203
3.
Narxdagi nisbiy o’zgarishlar.
Agar bir mamlakat, masalan, AQSh ichki
narx darajasi tez o’ssa, boshqa mamlakat, masalan, Buyuk Britaniyada bu daraja
o’zgarishsiz qolsa, bunda amerikalik iste’molchi
nisbatan arzon Britaniya
tovarini izlaydi va shu bilan funtga talabni oshiradi. Aksincha, britaniyaliklar
Amerika tovarlarini sotib olishga kam moyil bo’ladi va bu funt taklifini
pasaytiradi. Funtga talab o’sishi va taklif pasayishining bu uyg’unlashuvi
dollarlarning qadirsizlanishini keltirib chiqaradi.
4.
Nisbiy real foiz stavkalari.
Faraz qilamiz, AQSh inflyatsiyani quvib
o’tish maqsadida «qimmat pul» siyosatini amalga oshira boshlaydi.
Natijada,
real foiz stavkalari (inflyatsiya sur’atini hisobga olib o’zgartirilgan
(korrektirovka qilingan) foiz stavkalari AQShda boshqa mamlakatlar, masalan,
Buyuk Britaniyaga qaraganda ko’tariladi. Britaniyalik jismoniy shaxs va
firmalar
ishonch hosil qiladiki, AQSh moliyaviy vositalarni qo’yish uchun
juda jozibador va qulay joyga aylanadi. Amerika
moliyaviy aktivlariga
talabning bu ko’payishi Angliya funti taklifining kengayganligi va shu sababli
dollar qiymati o’sganligini bildiradi.
5.
Spekulyatsiya. Faraz qilamiz, AQSh iktisodiyotida quyidagilar kutiladi:
a) Britaniyanikiga qaraganda tez o’sa boshlaydi;
b) Britaniyanikiga qaraganda ancha kuchli inflyatsiyaga duch keladi;
v) Britaniyaga qaraganda ancha past real foiz stavkalariga ega bo’ladi.
Bu tahmin (prognoz)lar kelajakda dollar kursi pasayishi,
funt kursi esa,
aksincha ko’tarilishidan darak beradi. Demak, dollarni ushlab turuvchilar ularni
funtga aylantirishga harakat qiladi va shu bilan funtga bo’lgan talabni oshiradi.
Bu
almashish, dollar kursining pasayishini va funt kursining oshishini keltirib
chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: