39
Jumladan, 2013 yilda oziq-ovqat mahsulotlarining narxi 3,9 foizga o’sib,
uning inflyatsiyaga ta’siri 2,0 foizni, nooziq-ovqat mahsulotlari narxi 7,4 foizga
o’sib, inflyatsiya darajasiga ta’siri 2,1 foizni tashkil etdi. Xizmatlar narxi esa 13,8
foizga o’sib, iste’mol narxlari indeksiga ta’siri 2,6 foizni tashkil qildi.
4.3. Inflyatsiya va ishsizlik o’rtasidagi bog’liklik. Fillips egri chizig’i
Iqtisodiyot o’z rivojlanishida potentsial darajaga
yaqinlashgan shariotda
yoki bandlilik darajasini oshirish yoxud inflyatsiya
darajasini pasaytirish kabi
muqobil variantlardan birini tanlashga majbur bo’linadi.
Chunki qisqa muddatli
davrda ishsizlik va inflyatsiya darajalari o’rtasida teskari bog’liqlik mavjud.
Ishsizlikni pasaytirish ish joylarini yaratish uchun qo’shimcha mablag’lar
ajratilishini anglatadi. Ayni paytda bu ish haqi miqdorining
oshishiga ham olib
keladi. Har ikkala holat ham narxlar darajasinining ko’tarilishiga olib keladi, ya’ni
talab inflyatsiyasi ro’y beradi..
Ishsizlik va inflyatsiya ko’rsatkichlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik
ingliz
iqtisodchisi A.V.Fillips tomonidan aniqlangan va Fillips egri chizig’i (4 -chizma)
deb ataladi.
Yuqori darajadagi kutilayotgan inflyatsiya
------------------
-----------------
Past darajadagi kutilayotgan inflyatsiya
Dostları ilə paylaş: