63
6.2. Iste’mol va jamg’arish funksiyalari
Bobning birinchi savolida keltirilgan gepotetik ma’lumotlar
va grafiklarga
tayanib iste’mol funktsiyasini yozamiz:
C = a + b x Yd , bu erda: a – avtonom xarajatlar; Yd –
tasarrufidagi
daromad (Yd =Y-T), bu erda: T – soliqlar;
b – iste’mol hajmining tasarrufidagi daromadga bog’liqligini ifodalovchi
koeffitsient, boshqacha aytganda iste’molga chegaralangan moyillik.
ΔS
b = --------- x 100
Δ Yd
Demak, iste’mol hajmi avtonom iste’molga, tasarrufidagi daromad hajmiga va
iste’mol hajmining tasarrufidagi daromad o’zgarishiga ta’sirchanligiga bog’liq.
Jamg’arish grafigini ham iste’mol grafigiga o’xshab
algebraik ifodalash
mumkin, ya’ni jamg’arish funktsiyasi quyidagi ko’rinishga ega:
S = -a + (1 -b) x Yd
Iste’mol va jamg’arish hajmiga tasarrufidagi daromad dinamikasidan tashqari
quyidagi omillar, to’g’rirog’i bu omillardagi o’zgarishlar ham ta’sir ko’rsatadi:
1. Uy xo’jaliklari daromadlari.
2. Uy xo’jaliklarida to’plangan mulk hajmi.
3. Narxlar darajasi.
4. Iqtisodiy kutish.
5. Iste’molchilar qarzlari hajmi.
6. Soliqqa tortish hajmi.
Dastlabki besh omil ta’sirida iste’mol va jamg’arish grafiklari o’zaro teskari
tomonga siljiydi. Bu besh omil ta’sirida joriy tasarrufidagi daromad tarkibida
iste’mol va jamg’arish ulushi nisbatlari o’zgaradi. Soliqqa
tortish darajasining
o’zgarishi ixtiyordagi daromad hajmini o’zgartirgani tufayli uning ta’sirida
iste’mol va jamg’arish grafiklari bir tomonga qarab siljiydi. Iste’mol funktsiyasini
aniqlash borasidagi tadqiqotlar, uning hajmi shuningdek
aholining daromadlari
64
hajmi va to’plagan mulki ko’lamiga ko’ra tabaqalanishi darajasi hamda aholining
soni va yoshiga ko’ra tarkibiga ham bog’liqligini ko’rsatdi.
Dostları ilə paylaş: