67
Avtonom investitsiyalarning grafigi investitsiyalar hajmi foiz stavkasi
dinamikasiga teskari proportsional tarzda o’zgarishini ko’rsatadi.
Avtonom invstitsiya funktsiyasi quyidagi ko’rinishga ega:
I = e - dR
Bu erda: I – avtonom investitsiya xarajatlari;
e – foiz stavkasi 0 ga teng to’lgandagi investitsiya xarajatlarining maksimal
hajmi. U tashqi iqtisodiy omillar, resurs imkoniyatldari, er, foydali qazilma
boyliklari va boshqalar bilan belgilanadi;
R – real foiz stavkasi;
d – investitsiyalarning real foiz stavkasi dinamikasi o’zgarishga
ta’sirchanligini miqdoriy belgilovchi empirik koeffitsient.
Grafikdan e nuqtasi shuni bildiradiki, banklar nolga teng foiz stavkasi bilan
kredit berganlarida hamda ularning kredit resurslari cheksiz ko’p bo’lganda ham
mamlakatdagi boshqa resurslari miqdorining cheklanganligi tufayli investitsiya
xarajatlari ma’lum miqdor bilan chegaralanadi
R
I
0 e I
Dostları ilə paylaş: