56
10-chizma. Yalpi taklif egri chizig’ining oraliq kesmadagi muvozanat
10-chizmada yalpi talab egri chizig’i yalpi taklif egri chizig’ini
Keyns
kesmasida kesib o’tadi. Bunday vaziyatda narxlar
darajasi hech qanday
ahamiyatga ega emas. Buni tushunish uchun avvalo milliy ishlab chiqarishning
muvozanatli hajmini Ye va muvozanatli narxlar darajasini Re bilan belgilaymiz.
Muvozanatli ishlab chiqarish hajmi aynan Ye ekanligini isbotlash uchun bu
hajmni Y
1
deb hisoblaymiz. U xolda AD
xizmatlar hajmining ortishi ishlab chiqarishni Ye darajaga
pasaytirilishiga olib
keladi. Muvozanatli ishlab chiqarish hajmini Y
2
deb hisoblacak, aksincha, AS
oqibatda korxonalarda tovar zaxiralari kamayib ularni ishlab chiqarishni Ye
darajaga oshirishga undaydi. Shunday qilib aynan jami taklif va jami talabning
kesishish nuqtasigina AD-AS modelda muvozanat
nuqtasi va shu nuqtaga mos
keluvchi ishlab chiqarish hajmi esa milliy ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi
deyiladi.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, yalpi taklif egri chizig’ining keyns
kesmasida yalpi talabning o’zgarishi ishlab chiqarish
hajmining oshishi yoki
kamayishiga olib keladi, narxlar darajasi esa o’zgarmaydi.
Yalpi talab egri chizig’ini AS egri chizig’ining vertikal kesmasida o’zgarsa bu
ishlab chiqarish hajmiga ta’sir ko’rsatmaydi va faqat narxlar darajasi o’zgaradi,
xolos. Ya’ni, bu kesmada talabning oshishi talab inflyatsiyasini keltirib chiqaradi.
Yalpi taklifning bu kesmasida talabning har qanday o’zgarishi faqat narxlar darajasi
o’zgarishga olib keladi. Ishlab chiqarish hajmi esa to’liq bandlik sharoitida
o’zgarmay qoladi.
Oraliq va vertikal kesmalarda narxlar o’sib borishi bilan kuzatilgan yalpi
talabning ko’payishi talab inflyatsiyasi mavjudligini ko’rsatadi.
Yalpi taklifning o’zgarishi muvozanat narxlar
darajasiga va milliy ishlab
chiqarish xajmining muvozanat darajasiga qanday ta’sir ko’rsatishini ko’rib
chiqamiz.