O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   110
makroiqtisodiyot

10.2. Davlat byudjetining daromadlari 
Davlat byudjetining daromadlari mamlakat yalpi ichki mahsulotini 
taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining elementlaridan biri bo’lib, 
ular oraliq (tranzit) xarakterga ega. Ular yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli 
bo’lgan daromadlar va jamg’armalarning bir qismini byudjetga o’tkazilishi 
natijasida vujudga keladi. Byudjet daromadlarining moddiy-buyumlashgan 
mazmunini davlatning ixtiyoriga borib tushgan pul mablag’lari tashkil etadi. Bu 
byudjet kategoriyasining namoyon bo’lish shakli byudjetga tushuvchi turli soliqlar, 
to’lovlar, yig’imlar, bojlar va ajratmalardan iborat. 
Miqdoriy jihatdan davlat byudjetining daromadlari yaratilgan yalpi ichki 
mahsulotda (milliy daromadda) davlatning ulushini ko’rsatadi. Ularning absolyut 
hajmi va salmog’i mamlakatning yalpi ichki mahsuloti (milliy daromadi)ning 
umumiy hajmi, u yoki bu davrda davlatning oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, 
ijtimoiy, mudofaa va boshqa vazifalar bilan belgilanadi. Ana shularga muvofiq 
davlat byudjetida mablag’larni yig’ish miqdori va ularni undirishning shakl va 
metodlari aniqlanadi. 
Byudjet daromadlarini shakllantirish jarayoni quyidagi printsiplarga 
asoslanishi maqsadga muvofiqdir: 
— soliqlarning byudjetga olinishi mamlakat milliy boyligi manbalarining 
tugashiga olib kelmasligi kerak; 
— soliqlar ularni to’lovchilar o’rtasida teng taqsimlanmog’i lozim; 


96 
— soliqlarni ishlab chiqaruvchilarning aylanma fondlari hajmiga ta’sir 
ko’rsatmasligi; 
— soliqlarning sof daromadga nisbatan hisoblanishi; 
— davlat uchun soliqlarning undirilishi iloji boricha arzonroq bo’lishi lozim; 
— soliqlarning undirilish jarayoni xususiy sektorni siqib chiqarmasligi kerak; 
— sub’ektlarning mustaqil faoliyat ko’rsatishiga sharoit yaratish, ya’ni, 
sub’ektlarga tegishli bo’lgan mablag’larning bir qismini davlat byudjetiga olinishi 
ularning mustaqil rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi kerak. Chegaradan 
o’tib ketilganda sub’ektlarning mustaqilligini yo’qotishiga, kasodga uchrash 
hollarining vujudga kelishiga, ichki rezervlarni qidirib topishga va ishlab 
chiqarishning o’sish sur’atlarini ta’minlashga intilish susayadi, xufyona 
iqtisodiyotning rivojlanishi boshlanadi; 
— sub’ektlarning xatti-harakati va intilishiga bog’liq bo’lmagan holda vujudga 
kelgan daromadlarning to’liq yoki qisman byudjetga olinishi. Ma’lum bir 
xarajatlarni amalga oshirmasdan olingan barcha daromadlar davlatning ixtiyoriga 
o’tishi kerak. Bu printsipning ta’siri ostiga sub’ektlar ma’muriyati noto’g’ri, 
noqonuniy harakati (masalan, davlat standartlarini buzish va boshqalar) natijasida 
olingan daromadlar ham kiritilmog’i lozim; 
— ishlab chiqarishni kengaytirish va boshqa maqsadlar uchun korxonaning 
rejalashtirilgan ehtiyojidan ortgan summalarni byudjetga olish. Bu printsip davlat 
byudjeti daromadlarini davlat korxonalarining mablag’lari hisobidan tashkil 
etishda qo’llanilishi mumkin. U davlat korxonalarining moliyaviy holatini tartibga 
soladi va bir vaqtning o’zida ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishda davlatning 
manfaatlarini ta’minlaydi; 
— byudjet mexanizmining rag’batlantiruvchi ta’sirini ta’minlash. Mablag’larni 
sub’ektlar ixtiyorida byudjetga o’tkazilishi ularning samarali faoliyat ko’rsatishga 
rag’batlantirishi kerak.
— byudjet daromadlarini shakllantirishda ulushli ishtirok etish. Bu printsip byudjet 
daromadlarini aholi mablag’lari hisobidan shakllantirishda qo’llanilib, uning 


97 
natijasida aholi daromadlari darajasiga bog’liq ravishda bir qismi byudjetga 
o’tkaziladi. 
Davlat byudjetining daromadlari o’zlarining manbalari, ijtimoiy-iqtisodiy 
xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to’lovlarning turi, mablag’larning tushish 
shakli va ularni byudjetga undirish metodlariga muvofiq klassifikatsiya qilinishi 
mumkin. 
Davlat byudjetining daromadlari o’z manbalariga ko’ra quyidagi guruhlarga 
bo’linadi: 
• soliqli daromadlar; 
• soliqsiz daromadlar; 
• tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda o’tkaziladigan pul mablag’lari. 
Byudjetning soliqli daromadlari tarkibi mamlakat soliq qonunchiligiga 
muvofiq umumdavlat soliqlari va yig’imlari, mahalliy soliqlar va yig’imlar, 
bojxona bojlari, boj yig’imlari va boshqa boj to’lovlari, davlat boji, penya va 
jarimalardan iborat. 
Soliqsiz daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi: 
• davlat mulkidan foydalanish tufayli olingan daromadlar (soliqlar va yig’imlar 
to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va yig’imlardan so’ng); 
• byudjet tashkilotlari tomonidan ko’rsatilgan to’lovli xizmatlardan kelgan 
daromadlar (soliqlar va yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan 
soliq va yig’imlardan so’ng); 
• fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy choralarni qo’llash natijasida olingan 
mablag’lar, jumladan, jarimalar, musodaralar, tovon to’lashlar va davlat 
sub’ektlariga etkazilgan zararlarni qoplash bo’yicha olingan mablag’lar hamda 
majburiy undirilgan boshqa mablag’lar; 
• moliyaviy yordam ko’rinishidagi daromadlar (byudjet ssudalari va byudjet 
kreditlaridan tashqari); 
• boshqa soliqsiz daromadlar. 


98 
Tushumlarning quyidagi ko’rinishlari ham byudjet daromadlari tarkibida hisobga 
olinishi mumkin: 
• davlat mulkini vaqtinchalik foydalanishga berish natijasida ijara haqi yoki 
boshqa ko’rinishda olinadigan mablag’lar; 
• kredit muassasalaridagi hisobvaraqlarda byudjet mablag’larining qoldig’i 
bo’yicha foizlar ko’rinishida olinadigan mablag’lar; 
• davlat mulkiga tegishli bo’lgan mol-mulkni garovga yoki ishonchli boshqaruvga 
berishdan olinadigan mablag’lar; 
• qaytarish va haq olish asosida boshqa byudjetlarga, xorijiy davlatlarga yoki 
boshqa yuridik shaxslarga berilgan byudjet mablag’laridan foydalanganlik uchun 
haq; 
• davlatga qisman tegishli bo’lgan xo’jalik jamiyatlari ustav kapitalining hissasiga 
yoki aktsiyalar bo’yicha dividendlarga to’g’ri keladigan foyda ko’rinishidagi 
daromadlar; 
• davlat unitar korxonalari foydasining bir qismi (soliqlar va yig’imlar to’g’risidagi 
qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va yig’imlardan so’ng); 
• davlatga tegishli bo’lgan mol-mulkdan foydalanish natijasida olinadigan 
qonunchilikda ko’zda tutilgan boshqa daromadlar. 
Byudjetning daromadlar qismini to’ldirishning manbalaridan biri byudjet 
tizimida boshqa darajada turgan dotatsiyalar, subventsiyalar va subsidiyalar yoki 
mablag’larni qaytarilmaslik va tiklamaslik shakllarida olinadigan moliyaviy 
yordamdir. Bunday moliyaviy yordamlar mablag’larni oluvchi byudjetning 
daromadlarida o’z ifodasini topishi kerak. Jismoniy va yuridik shaxslardan, 
xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar hukumatlaridan qaytarilmaydigan yoki 
tiklanmaydigan shaklda o’tkazilayotgan mablag’lar ham byudjetning shunday 
daromadlari tarkibiga kiradi. 
Hozirgi amaliyotda davlat byudjetining daromadlari quyidagi tartibda 
klassifikatsiyalanadi: 


99 
1. To’g’ri (bevosita) soliqlar. Ularning tarkibiga yuridik shaxslarning 
foydasidan olinadigan soliq; savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun 
yagona soliq to’lovidan davlat byudjetiga ajratmalar; yagona soliq to’lovidan 
(mikrofirmalar va kichik korxonalar bilan biigalikda) davlat byudjetiga ajratmalar; 
jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliqlar va tadbirkorlik faoliyati 
bilan shug’ullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan 
qat’iy soliqlar kiradi. 
2. Egri (bilvosita) soliqlar. Bu soliqlarning tarkibi qo’shilgan qiymat solig’i; 
aktsizlar; bojxona bojlari; jismoniy shaxslardan olinadigan yagona boj to’lovi; 
transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg’isi va gaz iste’moliga jismoniy 
shaxslardan olinadigan soliqdan iborat. 
3. Resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i. Bu guruhga kiruvchi soliqlar va 
to’lovlar mol-mulk solig’i; er solig’i; er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun 
soliq va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni o’z ichiga oladi. 
4. Ustama foydadan olinadigan soliq. 
5. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq. 
6. Boshqa daromadlar. 
O’zining ijtimoiy-iqtisodiy belgisiga ko’ra davlat byudjetining daromadlari 
ikki guruhga bo’linishi mumkin: 
— xo’jalik yurituvchi sub’ektlardan olinadigan daromadlar; 
— aholidan tushumlar. 
Mulkchilik shakliga ko’ra davlat byudjetining daromadlari quyidagi 
ko’rinishlarda bo’lishi mumkin: 
— nodavlat sektordan olinadigan daromadlar; 
— davlat xo’jaliklaridan olinadigan daromadlar; 
— aholidan olinadigan mablag’lar. 
Davlat byudjetining daromadlari majburiy yoki ixtiyoriy tarzda jalb qilinishi 
mumkin. Bunda daromadlarni majburiy shaklda jalb qilish hal qiluvchi rol 
o’ynaydi. Ixtiyoriy shakldagi to’lovlarga davlat obligatsiyalarini va pul-buyum 


100 
lotereyalarini realizatsiya qilishdan olingan tushumlar kiradi. Davlat byudjeti 
daromadlarini shakllantirishdagi majburiylik- yuridik va jismoniy shaxslar 
tomonidan ma’lum bir mablag’lar belgilangan muddatlarda byudjetga o’tkazilishi 
zarurligini anglatadi. U yoki bu to’lovni qonun tomonidan majburiy deb e’tirof 
etilishi to’lanmagan summalarning majburiy undirilishini ko’zda tutadi.
Sub’ektlarning daromadlari davlat byudjeti ixtiyoriga ikki xil metodlarni 
qo’llab, olinishi mumkin: 
1) soliqli metodlar; 
2) nosoliqli metodlar. 
Soliqli metodlar uchun mablag’larning davlat byudjeti foydasiga aniq 
belgilangan miqdorlarda va oldindan o’rnatilgan muddatlarda undirilishi 
xarakterlidir. Soliqlarning undirilishi mamlakat yalpi ichki mahsuloti va milliy 
daromadining taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi bilan bog’liq. Ular yordamida 
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va aholiga tegishli bo’lgan mablag’larning bir qismi 
davlat ixtiyoriga o’tkaziladi. Soliqlarning tarkibiga qo’shilgan qiymat solig’i, 
aktsizlar, daromad (foyda) solig’i, er solig’i, mol-mulk solig’i va boshqa soliqlar 
kiradi. 
Nosoliqli daromadlar davlatga tegishli bo’lgan korxona va tashkilotlardan 
olinadigan to’lovlardir. Davlat mulkiga aylanadigan va qaytarishni talab 
etmaydigan mablag’lar ham davlat byudjetining daromadlari bo’lishi mumkin. 
O’zbekiston Moliya vazirligi 2013 yilgi Davlat byudjetining ijrosi bo’yicha 
e’lon qilgan dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, 2013 yilda O’zbekiston byudjetining 
daromadlar qismi 26 trillion 223,2 milliard so’mga teng bo’lgan. 
Buning yarmidan ko’pini – 13 trillion 398,6 milliard so’mni bilvosita soliqlar 
tashkil etgan. Jumladan, qo’shilgan qiymat solig’idan 7,552 trillion so’mdan ortiq, 
aktsiz solig’idan 4,16 trillion so’mdan ortiq, bojxona bojidan 1 trillion so’mdan 
ortiq, jismoniy shaxslarning transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg’isi va 
suyultirilgan gazni iste’mol qilganlik uchun soliqlardan 670 milliard so’m daromad 
olingan. 


101 
2013 yili O’zbekiston davlat byudjeti bevosita soliqlardan 6 trillion 353,7 
milliard so’m daromad olgan. Bunda, yuridik shaxslardan olinadigan foyda 
solig’idan 1,038 trillion, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona 
soliq to’lovidan davlat byudjetiga ajratmalardan 832,6 milliard so’m, yagona soliq 
to’lovidan davlat byudjetiga ajratmalar, shu jumladan, mikrofirmalar va kichik 
korxonalardan ajratmalardan 755 milliard so’m, tadbirkorlik faoliyatining ayrim 
turlari bo’yicha qat’iy belgilangan soliqdan 415,6 milliard so’m trillion so’m, 
obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’idan 594,4 milliard 
so’m, jismoniy shaxslar daromadiga soliqdan 2,717 trillion so’m pul tushgan. 
Davlat byudjetining daromadlar qismida resurs to’lovlari va mulk solig’idan 
3,888 trillion so’m pul tushgan. Unga ko’ra, 1,011 trillion so’m mulk solig’idan, 
583,4 milliard so’m er solig’idan, 2,19 trillion so’m erosti boyliklaridan 
foydalanganlik uchun soliqdan, 102,4 milliard so’m suv resurslaridan 
foydalanganlik uchun soliqdan daromad olingan. 
2013 yilgi O’zbekiston davlat byudjeti ijrosida 2,582 trillion so’mni boshqa 
daromadlar tashkil etadi.
2013-yilda iqtisodiyot sohasidagi soliq yuki 21,5 foizdan 20,5 foizga, 
jismoniy shaxslar uchun daromad solig’ining eng kam stavkasi 9 foizdan 8 foizga 
tushirilganiga qaramasdan, davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,3 foiz 
profitsit bilan bajarildi

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin