O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi


Iste’mol xarajatlaridagi o’zgarishlar



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   110
makroiqtisodiyot

1. Iste’mol xarajatlaridagi o’zgarishlar: 

iste’molchilarning real moddiy aktivlari qiymatining o’zgarishi, bu 
erda real moddiy aktivlarning qiymati inflyatsiya ta’sirida o’zgarishini emas (Pigu 
samarasi), balki boshqa sabalarga ko’ra o’zgarishi nazarda tutiladi. Masalan 
aktsiyalarning narxi keskin o’sishi bilan aktsiyadorlarning boyligi oshadi va ular 
ko’proq iste’mol kilishga moyil bo’ladi va aksincha uylarning va erlarni narxi 
keskin pasayishi bilan iste’molchining boyligi kamayadi va u ko’proq jamg’aradi; 

iste’molchilar kutishi, ya’ni kelajakda real daromadlarning ko’tarilishi 
kutilsa, yoki inflyatsiya darajasi yuqoriroq bo’lishi bashorat qilinsa, aholi ko’proq 
iste’mol qilishni boshlaydi; 


49 

iste’molchilarning qarzlari miqdorining o’zgarishi – agar oldingi 
iste’mol kredit hisobiga qilingan bo’lsa; 

iste’molchilar daromadlaridan olinadigan soliqlar miqdorining o’zgarishi, 
soliqlarning pasayishi ixtiyordagi daromad hajmini oshiradi. 
2. Investitsiya xarajatlaridagi o’zgarishlar: 

foiz stavkasidagi o’zgarishlar, bu erda Keyns samarasi emas, balki 
foiz stavkasini boshka narxlar darajasiga bog’lik bo’lmagan o’zgarishlari 
nazarda tutiladi. Masalan, pul massasining oshishi foiz stavkasini pasaytiradi va 
natijada investitsiya xarajatlari oshadi; 

investitsiyalardan kutilayotgan foyda me’yorining o’zgarishi, masalan, 
iste’mol xarajatlarning oshishi kutilayotgan bo’lsa, ishlab chikaruvchilarning 
kutilayotgan foydasi ham oshadi va natijada ular ishlab chiqarishga ko’proq 
investitsiya qilishga moyil bo’ladilar; 

korxonalardan olinadigan soliqlar miqdorining o’zgarishi, soliqlar 
darajasining oshirilishi korxonalarning kapital qo’yilmalardan olgan foydasini 
kamaytiradi va natijada ular kamrok investitsiya qiladi; 

yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishga jalb qilinishi, yangi va 
takomillashtirilgan texnologiyalarni ishlab chiqarishga jalb qilish uchun ishlab 
chiqaruvchilar yangi uskunalar sotib oladi; 

zahiradagi quvvatlar o’zgarishi, zahiradigi ishlab chiqarish quvvatlari 
miqdori yuqori bo’lsa, ishlab chiqaruvchilar yangi uskunalar sotib olishni va 
yangi inshootlar qurishni to’xtatib qo’yyadilar. 

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin