O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   110
makroiqtisodiyot

10.3. Davlat byudjetining xarajatlari 
Davlat byudjetining xarajatlari umumiy moliyaviy kategoriya bo’lgan byudjetning 
ko’rinishlaridan biri bo’lib, unga tegishli bo’lgan umumiy xususiyatlarga egadir. 
Davlat byudjetining xarajatlari xarajatlarning konkret turlari orqali namoyon 
bo’ladi. Byudjet xarajatlari konkret turlarining xilma-xilligi esa, o’z navbatida, 
quyidagi omillarning mavjudligi bilan belgilanadi: davlatning iqtisodiy tabiati va 
funktsiyalari; mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi; byudjetning 
milliy iqtisodiyot bilan bog’langanligi; iqtisodiy munosabatlarning rivojlanganlik 
darajasi; byudjet mablag’larining namoyon bo’lish shakllari va h.k. 


102 
Davlat byudjetining barcha xarajatlarini quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: 
— ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari; 
— milliy iqtisodiyotga xarajatlar
— mudofaa xarajatlari; 
— boshqaruv xarajatlari. 
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari o’z tarkibiga 
maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy ta’minot, aholi uchun 
ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar baholaridagi farqlarni byudjetdan qoplash 
va oilalarga ijtimoiy nafaqalarni oladi. Davlatning ijtimoiy funktsiyasini o’zida aks 
ettirib, bu guruhdagi byudjetning xarajatlari xalq ta’limi tizimini rivojlantirish va 
takomillashtirishga, fan va madaniyatni moliyalashtirishga, aholining tibbiy 
xizmatga bo’lgan talabini qondirishga, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minotni 
amalga oshirishga keng yo’l ochib beradi. 
Milliy iqtisodiyotga byudjetdan xarajat qilinishi davlatning xo’jalik yurituvchi 
asosiy sub’ektlardan biri ekanligidan darak beradi. Aynan bu xarajatlar keng 
miqyoslarda yangi sanoat korxonalarini qurish, zamonaviy industriya asosida 
qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishni rivojlantirish, transport, aloqa va 
iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini texnika vositalari bilan qayta ta’minlashga 
imkon yaratadi. Shuning uchun ham davlat byudjetining bu xarajatlari orasida 
iqtisodiyot va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari 
alohida o’rin egallaydi. Davlat byudjetining mudofaa xarajatlari ham davlatning 
funksiyalaridan kelib chiqadi. Ular har bir davlatning o’z mudofaa qobiliyatini 
mustahkamlashi zarurligi bilan bog’liqdir. Qurolli kuchlarning barcha turlari 
byudjet mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladi. 
Boshqaruv shaklidagi faoliyat turining davlat tomonidan amalga oshirilishi, 
uning xo’jalik-tashkilotchilik funktsiyasi davlat byudjetidan boshqaruv xarajatlari 
deb nomlangan alohida xarajatlar ajratilishini taqozo etadi. Boshqaruv (davlat 
hokimiyati organlari, sud va prokuratura fuqarolarning o’zini-o’zi boshqaruv 


103 
organlari) xarajatlari davlat organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil etib, 
jamiyat hayotining barcha sohalariga rahbarlik qilishga imkon yaratadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida Davlat byudjetining xarajatlari uning 
daromadlari bilan uzviy bog’langandir. Bunday o’zaro bog’liqlik xarajatlarning 
miqdoriy jihatdan daromadlarga muvofiq kelishi va ularning bir-biriga o’zaro ta 
‘sir ko’rsatishi orqali ifodalanadi. Bir tomondan, aksariyat hollarda, byudjet 
xarajatlarining hajmi byudjet daromadlarining hajmi bilan cheklanadi. O’z 
navbatida, byudjet daromadlarining hajmi esa davlatning iqtisodiy imkoniyatlari 
bilan aniqlanadi. Shuning uchun ham bu erda byudjet xarajatlarining shunday 
hajmini va milliy xo’jalikda pul fondlarini shakllantirishda byudjet mablag’laridan 
foydalanishning shunday muddatlarini o’rnatish kerakki, ular minimal xarajatlar 
qilib maksimal samaraga erishish orqali davlat oldidagi ijtimoiy-iqtisodiy 
vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlash, boshqa tomondan esa, ishlab 
chiqarishning o’sishiga ijobiy ta’sir qilish, ilmiy-texnika taraqqiyotini tezlashtirish 
va milliy xo’jalikdagi proportsiyalarni optimallashtirish orqali davlat byudjetining 
xarajatlari uning daromadlari darajasining ortishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. 
Davlat byudjeti xarajatlari hajmining yildan-yilga ortib borishi ularni milliy 
xo’jalikning samaradorligi nuqtai nazaridan baholashni dolzarb muammoga 
aylantirib qo’yadi. Bunda milliy xo’jalikning yakuniy natijasini baholab, faqat 
unga tegishli bo’lgan daromadlarning qo’shimcha ravishda o’sganligiga e’tibor 
berish bilan cheklanish maqsadga muvofiq emas. Bunda, bir vaqtning o’zida, 
jamiyatning ijtimoiy taraqqiyot darajasi, ijtimoiy muammolarning qay darajada hal 
etilganligi ham nazardan chetda qolmasligi kerak. 
Davlat byudjeti xarajatlarining tarkibi va uning tuzilmasi davlatning tabiatiga, 
u tomonidan bajarilayotgan funktsiyalarga, milliy xo’jalikning ehtiyojlariga 
bog’liq hamda byudjet mexanizmi orqali ishlab chiqarish va iste’molning ba’zi bir 
omillariga davlatning ta’sirchanligini ta’minlash kabilar bilan belgilanadi. Davlat 
byudjetining xarajatlaridan foydalanish byudjetdan moliyalashtirish orqali amalga 
oshiriladi. Shu munosabat bilan, byudjetdan moliyalashtirish deyilganda rejada 


104 
ko’zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun sub’ektlarga byudjetdan 
mablag’larni taqdim eish tizimi tushuniladi. 
O’zbekiston Moliya vazirligi 2013 yilgi Davlat byudjetining ijrosi bo’yicha 
e’lon qilgan dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, 2013 yilda O’zbekiston byudjetining 
xarajatlar qismi 25 trillion 833,7 milliard so’mga teng bo’lgan. 
2013 yili O’zbekistonda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash 
xarajatlari 15 trillion 167,8 milliard so’mni tashkil qilgan. Shundan 8,8 trillion 
so’m maorif sohasiga, 3,8 trillion so’m sog’liqni saqlashga, 287,4 milliard so’m 
madaniyat va sportga, 164,7 milliard so’m fanga, 106,4 milliard so’m ijtimoiy 
ta’minotga, 1,6 trillion so’m bolali oilalarni hisobga olgan holda ijtimoiy 
nafaqalarga, 374,7 milliard so’m esa qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joylar 
qurish dasturini birgalikda moliyalashtirish kredit liniyasi xarajatlari uchun 
sarflangan. 
2013 yilda O’zbekiston davlat byudjeti hisobidan NNT, NST va fuqarolik 
jamiyatlari institutlarini rivojlantirish uchun mablag’ va grantlar 7 milliard so’mni 
tashkil qilgan bo’lsa, iqtisodiyot xarajatlari 2,75 trillion so’mga teng bo’ldi. 
Markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari 1,439 trillion 
so’mni, davlat hokimiyati, boshqaruv organlari va sud organlari, fuqarolarni o’zini 
o’zi boshqarish organlarining saqlash xarajatlari 1,15 trillion so’mni tashkil etdi. 
5,3 trillion so’m davlat byudjetining boshqa xarajatlari uchun sarf etilgan. 
2013 yilda O’zbekiston davlat byudjeti daromadlari 26,2 trillion so’mni 
tashkil etgan edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, O’zbekistonning 2013 yilgi 
davlat byudjeti 389,5 milliard so’m profitsit bilan bajarilgan. 

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin