58
mahsulot birligiga ketgan sarf-xarajatlar qisqarsa, unda jami taklif egri chizig’i
AS
1
dan AS
3
holatga siljiydi. Bunda narxlar muvozanat darajasi R
1
dan R
3
ga
qadar pasayadi va ishlab chiqarishning
muvozanatli hajmi Y
1
dan Y
3
qadar
oshadi, ya’ni, iqtisodiy o’sish holati ro’y beradi.
Tayanch so’z va iboralar
: yalpi talab, yalpi talabga ta’sir
etuvchi omillar,
foiz stavkasi samarasi, boylik samarasi,
import xaridlari samarasi, yalpi taklif,
yalpi taklifga ta’sir etuvchi omillar, resurslar narxining o’zgarishi,
mehnat
unumdorligi va texnologiya, hukumat tartibga solish vositalari,
yalpi talab
determinantlari, AD-AS modeli, makroiqtisodiy muvozanat.
Nazorat savollari
1.Yalpi talab deganda nimani tushunasiz?
2. Yalpi talabga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi?
3. Yalpi talabga ta’sir etuvchi narxga bog’liq omillarga nimalar kiradi?
4. Yalpi talabga foiz stavkasi samarasi qanday ta’sir ko’rsatadi?
5. Qanday omillar ta’sirida yalpi talab egri chizig’i siljishi yuz beradi?
6. Yalpi talab egri chizig’ining o’ngga yuqoriga siljishi qanday vaziyatlarga xos?
7. Yalpi taklif deganda nima nazarda tutiladi?
8. Yalpi taklif egri chizig’i siljishiga nimalar ta’sir etadi?
9. Yalpi taklif egri chizig’i qanday kesimlardan iborat va har bir kesimda
makroiqtisodiy ko’rsatkichlar qanday bo’ladi?
10. AD-AS modelining mohiyati nimadan iborat va qanday ahamiyatga ega?
Dostları ilə paylaş: