsiya usullarini taklif etishdi. Ular yalpi talabni 
konfiskatsiya tipidagi pul islohoti o’tkazish hisobiga cheklash va byudjet 
taqchilligini ijtimoiy dasturlarni qisqartirish kamaytirishni taklif etishdi.
Monetaristlar inflyatsiya aynan pul bilan bog’liq hodisa bo’lganligi sababli 
shok terapiyasi pul massasining o’sish sur’atlarini keskin qisqartiradi va 


42 
inflyatsiya sur’atlarini tushiradi deb hisoblashadi. Ammo bunda ishlab chiqarish 
keskin pasayishi va bandlilik qisqarishi mumkin. 
Konfiskatsiya tipidagi shok terapiyasi ko’rinishlaridan biri bo’lib 
daromadlarning va narxlarning nominal darajalarini o’zgartirmagan holda eski 
pullarni belgilangan nisbatda yangisiga alishtirishtirish hisoblanadi.
Bunday tadbirlar aholi tomonidan ohir qabul qilinishi sababli,u qisqa 
muddatda samara berishi zarur. 
Monetaristlar tomonidan taklif qilinayotgan aksilinflyatsiya siyosatining yana 
bir ko’rinishi - inflyatsiya sur’atlarini asta sekinlik bilan pasaytirib borish ( 
graduallash ) usulidir. Bu usulda inflyatsiya sur’atlari pul massasini ko’p 
marotalaba, lekin oz ozdan kamaytirish orqali pul massasining o’sish sur’atini 
pasaytirishni ko’zda tutadi. Graduallash usuli inflyatsiyani asta sekinlik bilan 
pasaytira borib iqtisodiyotda chuqur pasayishni oldini olish imkonini beradi.
Graduallash usulini qo’llash pul massasi va narxlar darajasining yillik o’sish 
sur’ati 20-30 foizdan oshmaganda muvaffaqiyatli bo’ladi, deb hisoblanadi. 
Aksilinflyatsiya siyosatining monetar usullarga muqobil bo’lgan
variantlaridan biri narxlar va daromadlarni tartibga solish siyosatidir. Bu usul 
daromadlarning o’sishi va narxlarning o’sishini muvofiqlashtirishni ( adaptiv 
siyosat) ko’zda tutadi.
Daromadlar va narxlarni tartibga solish siyosatini amalga oshirish hukumat 
tomonidan narxlar (narxlar) va daromadlar darajalarini muzlatib qo’yish, pul 
ko’rinishidagi ish haqining o’sishini o’rtacha mehnat unumdorligining o’sishiga 
bog’lab qo’yish orqali amalga oshiriladi. 
Soliqlar tarkibini o’zgartirish, yalpi soliq tushumlaridagi to’g’ridan-to’g’ri 
soliqlarning ulushini kamaytirish, bilvosita soliqlar ulushini ko’paytirish, soliq 
stavkalarini pasaytirish, ularning rag’batlantirish funktsiyalarini kuchaytirish, 
davlat byudjeti xarajatlarini pasaytirish kabilar ham inflyatsiyaga qarshi kurash 
tadbirlari hisoblanadi. 


43 
Aksilinflyatsiya siyosatining u yoki bu turini tanlash inflyatsiya 
jarayonlarining xususiyatiga bog’liq. 
Inflyatsiyaning yuqori sur’atlarini oldini olish uchun hukumat quyidagilarni 
ta’minlashi kerak: 
-
samarali soliq tizimini va davlat xarajatlari ning baaqarorligini; 
-
pul massasi va milliy daromadning bir maromdagi o’sish sur’atlarini; 
-
“inflyatsiyani import qilish” ga yo’l qo’ymaslik.

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin