Tayanch so’z va iboralar:
ihtiyordagi daromad,
iste’mol, avtonom iste’mol,
jamg’arma, iste’molga o’rtacha moyillik, jamg’armaga o’rtacha moyillik,
iste’moga chegaralangan moyillik, jamg’armaga chegaralangan moyillik,
investitsiya, nominal foiz stavkasi, real foiz stavkasi, kutilayotgan sof foyda
me’yori.
Nazorat savollari
1.Iste’mol deganda nimani tushunasiz?
2. Iste’mol va ihtiyordagi daromad o’rtasida qanday bog’liqlik mavjud?
3. Qanday vaziyatda insonlar qarz hisobiga hayot kechirishi kuzatiladi?
4. Jamg’arma qanday vaziyatda mavjud bo’ladi?
5. Iste’mol va jamg’arma funktsiyalari qanday ko’rinishga ega?
6. Iste’mol va jamg’armani tavsiflovchi ko’rsatkichlarga qanday ko’rsatkichlar
kiradi va ular qanday aniqlanadi?
7. Investitsiyaning iqtisodiy mazmunini qanday izohlash mumkin?
70
8. Investitsiyalarga ta’sir etuvchi omillarni tushuntiring?
9. Investitsiya grafigi qanday ko’rinishga ega bo’laldi?
10.Iste’mol, jamg’arma va investitsiyalar o’rtasida qanday bog’liqlik mavjud?
Mavzuga oid masalalar
1.Faraz qilaylik iqtisodiyotda iste’mol quyidagi tenglama bilan berilgan
S=55+0.73Ud
Bu erda daromad (Ud
) 500 mlrd. so’mga teng.
Ushbu shartlar asosida iste’mol va jamg’armaga bo’lgan chegaraviy
moyillikni, iste’mol va jamg’arma miqdorlarini, iste’mol va jamg’armaga bo’lgan
o’rtacha moyillikni aniqlang.
* * *
2. Iqtisodiyot quyidagi ko’rsatkichlar bilan ifodalangan
iste’mol xarajatlari (S)=2300
investitsiya xarajatlari (I)=700
davlat xarajatlari (G)=800
davlat transfertlari (TR)=100
davlat qarzlari bo’yicha foizlarni to’lash (N)=100
soliqlar (T)=800
Xususiy va davlat jamg’armalarini aniqlang.
* * *
3.Davlat xaridlari G = 50, transfert to’lovlari TR = 10, davlat qarzi bo’yicha
foiz stavkasi R =10% (davlat qarzi D = 20), soliq tushumlari T = 40. Byudjet
kamomadi mavjudmi, yo’qmi?
|