O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi


O’zbekiston Respublikasi bank tizimi va pul-kredit siyosatining



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   110
makroiqtisodiyot

12.3.O’zbekiston Respublikasi bank tizimi va pul-kredit siyosatining 
ustuvorliklari 
Bugungi kunda mamlakatimiz bank tizimi qat’iy xalqaro talablarga javob 
beradigan eng barqaror tizimlardan biri bo’lib faoliyat ko’rsatmoqda. 
2013 yilda respublika bank tizimini yanada isloh qilish va rivojlantirishda 
asosiy e’tibor O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi 
PQ-1438-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «2011-2015 yillarda respublika moliya-
bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro 
reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha kompleks 
chora-tadbirlar» Dasturi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar 
Mahkamasining respublika moliya-bank tizimini rivojlantirishga oid boshqa 
qarorlarida belgilangan vazifalarni bajarishga qaratildi. Jumladan:
 


124 
– banklarning moliyaviy barqarorligi va likvidligini yanada oshirish 
maqsadida ular kapitallashuvini oshirish, resurs bazasini ko’paytirish va aktivlar 
sifatini yaxshilash, bank sohasiga xususiy kapitalni keng jalb etish; 
– respublika tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va bank nazorati 
tizimini Bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasining yangi talablaridan kelib 
chiqqan holda xalqaro andozalar asosida takomillashtirib borish; 
– mamlakat bank tizimi va tijorat banklari faoliyatini etakchi xalqaro reyting 
tashkilotlari tomonidan qo’llaniladigan me’yor va ko’rsatkichlar asosida baholash 
amaliyotini kengaytirish va ushbu darajalarga erishish tadbirlarini amalga oshirish; 
– iqtisodiyotning real sektorini moliyaviy qo’llab-quvvatlashga, ishlab 
chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga 
yo’naltirilgan bank kreditlari hajmini yanada ko’paytirish; 
– kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-quvvatlash, 
birinchi navbatda, yoshlar va ayollar bandligini oshirishga qaratilgan biznes-
loyihalarni moliyalashtirishga kreditlar ajratish hajmini oshirish; 
– xalqaro andozalar va tamoyillar hamda mamlakatimizda bozor munosabat-
lari rivojlanishining hozirgi real holatidan kelib chiqqan holda moliya-bank 
sohasining qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish ishlari amalga oshirildi. 
2013 yilda bank tizimida amalga oshirilgan izchil va aniq maqsadli islohotlar 
banklar kapitallashuv darajasi va depozit bazasining yuqori sur’atlarda o’sishiga 
imkon berdi va natijada bank tizimining moliyaviy barqarorligi mustahkamlanib, 
moliyaviy vositachilik roli kengaydi hamda ko’rsatilayotgan bank xizmatlari sifati 
yanada oshdi. 
Bank tizimining moliyaviy barqarorligi va rivojlanishi O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2011 yil 7 yanvardagi PQ-1464-sonli Qarori bilan 
tasdiqlangan indikatorlar tizimiga asosan tahlil qilinganda, bank tizimining barcha 
ko’rsatkichlari «yuqori darajada»gi indikator baholariga muvofiq kelmoqda. 


125 
Jumladan, 2013 yil bo’yicha bank tizimida kapitalning etarlilik darajasi 24,3 
foizni tashkil etdi. Bu esa, Bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasi tomonidan 
belgilangan xalqaro me’yordan 3 barobar yuqoridir. 
Bank tizimi barqarorligining yana bir muhim ko’rsatkichi hisoblangan 
likvidlik darajasi 2013 yilda ham 65 foizdan yuqori darajada saqlanib 
qolayotganligi va ushbu ko’rsatkichning talab etiladigan minimal darajadan 2,2 
barobar ortiqligi mamlakatimiz bank tizimining mustahkamligini hamda har 
qanday tashqi va ichki salbiy ta’sirlarga to’la bardosh bera olishini tasdiqlaydi. 
Banklar tomonidan aholiga xizmat ko’rsatish indikatorlari, jumladan, bank 
xizmatlaridan foydalanish darajasi har 100 ming (katta yoshli) aholiga to’g’ri 
keladigan bank muassasalari soni 49,7 tani tashkil etib (30 tadan ko’pi yuqori 
bahoga to’g’ri keladi), «yuqori daraja» va har mingta katta yoshli aholiga to’g’ri 
keladigan jismoniy shaxs-omonatchilar hisobvarag’i soni 1028 birlikni tashkil etib, 
bu bo’yicha ham (1000 tadan ko’pi) «yuqori daraja» baholariga muvofiq 
kelmoqda. 
Shuningdek, yuqoridagi qaror talablari bo’yicha respublika bank tizimida 
depozitlar hajmi dinamikasi, kredit qo’yilmalari hajmining o’zgarishi kabi 
indikatorlar ham yuqori darajadagi baholarga muvofiq kelmoqda. 
Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 
20 apreldagi 117-sonli qarori asosida 2012 yilning 1 iyulidan boshlab joriy etilgan, 
hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, shu jumladan, moliya-bank 
sohasi faoliyatini baholovchi indikatorlarning har chorakdagi tahlili natijalari 
tijorat banklarining hududlardagi filiallari ko’rsatkichlarining yuqoriligini 
ko’rsatdi. 

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin