105
rivojlanadi?
2. Davlat byudjeti o’zida qanday munosabatlami ifodalaydi?
3. Davlat byudjeti uchun qanday xarakterli xususiyatlar xos?
4. Davlat byudjeti deb nimaga aytiladi?
5. Davlat byudjeti qanday funktsiyalarni bajaradi?
6. Davlat byudjetining taqsimlash va nazorat funktsiyalari qanday
xarakterli xususiyatlarga ega?
7. Davlat byudjetining daromadlari o’z manbalariga ko’ra qanday
guruhlarga bo’linadi?
8. Byudjetning soliqli daromadlari tarkibi nimalardan iborat?
9. Davlat byudjetining soliqsiz daromadlari tarkibiga nimalar
kiradi?
10. To’g’ri (bevosita) va egri (bilvosita) soliqlarning tarkibi nimalardan iborat?
11. O’zining ijtimoiy-iqtisodiy belgisiga ko’ra davlat
byudjetining daromadlari
qanday guruhlarga bo’linishi mumkin?
12. Mulkchilik shakliga ko’ra davlat byudjetining daromadlari qanday
ko’rinishlarga ega bo’lishi mumkin?
13. Hozirgi sharoitda davlat byudjeti daromadlarining tarkibi nimalardan iborat va
uning tuzilmasi qanday?
14. Davlat byudjetining xarajatlari qanday xarakterli belgilarga ega?
15. Iqtisodiy mazmuniga ko’ra davlat byudjetining xarajatlari qanday xarajatlarga
bo’linadi?
106
XI BOB. BYUDJET-SOLIQ SIYOSATI
11.1. Byudjet-soliq siyosatining mohiyati.
Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni
barqarorlashtirish
hisoblanadi. Bunday barqarorlashtirishga fiskal siyosat orqali erishiladi. Fiskal
siyosat shuningdek, byudjet-soliq siyosati deb ham aytiladi. Byudjet-soliq siyosati
deganda noinflyatsion YaIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda to’liq
bandlilikni, to’lov balansining muvozanatini va iqtisodiy o’sishni ta’minlashga
qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o’zgartirishni o’z ichiga olgan chora
tadbirlar tushuniladi.
Iqtisodiyot turg’unlik yoki pasayish davrida bo’lgan
vaziyatlarda davlat
tomonidan rag’batlantuvchi fiskal siyosat-fiskal ekspansiya olib boriladi.
Iqtisodiyotda to’liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflyatsiya kelib
chiqishi mumkin bo’lgan vaziyatlarda cheklovchi fiskal siyosat- fiskal
restriktsiya olib boriladi. Cheklovchi fiskal siyosat davlat xarajatlarnni (G)
kamaytirish yoki soliqlarni (T) oshirish yoki bo’lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda
olib borish orqali iqtisodiyotning davriy o’sishini chegaralashdan iborat.
Ushbu farq fiskal siyosat vositalarini tanlashda muhim rol o’ynaydi. Agar
hukumat davlat sektorini kengaytirmoqchi bo’lsa,
davriy pasayishni tugatish
uchun o’z xarajatlarini oshirishi, inflyatsiyani cheklash uchun esa soliqlarni
oshirishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
Aksincha, fiskal siyosat davlat sektorini cheklashga qaratilgan bo’lsa,
davriy pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy ko’tarilish paytida esa
davlat xarajatlarini oshirish maqbul yo’l hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: