117
hisob raqamlarini yuritadi, soliqlarni va boshqa tushumlarni yig’adi, to’lovlarni
amalga oshiradi. Markaziy bank, qoidaga binoan, davlat byudjetining kassa ijrosini
amalga oshiradi. Xukumatning kreditori sifatida, Markaziy bank davlat
zayomlarini yangilarini muomalaga chiqarish, joylashtirish, o’zining portfelini
to’ldirish uchun davlat qog’ozlarini sotib olish, davlatga (xukumatga) to’g’ri gazna
kreditlarini berish bilan shug’ullanadi.
Davlat byudjetining defitsiti sharoitida ko’pgina mamlakatlarda Markaziy
bankning xukumatni kreditlash va davlat qarzini boshqarish funktsiyalari
kuchayadi. Markaziy bank davlat qarzini boshqarish uchun turli usullardan
foydalanadi. Masalan, davlat majburiyatlarining kurslariga ta’sir ko’rsatish
maqsadida ularni sotadi va sotib oladi, sotish shartlarini o’zgartiradi, turli yo’llar
bilan xususiy investorlar uchun ularni jozibadorligini oshiradi.
Davlatning vaqili (agenti) funktsiyasida, Markaziy bank mamlakatning oltin-
valyuta zahiralaridan foydalanadi, milliy pul birligi kursini ushlab turish uchun
valyuta bozorlarida valyuta interventsiyasi kabi vositalardan foydalanadi.
Markaziy bank xalqaro valyuta-kredit tashkilotlarda o’z mamlakati nomidan
qatnashadi.
Yuqorida aytib o’tilganlardan, umuman olganda, Markaziy bankning barcha
funktsiyalari o’zaro bog’liqdir. Davlatga kredit berish orqali Markaziy bank kredit
muomala vositalarini yaratadi. Xukumatning majburiyatlarini chiqarish va qoplash
orqali, u ssuda foiziga ta’sir ko’rsatadi. Sanab o’tilgan funktsiyalari orqali
Markaziy bank o’zining asosiy mamlakat pul-kredit tizimini tartibga solish
funktsiyasiga asos yaratadi va iqtisodiyotni tartibga soladi.
Dostları ilə paylaş: