68
Agarda kutilayotgan foyda me’yori foiz stavkasidan yuqori bo’lsa,
investitsiyalash foydali va aksincha, foiz stavkasi kutilayotgan
foyda miqdoridan
yuqori bo’lsa, investitsiyalash foydali bo’lmay qoladi.
Misol uchun, zavodga 100000 so’mlik yangi stanok sotib olindi. Yangi
stanokni qo’llashdan zavod 10.000 so’m sof foyda olgan bo’lsin.
Kutilayotgan sof
foyda me’yori quyidagicha aniqlanadi:
KSFM = 10000 / 100000 x 100 = 10%.
Investitsiya xarajatlari foyda keltirishini aniqlashda nominal foiz stavkasi
emas, balki real foiz stavkasi hisobga olinadi. Real foiz stavka narxlar darajasining
o’zgarishini
aks ettirib, nominal stavkadan inflyatsiya darajasi ayirmasi
ko’rinishida aniqlanadi. Masalan, nominal foiz stavkasi 16% ga teng bo’lsa,
inflyatsiya darajasi yiliga 12%
ni tashkil etsa, unda real foiz stavkasi 4 foizini
(16%-12%) tashkil etadi.
Investitsiya xarajatlari dinamikasiga ta’sir etuvchi boshqa omillar quyidagilar
kiradi:
1. Soliqqa
tortish darajasi;
2. Ishlab chiqarish texnologiyalaridagi o’zgarishlar;
3. Mavjud bo’lgan asosiy kapital miqdori;
4. Investorlarning kutishi;
5. Yalpi daromadlarning o’zgarishi.
Soliqqa tortish darajasining pasayishi hamda yangi texnologiyalarning paydo
bo’lishi kutilayotgan sof foyda normasining (real foiz stavkasi o’zgarmagan
sharoitda ham) ko’payishga olib keladi. Bu esa investitsiya xarajatlarining
ortishiga turtki beradi.
Investitsiyalar hajmining YaIM yoki daromadlar darajasiga bog’liqligini
akselerator modeli aks ettiradi:
I = f(Y), ya’ni investitsiyalar (I) YaIM (Y)ning funktsiyasi ekan.
Akselerator modelining to’liqroq ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:
69
I = Ireja+ γY bu erda:
Δ I I
t
–I
t-1
γ = ----------- = ------------------
Δ Y Y
t
- Y
t-1
Ireja – rejalashtirilgan investitsiyalar; Y – YaIM (daromad) hajmi.
Akseletator
modelini hisobga olib, investitsiya funktsiyasini quyidagicha
yozish mumkin:
I = e - dR + γY
YaIM hajmi oshishi korxonalar foydasining ko’payishiga olib keladi. Korxona
foydasi investitsiyalarning manbai ekanligini hisobga olsak, bu holatda investitsiya
xarajatlari oshadi. YaIM
hajmi pasayib ketganda esa, ya’ni iqtisodiy faollik
pasayishi sharoitida bo’sh turgan
quvvatlar mavjudligi tufayli, investitsiya
xarajatlari pasayib ketadi. Ammo YaMMning davriy tebranishlari, innovatsiyalarni
doim ham bir tekisda bo’lmasligi, uskunalarni
uzoq muddat xizmat qilishi,
iqtisodiy kutishdagi xavflar tufayli investitsiyalar hajmi barqaror bo’lmaydi.
Dostları ilə paylaş: