50
kamaygan. Hozirgi kunda neft narxining keskin o’sishi neft eksport qiluvchi
mamlakatlar milliy daromadlarini oshirib borishiga va
natijada bu mamlakatlarda
bizning mahsulotlarga talabini oshib borishiga sabab bo’lmoqda.
valyuta kurslaridagi o’zgarishlar, milliy valyuta so’mning kursi
pasayishi bilan xorijdan kelayotgan mehmonlar
olib kelgan dollari evaziga
ko’proq so’mga ega bo’lishadi, ya’ni bizning mahsulotlarimiz xorijliklar uchun
nisbatan arzonroq bo’lib qoladi.
Pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yuqoridagilardan
tashqari umumiy
talabning narxlarga bog’liq bo’lmagan yana ikki omilni beradi. Bular: pul taklifi
(M) va pulning aylanish tezligi (V) dir. Narxlar o’zgarmagan holda, pul
massasining ko’payishi yoki pulning aylanish
tezligining oshishi qisqa
muddatda jami talab egri chizig’ini o’ngga siljitadi, chunki bu o’zgarishlar
iqtisodiyotdagi mavjud bo’lgan real pul zahiralarini hamda iste’molchilarning
sotib olish qobiliyatini oshiradi.
Umumiy talabning narxga bog’liq bo’lmagan omillari ta’sirida AD egri chizig’i
o’ngga yoki chapga siljiydi. Natijada ma’lum narx darajasiga
mos keluvchi talab
qilinayotgan milliy mahsulot xajmi o’zgaradi.
6-chizma. Umumiy talab egri
7-chizma. Umuchiy taklif
egri chizig’idagi siljishlar chizig’idagi siljishlar
Pul
taklifining, pulning aylanish tezligining oshishi,
boshqa davlatlar milliy
daromadining oshishi, milliy valyuta kursining ma’lum miqdorda pasayishi (bular
eksportning ortishi, importning pasayishiga olib kelishi tufayli) oqibatida sof
51
eksportning pasayishi va yalpi xarajatlar turli komponentlarining oshishi AD egri
chizig’ining o’ngga siljishiga olib keladi. Bunga aksincha bo’lgan holatlarda AD
egri chizig’i chapga siljiydi.
Dostları ilə paylaş: