52
ishlab chiqarishga rag’bat yaratadi va aksincha past narxlar mahsulot ishlab
chiqarish hajmini qisqarishga olib keladi. Shuning uchun ham milliy ishlab
chiqarish hajmi bilan narxlar darajasi o’rtasida to’g’ri aloqa mavjud. Demak,
mahsulot ishlab chiqarish hajmi narxlar o’sib borishi bilan o’sib,
pasayishi
bilan tushib boradi. Yalpi taklif (AS) egri chizig’i alohida tovar taklifi egri
chizig’idan farq qilib uch qismdan,
gorizontal yoki keyns kesmasi, ko’tarilib
boruvchi yoki oraliq kesma hamda vertikal yoki klassik kesmadan iborat. Bu
umumiy taklifni tahlil qilishga klassik va keynschilarga xos yondashuv bilan
izohlanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda ko’pincha oraliq kesma ham keyns kesmasiga
kiritib yuboriladi.
Yalpi taklif egri chizig’idagi bu kesmalar qanday iqtisodiy vaziyatlarni aks
ettiradi?
1. Keyns kesmasida milliy ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi to’liq bandlik
sharoitidagi milliy ishlab chiqarish hajmidan kamdir. Demak,
gorizontal kesma
iqtisodiet inqirozga uchragan va katta miqdordagi resurslardan foydalanilmagan
sha-roitni ko’rsatadi. Foydalanilmayotgan ushbu resurslarni narxlar darajasiga
ta’sir ko’rsatmagan holda ishga tushirish mumkin.
Bu kesmada milliy ishlab
chiqarish hajmi oshishi narxlar darajasi o’zgarmay qolgan sharoitda ro’y bsradi.
Dostları ilə paylaş: