72
Bu erda: ΔM - importga xarajatlarning o’zgarishi;
ΔY - daromadlarning o’zgarishi.
Yalpi daromadlarning oshishi bilan import ham oshadi. Chunki,
bunda
iste’molchilar va investorlar ham milliy ham import mahsulotlarga bo’lgan
xarajatlari miqdorini oshiradilar. Ayni paytda mamlakatning eksporti hajmi shu
mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) miqdoriga bevosita bog’liq bo’lmaydi,
balki
tovar olib chiqib ketayotgan mamlakatning yalpi daromadlari o’zgarishiga bog’liq
bo’ladi. Shuning uchun ham mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) o’zgarishi bilan
sof eksport (Xn) o’rtasidagi bog’liqlik salbiydir va sof eksport funktsiyasida minus
ishorasi bilan belgilanadi.
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modelini ko’rib chiqish jarayonini
soddalashtirish uchun sof eksport miqdori yalpi daromadlar (Y) o’zgarishiga
bog’liq emas deb olinadi. Shuning uchun sof eksport to’lig’icha avtonom xarajatlar
miqdoriga qo’shiladi, ya’ni avtonom xarajatlar (a + I + G +Xn) yig’indiga teng
deb olinadi.
Dostları ilə paylaş: