Daromad, iste’mol va jamg’arish ko’rsatkichlari Yillar Tasarrufdagi daromad (Y d) Iste’mol (C) Jamg’arish (S) 1
2
3
4
5
6
7
370
390
410
430
450
470
490
375
390
405
420
435
450
465
-5
0
5
20
15
20
25
Tasarrufidagi daromad hajmi 370 shartli birlikka (sh.k.) teng bo’lganda uy
xo’jaliklari iste’moli 375 sh.b.ka teng, ya’ni tasarrufidagi daromaddan 5 sh.b.ka
ko’p bo’ladi. Ya’ni uy xo’jaliklari 5 sh.b.ka teng miqdorda qarz hisobiga
yoki o’tgan yillarda to’plangan jamg’armalar hisobiga iste’mol xarajatlari qiladilar.
Uy xo’jaliklari tasarrufidagi daromadlar 390 sh.b.ka teng bo’lganda, uning
miqdori iste’mol miqdori bilan tenglashadi. Bu miqdor bo’sag’aviy daromad deb
yuritiladi. 6-jadval ma’lumotlari asosida iste’mol grafigini chizamiz.
Iste’mol grafigi ikki to’g’ri chiziq ko’rinishida berilgan. Bissektrisa
ko’rinishidagi Yd=C to’g’ri chizig’ining har bir nuqtasida iste’mol va
tasarrufidagi daromad hajmlari teng bo’ladi. Haqiqiy iste’mol (S) grafigi haqiqiy
iste’mol va daromad teng bo’lgan nuqtada (α) bissektrisa bilan kesishadi.
Bo’sag’aviy nuqtadan quyida haqiqiy iste’mol daromaddan oshiq. Bu vaziyat
insonlarning qarz hisobiga hayot kechirishini bildiradi. α – nuqtada yuqorida
haqiqiy iste’mol daromaddan kam hamda ular o’rtasidagi farq jamg’arishni tashkil
etadi. Haqiqiy iste’mol to’g’ri chizig’i iste’mol hajmini belgilovchi vertikal o’qni a
nuqtada kesib o’tadi. Bu hol uy xo’jaliklari umuman daromad olmaganlarida ham
ma’lum miqdorda iste’mol qilishlarini anglatadi. a – nuqta esa avtonom iste’mol
hajmini bildiradi.